Yuk-porshenli manometrlar
Yuk-porshenli manometrlarning ishlash usuli bosimni kalibrlangan yuklar bilan muvozanatlanishiga asoslangan. Ular yuqori bosimlarni (1000 MPa gacha) o'lchash uchun hamda namunaviy va nazorat asboblari sifatida ishlatiladi (aniqlik toifasi 0,02; 0,05; 0,2). Porshenli manometrlar texnik o'lchovlarda kam ishlatiladi.
Ishchi manometrlarni va o'lchashni tekshirish uchun mo'ljallangan yuk-porshenli manometrning tuzilishini ko'rib chiqamiz (43- rasm).
Po'lat idish 14 voronka 10 va ignali klapan orqali transformator moyi bilan to'ldiriladi. Tik o'rnatilgan silindr 7 ga kanal chiqarilgan bo’lib, uning ichiga yuk quyiladigan tarelka 5 ga silliqlangan porshen 6 o’rnatilgan. Tekshirilayotgan manometr 4 ni o'rnatish uchun 3 va 11 shtutserlar mavjud. Ignali jo'mraklar 1, 2, 12 moy o'tish kanallarini berkitish uchun, jo'mrak 8 esa moyni tushirish uchun xizmat qiladi. Idish ichidagi ishchi bosim yuklar og'irligi 5 bilan aniqlanadi. Porshen 13 ning harakati esa yukli porshen 6 ning ko'tarilishiga olib keladi.
Xuosa
Adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |