Nitrollash jarayonida katalizatorlar deyarli qo'llanilmaydi. Biroq, simob va uning tuzlari ishtirokida benzolni nitrat kislota bilan nitrollash natijasida pikrin kislota sintez qilish mumkin. Aromatik birikmalarni nitrollash. Bu usul ko'pincha nitrat va sulfat kislotalar aralashmasi yordamida amalga oshiriladi. H2SO4 ham katalizator, ham suvni tortib oluvchi vosita sifatida qoilaniladi, u HNO3 ni toliq sarflanishiga va oksidlanish jarayonini sodir bo'lmasligiga yordam bcradi. Nitrollovchi aralashmada kislota-asosli ta'sir sodir bo'ladi, bu esa juda faol nitrollovchi agent nitroniy ioni +NO2 hosil bo'lishiga olib keladi, u aromatik yadroga hujum qiladi: Nitroguruhni reaksiyaning borishiga ta'sir etishi sababli nitrollashning keyingi bosqichi avvalgisigacha nisbatan sekinroq boradi [(Kn/Kn_i«l)]. Shuning uchun mahsulotning yuqori chiqimi bilan olish uchun (mono-, di-, trinitro hosilalar) kerakli nitrollovchi agent va temperatura tan lash lozim. Nitroguruhni reaksiyaning borishiga ta'sir etishi sababli nitrollashning keyingi bosqichi avvalgisigacha nisbatan sekinroq boradi [(Kn/Kn_i«l)]. Shuning uchun mahsulotning yuqori chiqimi bilan olish uchun (mono-, di-, trinitro hosilalar) kerakli nitrollovchi agent va temperatura tan lash lozim. Masalan, toluol nitrollanganda (40°C), dastlab mononitrotoluol (58-59% orto, 4-5%-meta va 36-39% para izomer) hosil bo'ladi, so'ngra ular 70-80°C da dinitrotoluollarga aylanadi (2.4 va 2,6-izomerlari), oxirida esa trinitrotoluol hosil boiadi. Bu reaksiya asosan temperatura va HNO3+H2SO4 aralashmasining nitrollash xususiyatiga va aromatik birikmaning reaksiyaga kirishi qobiliyatiga bog'liq. Aromatik birikmalarni nitrolash qaytmaydigan va ekzotermik tarzda sodir boiadigan reaksiya hisoblanadi (=151 kDj bir nitroguruhga). Sulfirlash kabi, issiqlik effekti nitrollovchi aralashmani reaksiya natijasida ajralayotgan suv bilan suyulishi hisobiga sulfat kislotaning konsentratsiyasiga bog'liq holda o'zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |