Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali “ ” kafedrasi


Ma’muriyat, professor-o’qituvchilar va xodimlar o’rtasidagi odob-axloqqa oid munosabatlar


Download 65.55 Kb.
bet7/7
Sana08.05.2023
Hajmi65.55 Kb.
#1445848
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Oliy ta`lim muassasalarida ichki qonun qoidalar va ularga rioya qilish

Ma’muriyat, professor-o’qituvchilar va xodimlar o’rtasidagi odob-axloqqa oid munosabatlar
Ma’muriyat, professor-o’qituvchilar va xodimlar o’rtasidagi munosabatlar, o’zaro hurmat, ahillik, mehnatsevarlik, bag’rikenglik. insonparvarlik, g’amxo’rlik va adolat tamoillariga asoslanadi.
Ma’muriyat, professor-o’qituvchilar va xodimlarning ish faoliyatiga doir masalalar bo’yicha hamkorlik qilishida bir tarafning boshqa tarafga tazyiq o’tkazishiga yoki unga harakat qilishiga, shuningdek adolat tamoillariga va OTM manfaatlariga zid bo’lgan qarorlar tayyorlanishiga yo’l ko’ymaydi.
Lavozim darajalari teng bo’lgan xodimlar o’rtasidagi muammolarni ishchi tartibda hal etish tavsiya ztiladi. Lavozim darajalari teng bo’lgan xodimlarning ish jarayonidagi turli muammolarni o’z vakolatlari doirasida, ma’muriyatni jalb etmagan holda hal etishlari ma’qullanadi.
Jamoada biror bir masala bilan ma’muriyatga murojaat qilish tartibi subordinatsiya tamoili asosida tashkil etiladi.
Professor-o’qituvchi va xodimning OTMda ma’naviy-axloqiy muhitni yanada
Ma’muriyat professor-o’qituvchilar va xodimlarning kasbiy va intelektual jihatdan rivojlanishlari uchun qulay ish joyi, zamonaviy kompyuterlar, internet tarmog’idan, kutubxona fondi va axborot resurslaridan erkin foydalanish shuningdek hordiq chiqarishlari, dam olishlari, jismonan chiniqishlari uchun barcha imtiyozlarni yaratib beradi.
Xulosa: O’quv yili davomida “Odob-axloq qoidalar” ga to’la rioya qilgan, OTMda yuksak manaviy-axloqiy muhitning yanada qaror topishiga va mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo’lim boshliqlari tavsiyasiga binoan OTM ichki tartib qoidalariga muvofiq moddiy yoki ma’naviy rag’batlantiriladi.
Jamoa a’zolari ushbu “Odob-axloq qoidalar” ni buzganida, bunday xolatlar “Odob-axloq komissiyasi” tomonidan ko’rib chiqiladi xamda OTM ichki tartib qoidalarining "Intizomiy ta’sir choralari" bo’limida keltirilgan holatlar bo’yicha choralar ko’riladi. “Odob-axloq komissiyasi” OTM professor-o’qituvchilaridan kamida 5 kishidan iborat tarkibda tuziladi. “Odob-axloq komissiyasi” ning maqsadi, vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, javobgarligi va uning faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalari Odob-axloq komissiyasi to’g’risidagi Nizomda belgilanadi.
Odob-axloq qoidalarining buzilishi holatlarini “Odob-axloq komissiyasi” tomonidan ko’rib chiqish natijalari bo’yicha intizomiy yoki boshqacha tarzdagi qoida buzilishlarining mavjudligi (mavjud emasligi) to’g’risida xulosa chiqariladi. Ayni vaqtda OTM rektorining ko’rib chiqishiga qoidalar buzilishini sodir etgan xodimga intizomiy jazo qo’llash to’g’risida taklif kiritiladi. Yo’l qo’yilgan qoida buzilishining xarakterini hisobga olgan holda, intizomiy jazo choralari ogohlantirish, xayfsan, jarima, mexnat shartnomasini bekor qilish kabilardan iborat bo’lishi mumkin. Xodimlar o’zlari yo’l qo’ygan qoida buzilishi, qoida buzilishining ko’rib chiqilishi jarayoni haqida axborotni olish va o’zini himoya qilish uchun dalillarni taqdim etish, shuningdek “Odob-axloq komissiyasi” qarorlari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. Shuningdek, jamoa a’zosining hulq-atvori ustidan jamoat nazoratini ta’minlash maqsadida, mazkur qoidalarga rioya etilmaganligi holatlari OTMdagi Birlashgan Kasaba uyushma qo’mitasi, Yoshlar ittifoqi universitet BT, Xotin-qizlar va "Ota-onalar" Kengashlarida ham muhokama qilinishi va ulariing qaroriga binoan jamoa a’zosining hulq-atvori to’g’risida u yashab turgan mahalla fuqarolar yig’iniga ma’lumot tariqasida yozma xabar yuborish amaliyoti ham joriy etilishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. https://fayllar.org/umumiy-orta-talim-muassasasining-ichki-tartib-va-odob-axloq-qo.html

  2. https://lex.uz/uz/docs/-5982655?ONDATE=26.04.2022%2000

  3. https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/talim_tugrisidagi_yangi_qonun_asosiylari_haqida_qisqacha

  4. https://iiv.uz/pages/xizmatni-otash-tartibi

Download 65.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling