Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti “konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti “hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi


Download 1.48 Mb.
bet5/16
Sana19.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1612701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
kurs loyiha 23-19 elboboyev odiljon111111111111111111

Metal qurilmalar, o’zini o’ta yuqori issiqlik o’tkazuvchanlik xususiyatlari tufayli yong’in sharoitida juda tez qizib ketadi va natijada dastlabki qattiqlik xususiyati yuqolib, yumshab qoladi. Metal qurilmani xavfli haroratgacha qizib ketishiga, uning nisbiy qalinligi ham sabab bo’lishi mumkin. Metal qurilmalarni keltirilgan nisbiy qalinligi quyidagicha aniqlanadi:
δpr q G’/L 

bunda G’ - metal qurilmani ko’ndalang qirqimining yuzi, sm2;


L- qizdirilayotgan yuzaning kesimi bo’ylab uzunligi, sm.
Misol uchun, himoyalanmagan biror metal qurilmaning keltirilgan qalinligi δpr q 0,3 sm bo’lsa, uning o’tga chidamlilik darajasi 0,12 soatga, va agar δpr q 3 sm bo’lganda, 0,45 soatga teng bo’lar ekan.
Alyumindan tayyorlangan qurilmalarni o’tga chidamlilik darajasi oddiy metalnikidan ham past. Ko’p qavatli binolarda ishlatiladigan metal konstruk-цiyalarni o’tga chidamlilik chegaralarining talab darajasidan ancha pastligi tufayli, ularni olovdan himoya qilmasdan turib ishlatish xavfli hisoblanadi.
Metal qurilmalarni olovdan himoyalashda keng tarqalgan ommaviy usullardan biri, ularni sirtini o’tda yonmaydigan biror ashyo bilan qoplashdir. Qoplovchi ashyolar sifatida g’isht, issiqlikni o’tkazmaydigan plitkalar, simto’r ustidan yotqizilgan suvoq, yoki qurilmalarni ichidan suv haydash usuli va hokazolardan foydalanish mumkin.
Metaldan qilingan ustunlarni chiz. 11 da ko’rsatilgani kabi, suvoq (a), quyma yoki yig’ma beton (v), g’isht (b, g) bilan qoplash usullari orqali, yong’in harorati ta’siridan muhofaza qilib, ularni o’tga chidamlilik darajasini oshirish mumkin.

CHizma 1. Metal ustun-

larni yong’indan

himoyalash.




a- simto’r ustidan suvoq qilish;

b-g’isht terish; v-gipsobeton

plitalar terish; g g’ovakli
silikat bloklarni terish;
1-simto’r; 2-past markali beton

Bunday muhofizalgich qoplamalarning qalinligi, odatda ular qanday ashyolardan qilinganligiga qarab va ularni issiqlikni o’tkazuv-chanlik xususiyatlarini his-obga olgan holda, analitik hisoblash yo’li bilan va ba’zan tajribada sinash usuli bilan ham aniqlanadi.


Sim to’r ustidan 25 mm qalinlikdagi suvoq metal ustunning o’tga chidamliligini 50 daqiqagacha uzaytiraoladi. Agar suvoqni qalinligi ikki barovarga oshirilsa, ustunninig o’tga chidash muddatini 2 soatgacha uzaytirishni ta’minlash mumkin.
Ustunlarni g’ishtdan qilingan qoplamalar bilan muhofizalash yaxshi samara beradi, chunki chorak g’isht qalinlikdagi himoya qobig’i ularni o’tga chidamlilik darajasini 2 soatu 10 daqiqaga, yarim g’isht qalinlikdagisi esa 5 so-tagcha saqlab turish imkonini beradi. Agar shu ustunlar bilan qoplama orasidagi bo’shliqni shlak, beton yoki boshqa, yonmaydigan ashyolar bilan to’ldirilsa, ustunning o’tga chidamliligi yana 3 soatga uzayishi aniqlangan .
Agar metal ustun 40 mm qalinlikdagi keramzitbeton plitasi bilan qoplanib, ustidan 20 mm qalinlikda suvoq bilan pardozlanganda, uning olovga chidamlilik darajasini 2 soatgacha cho’zish mumkin bo’lar ekan va x.o.
Bino va inshootlardagi metaldan tayyorlangan to’sin, ferma va tomyopg’ich qurilmalarini yong’indan himoyalash, ancha murakkab xisoblanadi, chunki ularni sirtini qoplamalar bilan himoyalashni iloji yo’q. Bunday hollarda ularning sirtiga vermikulit, perlit yoki harorat ta’sirida ko’pirib qalinlashadigan, o’tga chidamli maxsus tayyorlangan qorishmalarni 3-4 mm qalinlikgacha, birnecha marotaba purkash yoki surkash yo’li bilan himoyalash tavsiya etiladi. Bunda himoyalanayotgan metal sirtning 1 m2 ga 5 kg atrofida qorishma sarflanishi mumkin bo’ladi. YUqori harorat ta’sirida ko’pirish natijasida metalni sirtiga surkalgan bunday qorishmaning qalinligi 50 -70 mm gacha ko’tarilishi va buning natijasida metal qurilmaning o’tga chidamlilik darajasi 15 daqiqadan 60 daqiqagacha ortishi mumkin. Bunday qorishmalarni narxi metal qurilmalarni narxidan 20-25% ni tashkil etadi.
Ba’zan qurilish tajribasida, metaldan tayyorlangan qurilmalarni o’tga chidamliligini oshirish uchun ularni ichidan sovuq suvni haydash yo’li bilan himoyalash usuli ham qo’llaniladi. Bunda binoning ustunlari va yuk ko’taruvchi – korkash qismlari suv bilan to’lg’iziladi. Buning uchun ularni maxsus metal quvurlardan yoki germetik ulangan shvellerlardan tayyorlanadi va bosim ostida sovuq suvni haydash bilan isib qolgan suvlarni yong’in paytida uzluksiz almashtirib turiladi


CHizma.12. Metal qurilmalarni suv to’lg’izib himoyalash usullari.



a-suv birmarta to’lg’iziladigan; b - suvni tabiiy aylanishga asoslangan; v- suvni avtomatik tarzda aylanishi va to’ldirilishiga asoslangan; g- yong’in paytida avtomatik tarzda suvni yo’naltiradigan; 1-metal ustun; 2 - suv uzatgich quvurlar; 3 - zaxira suv idishi;
4 - isigan suvni olib chiqib ketuvchi quvur; 5 – sovuq suv krani; 6 – suv purkagich spinkler;
7 – sprinklerni ishlatish klapani; 8 – suv uzatgich tarmoq
Bunday usul bilan ko’pincha metal ustunlarni va ba’zan tomyopg’ich plitalar minadigan shopullarni suv to’lg’izib himoyalanadi. Buning uchun suvning tarkibiga metalni zanglashdan asraydigan maxsus qorishmalar qo’shiladi, isitilmaydigan binolarda esa antifriz ishlatiladi. Suv to’lg’izish usullari chiz. 8 da ko’rsatilgani kabi faqat yong’in paytida birmarta to’lg’iziladigan, yoki suv doim majburiy aylanib turadigan usulda qo’llanishi mumkin. Bunday usul bilan muhofizalangan qurilmalarni o’tga chidamlilik darajasi uzatilayotgan suvning qalinligi va oqish tezligiga qarab 2 soatgacha oshirish mumkinligi aniqlangan. Bu usulni narxi qurilmani umumiy narxidan 8-10% tashkil etadi.


Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling