Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali "energetika va mashinasozlik" fakulteti


Download 0.68 Mb.
bet6/8
Sana31.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1143807
1   2   3   4   5   6   7   8
8-o‘rin: O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini avtomobil transportida olib o‘tishda yuk tashuvchilar tomonidan Davlat bojxona xizmati organlariga oldindan elektron ma’lumot taqdim etish – xizmat yarimavtomatik tarzda ko‘rsatiladi va jismoniy va yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali avtomobil transportida olib o‘tilayotgan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida davlat bojxona xizmati organlariga o‘z vaqtida oldindan ma’lumot taqdim etish imkoniyatini yaratadi.
7-o‘rin: Yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma – xizmat avtomatik tarzda ko‘rsatiladi. Soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslarga, davlat soliq xizmati organlariga tashrif buyurmasdan mustaqil ravishda soliq qarzi mavjud emasligi haqida elektron ma’lumotnomani shakllantirib chop etib olish imkoniyati yaratilgan.
Mazkur ma’lumotnoma o‘zining unikal raqamiga ega bo‘lib, barcha so‘ralgan korxona va tashkilotlarga taqdim etilishi mumkin. Ushbu tashkilotlar elektron ma’lumotnomaning haqiqiyligini soliq organlarining ma’lumotlar bazasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tekshirib olish imkoniyatlari ham mavjud.
6-o‘rin: Tashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli kontrakt (shartnomalar) ma’lumotlarini Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish – xizmat avtomatik tarzda ko‘rsatiladi. Tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha ma’lumotlar, tadbirkorlik subektlari tomonidan kontraktga tegishli ma’lumotlar asosida «E-Kontrakt» maxsus bepul dasturiy ta’minotlar yordamida shakllantirilgan va Davlat xizmatlari agentligi tomonidan berilgan Elektron Raqamli Imzo bilan tasdiqlangan faylni, Yagona portal orqali yuklash yo‘li bilan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga taqdim etiladi. Dasturiy ta’minot foydalanuvchilari uchun yo‘riqnomani quyidagi havolalar («E-Kontrakt» havolasi) bo‘yicha yuklab olish mumkin.
Tashqi savdo kontraklari bo‘yicha ma’lumotlarni ERI bilan tasdiqlangan elektron ko‘rinishda «E-Kontrakt» 1.1.5-versiya yoki «E-KONTRAKT 2.3.1» maxsus bepul dasturiy ta’minotlar yordamida shakllantirish uchun, foydalanuvchilar kompyuterlariga Java Runtime Environment dasturiy platformasining 7 yoki yangiroq versiyasini o‘rnatishlari zarur.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling