Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali «konchilik ishi»fakulteti


Download 0.53 Mb.
bet3/21
Sana19.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1603916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
BITIRUV MALAKAVIY ISHI (2)oxiri

KORXONANING TEXNALOGIK JARAYONI

Elektr tarmoqlari boshqarmasi (ETB) to’g’risida umumiy ma’lumot
Olmaliq hududi qadimdan konchilikka ixtisoslashgan zamin hisoblanadi. Eramizning IX-XII asrlariga taaluqli bo’lgan ko’plab qadimgi topilmalar va ruda qazuvchilar faoliyatining izlari hamma joyda qayd etilgan. Bu esa Olmaliqda qadimda mis, qoʻroshin, rux, oltin, kumush, temir, ametist, feruza va boshqa qazilmalar jadal ravishda qazib olinganligidan darak beradi. Kombinat tomonidan ishlov beriladigan deyarli barcha ruda konlari o’z vaqtida o’sha qadimgi konlar izlari bo’yicha ochilgan.
Respublikamizda konchilik va metallurgiya sanoati yildan yilga rivojlanib bormoqda. Xususan, 36 ming nafardan ortiq konchi-metallurgni birlashtirgan, O’zbekiston rangli metallurgiyasining bayroqdori Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 40 dan oshiq millat va elat vakillari bo’lgan konchi-metallurglar mehnat qilishadi. O’zining 70 yillik tarixi davomida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati rivojiga munosib hissa qo’shib kelayotgan «Olmaliq KMK» AJ O’zbekistondagi eng yirik sanoat korxonalaridan biri bo’lib, uning ishlab chiqarish quvvati Toshkent, Jizzax, Namangan, Surxondaryo viloyatlarida joylashgan mis-molibden, qo’rg’oshin-rux, oltin va kumush konlariga asoslanadi.
Ona-zaminimiz bag’ridagi nodir, rangli va qimmatbaho metallarni qazib olishga hamda ularni qayta ishlashga ixtisoslashgan ushbu kombinat konlaridan qazib olinayotgan ma’danlar tarkibida Mendeleev davriy jadvalidagi elementlarning deyarli barchasi mavjud.
Oltita kon, beshta boyitish majmualari, uchta metallurgiya zavodi, quvur mahsulotlari asosan eksportga yo’naltirilgan mis quvurlari hamda sement ishlab chiqaruvchi Jizzax va Sherobod sement zavodlariga ega bo’lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida eng zamonaviy avtomobil transporti bilan jihozlangan, 7ta avtobazaga ega bo’lgan Avtomobil transporti boshqarmasi, 3ta temiryo’l sexini o’zida birlashtirgan Temiryo’l transporti boshqarmasi, shuningdek 40ga yaqin yordamchi zavodlar, sexlar va bo’limlar bor. Ular – kombinatdagi mahalliylashtirish dasturi ijrochisi Markazyi ta’mirlash mexanika zavodi, korxonalarimizni ohak xom-ashyosi bilan ta’minlab kelayotgan Ohak zavodi, konchilar ishini yengillashtirayotgan Portlatish materiallari zavodi, shuningdek, Issiqlik energiya markazi, Sanoat suv ta’minoti sexi, Elektr tarmoqlari boshqarmasi, kapital qurilish boshqurmasi, kombinat va shaharda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining boshida turgan “Olmaliq metallurgqurilish” tresti, Ixtisoslashgan ta’mir ishlari boshqarmasi va boshqalardir.
Bundan tashqari “Olmaliq KMK” AJ “KNOW-HOW IN PRODUCTION PROCESS”, OOO “AWP”, OOO“HPC SYSTEMS” kabi qo’shma korxonalar bilan hamkorlikda, jahon standarti talablarida eksportbop mis kuparosi, san-texnika vositalari, armatura va kabel mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda.
Kombinatda ishlab chiqarilayotgan oltin va kumush London qimmatbaho metallar birjasining sifat belgisiga, ya’ni “Yaxshi yetkazib beruvchi” maqomiga ega. Mis ishlab chiqarish jarayonida sifat tizimi menejmenti joriy etilib, unga Xalqaro muvofiqlik sertifikati olingan. Ushbu muvofiqlik sertifikati kombinatning Jizzaxdagi sement ishlab chiqarish jarayoniga ham berilgan.
Metallurglar, konchilar va qimmatbaho metall qazib olish sohasining yetuk olimlari ishtirokida ekspertlar guruhi tashkil etilgan bo’lib, ular tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini uzoq muddatda modernizatsiya qilish bo’yicha dastur ishlab chiqildi. Dasturda qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish va qayta ishlashga ilg’or xorijiy tajribani joriy qilish ko’zda tutilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, ushbu dasturni tatbiq etish uchun taxminan 300 million dollardan ortiq mablag’ yo’naltiriladi. Bu esa yiliga mis ishlab chiqarish hajmini 109 ming tonnadan 140 ming tonnagacha, rux metallini ishlab chiqarishni 78 ming tonnadan 120 ming tonnagacha, oltingugurt kislotasi ishlab chiqarishni qariyb ikki barobar - 845 ming tonnadan 1,6 million tonnagacha oshirish imkonini beradi.
Qimmatbaho va nodir metallarni qazib olish hamda qayta ishlash avvalgi yillarga nisbatan 1,3 martaga ortadi.
Mahsulotlarni sotishdan olinadigan daromad 1,5 barobarga ortib, 12 trillion so’mga yetadi. Davlat byudjetiga tushumlar hajmi ham 1,4 barobarga ortib, 5 trillion so’mdan ortadi. Kombinatning sof foydasi ham 1,4 barobarga ortib, 1,6 trillion so’mni tashkil qiladi.
Yangi konlarni, jumladan, «Yoshlik 1» (23 million tonna mis-molibden) va «Yoshlik 2» (2 million tonna mis-molibden) konlarini o’zlashtirish va rivojlantirish yo’lida ayni paytda yettita istiqbolli investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.
Endilikda “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati istiqbolda ijtimoiy sohadagi chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlash, oddiy ishchidan tortib to markaziy apparat xodimlarigacha bo’lgan mehnat jamoasi bilan uzviy tarzda ishlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, ishlab chiqarish salohiyatini va eksportni yanada oshirish, mehnatkashlarni har tomonlama ijtimoiy qo’llab-quvvatlashdek vazifalarni o’z oldiga qo’ygan.
Konchilik ishi insoniyat faoliyatining asosiy ko’rinishlaridan biri bo’lib, hayot darajasi va sivilizatsiyaning o’sishini ta'minlaydi. Kon ishlari sanoat ishlab chiqarishning yеtakchi tarmog‘i sifatida konlarni razvеdka qilish, ularni qazib chiqarish, qazib olingan hom ashyoni dastlabki qayta ishlash, konchilik korxonalari qurish va turli vazifalarni bajarishga mo’ljallangan yеr osti inshoatlarni barpo etish kabi ishlarni o’z ichiga oladi.O’zbеkiston dunyodagi juda katta oltin, kumush va boshqa qimmatbaho hamda yеr bag‘rida kam uchraydigan mеtallar zaxiralariga ega bo’lgan davlatlar jumlasiga kiradi.Hozirgi vaqtda 40 ta qimmatbaho mеtall konlari qidirib topilgan. Oltinning asosiy zaxiralari oltin konlarining o’zida – Markaziy Qizilqumda joylashgan bo’lib, tasdiqlangan zaxiralar bo’yicha rеspublikani dunyoda to’rtinchi o’ringa olib chiqadi.Muruntov koni dunyodagi gigant konlar jumlasiga kiradi.U Yevroosiyo qit'asidagi ruda tarkibida oltin yuqori darajada bo’lgan eng yirik kondir. Muruntov konining topilishi xalqaro gеologiya jamoatchiligi tomonidan yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida oltin sohasida qilingan eng katta kashfiyot dеb e'tirof etildi.Muruntov koni – juda katta manba bo’lib, unda har yili millionlab kub mеtr kon tuprog‘i qazib olinadi.Undan dunyodagi eng sifatli oltin olish mumkin. Bu holning o’ziyoq dunyoning oltin qazib oluvchi sanoati uchun noyob namunadir.
Elektr tarmoqlari boshqarmasi 2000 yilning yanvar bunyod etilgan. Boshqarma quyidagicha 3 ta tarkibdan tashkil topgan : Nimstansiyalar va tarmoq sexi, Energiyani tamirlash sexi, Markaziy elektr texnika labaratoriyasi . Jami 386 ishchi xodim mexnat qiladi.
Nimstansiyalar va tarmoq sexi OKMK ning barcha sex va ishlab chiqarish komplekslariga elektr taminotini tashkil etadi . Asosiy vazifasi ishonchli , havfsiz , uzluksiz elektr taminotini tashkil etishdan iborat . NTS tarkibida 12 podstansiyalar mavjut va 2ta uchastkaga bo’lingan hamda ularda 6-35 -110-220 kv kuchlanishga mo’ljallangan elektr qurilmalar ishlatiladi . NTS jami 300 km uzunlikdagi havo va kabel liniyalarini yaxshi holatda ishlashi va saqlanishiga javobgardir . Har sutkada NTS orqali OKMK ning sex va fabrikalariga 4,5 mln kvt /soat energiya uzatiladi bu yiliga ortacha 1,5 -1,8 mlrd kvt /soat eelektr energiya uzatiladi degani . Bu juda katta ko’rsatgich albatta . Elektr taminotining uzluksizligi va ishonchliigini taminlash maqsadida doimiy tamirlash va qayta jixozlash ishlari amalga oshirib boriladi . Shu jumladan QORA – QIYA-SOY podstansiyasida 10 ta 110 kv ga moljallangan elegazli uzgichlar bilan jixozlangan . Ushbu uzgichlar zamonaviy va yuqori aniqlik klsiga egadirlar .
Nimstansiyalar va tarmoq sexida ishchi xodimlarning xavfsiz faoliyat yuritishlari uchun barcha chora va tadbirlar qo’llanilgan, ularning manaviy hordiq chiqarishlari uchun ham barcha qulayliklar yaratilgan. NTS da asosan elektromanterlar , leektroslessorlar , dispecher operativ xodimlar mexnat qilishadi . Ularning barchasi juda kata javobgarlikga ega . NTS tarkibida 2 ta eksplutatsiya uchastkasi va liniya kabellar uchastkasi mavjut . NTS da jami bolib 131 ishchi xodim mexnat qiladi.
Energiya ta’mirlash sexi barcha sexlar uchun elektr mashinalar va apparatlarni tamirlash bilan shug’illanadi . Sexda quvvati 100 kvt gacha bolgan o’zgaruvchan va 100 kvt dan yuqori bo’lgan o’zgarmas tok dvigatellari tamirlanadi, chulg’amlari qayta yigiladi, muzlatgich qurilmalar, kompressor qurilmalari tamirlanadi. Energiya tamirlash sexi 7 uchastkadan iborat : mexanik tokor uchaskasi, muzlatgich qurilmalarini tamirlash uchastkasi, o’zgaruvchan tok mashinalarini ta’mirlash uchaskasi, o’zgarmas tok mashinalarini tamirlash uchastkasi , nazorat o’lchov uchastkasi . Energiya tamirlash sexida jami 175 ishchi xodim mehnat qiladi.
Markaziy elekrtrotexnika labaratoriyasi NTS va OKMKning boshqa ob’ektlarida elektr qurilmalarni va elektr apparatlarni tekshiruvdan o’tkazish va ta’mirlash bilan shug’illanadi. Markaziy elekrtrotexnika labaratoriyasi 4 uchastkadan iborat : yuqori kuchlanishli qurilmalarni himoyalash uchastkasi , rele himoyasi va avtomatika uchastkasi , elektr o’tkazgichlarni avtomatlashtirish uchastkasi , o’lchov uskunalari uchastkasi . Bir smenada ish olib boriladi , jami bolib 50 ishchi xodim mehnat qiladi.
Qora-qiya-soy podstansiyasi butun OKMK tizimida bosh pasaytiruvchi yagona podstansiya bo’lib alohida axamiyatga ega bo’lgan o’ta muxim ob’ekt hisoblanadi.
Ushbu podstansiya elektr energiyani SIRDARYO va ADOLAT liniyalaridan qabul qiladi. Ushbu podstansiya 1955 yillarda qurilgan . Qabul qiladigan kuchlanishi 220 kv ni tashkil qiladi. Podstansiya 220- 110- 35-6-0,4 kv li taqsimlash qurilmalari bilan jixozlangan va zamonaviy qurilmalar bilan qayta jixozlanb kelinmoqda . Podstansiyada 200 000 kva quvvatga ega 220-110 2 ta avtotransformatorlar ornatilgan , undan tashqari bir juft 110-35-6 kv kuch transformatorlari ham o’rnatilgan . Podstansiya umumiy 220, 110 , 35 kv ochiq turdagi taqsimlash qurilmalari kompleksi va 6 kv yopiq turdagi taqsimlash qurilmalari kompleksidan iborat .


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling