Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Kafedra: «Metallurgiya» «Pirometallurgiya jarayonlari nazariyasi»

Download 1.73 Mb.
bet3/11
Sana19.06.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1623037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
22 Bug‘lanish va kondensatsiyalanish jarayonlarining mexanizmi va

To‘liq kondensatsiyalanish va metalni erkin bug‘lanishi uchun  ni qiymati 1 ga tengdir. Ko‘p nometallar uchun erkin bug‘lanish koeffitsienti 0,2 - 1,0 oralig‘ida joylashgan. Bu koeffitsientni qiymati past haroratlarda 1 ga yaqinlashadi va ko‘pincha qaynash haroratiga yetish davrida kichkina qiymatlarga ega bo‘ladi. To‘plangan tajriba bo‘yicha, kristallarning kondensatsiyalanishi bug‘lanishga nisbatan sekinroq o‘tadi deyishga asos bermaydi. Bu koeffitsientning qiymatiga aktivlik energiyasi katta ta’sir qiladi. Taxminan  = 1 teng bo‘lganda aktivlik energiyasi deyarli katta emas. Koeffitsientning bir xil modalar uchun kichik qiymatlari aktivlangan jarayon bilan bog‘lanishi mumkindir. Shunday qilib, bug‘langan holatda qaytarilgan molekulalarning past portsial bosimi ushlab turiladi.

Shu paytgacha bug‘lanish - kondensatsiyalanish jarayonlarini biz tayyor faza bor deb ko‘rib chiqayapmiz. Kondensatsiyalangan faza tayyor holatda bo‘lmagan vaziyatda, bug‘ning kondensatsiyalanishini ko‘rib chiqish katta amaliy ahamiyatga ega.

Metastabil mintaqasining borligi kurtak paydo bo‘lishida qiyinchiliklar bilan bog‘liqdir. Har qanday o‘ta to‘yinishga o‘ziga xos kurtakning kritik diametri borki, qaysidan boshlab tomchining o‘lchamlari o‘sib boradi. Qanday qilib kurtak paydo bo‘lishi mumkin? Gomogen sharoitda kurtak bug‘da zichlikning fluktuatsiya natijasida paydo bo‘lishi mumkin. Bug‘ning hajmida gomogen kurtak paydo bo‘lishidan tashqari zarracha dastgohning devorida yoki boshqa moddaning sirtida paydo bo‘lishi mumkin. Geterogen sharoitida kurtak ancha osonroq paydo bo‘ladi. Buning natijasida diagrammadagi AB chizik faqat termodinamik muvozanat bilan belgilansa, A1B1 chizig‘i tajribaning fizikaviy sharoitlari va boshqa moddaning chang bo‘lishi bilan aniqlanadi. Yuqorida aytilgan hamma xulosalar bug‘ning qattiq fazaga kristallanishiga ham tegishlidir. Agarda bug‘dan kristall o‘sib borsa, jarayon ikki bosqichda o‘tib boradi: birinchi bosqichda bug‘dan chiqqan molekulalar adsorbirlangan qatlamni tashkil qilishadi, ikkinchi bosqichda esa adsorbirlangan molekulalar qattiq moddaning kristallariga o‘tadi.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling