Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali “ ”
Detallami dastgohlarda o‘rnatish usullari
Download 312.68 Kb.
|
mashinasozlik t asoslari referat. Bazalash
Detallami dastgohlarda o‘rnatish usullari.
Olti nuqta qoidasi Detallarga ishlov berish uchun ular turli usullar yordamida o'rnatilishi mumkin. 1) Detalning bevosita dastgoh stoliga o‘rnatish. Bu usul donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida qo‘llaniladi. Bu usulni qo’llashning asosiy sababi maxsus moslama tayyorlashni iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligida. 2) Avvaldan belgilab olish usuli bilan detalning dastgoh stoliga о’rnatish. Avvaldan belgilab olishda ishlov beriladigan yuzalarning holatini belgilovchi o'q va boshqa chiziqlarni xomashyo yuzasida hosil qilinadi. Buning uchun xomashyo yuzasi bo‘yoq bilan bo‘yab olinadi. Chiziqlar shtangensirkullar, shtangenreysmuslar, burchaklilar. parraklar yordamida o‘tkaziladi. Avvaldan belgilab olish yuqori malakali ishchining ko‘p vaqtini talab qiladi. Bu usul yordamida yuqori aniqlikka erishish qiyin. Shuning uchun bu usuldan katta o'lchamdagi murakkab quyma detallarga ishlov berishda foydalaniladi. 3) Detallarni maxsus moslamalarga o‘rnatib ishlov berish. Bu usuldan foydalanilganda maxsus moslama yordamida detalga kesuvchi asbobga nisbatan aniq holatda beriladi. Maxsus moslamalardan foydalanilganda xomashyo avvaldan chiziqlar o‘tkazish uni dastgohga o‘rnatishda sozlash ishlarini bajarish kerak emas. Maxsus moslamalar yordamida Detalning dastgohga o'matish tez va oson bajariladi. Moslamalardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida ko‘rib chiqilishi mumkin. Ko‘p seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitida moslamalardarn foydalanish majburiy ko‘rinishga ega. Aks holda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishish mumkin emas. Bu ishlab chiqarish sharoitlarida har bir amalni bajarish uchun alohida moslama loyihalash taqozo etiladi. Maxsus moslamalarda detallarni bazalash uchun o‘rnatish yuzalari nazarda tutiladi. Qattiq jismlar mexanikasidan ma’lumki, ular fazoda oltita erkinlik darajasiga ega. Bu ixtiyoriy tanlangan uchta o‘zaro perpendikulyar X,Y,Z o‘qlar bo‘yicha ilgarilanma-qaytma va shu o‘qlar atrofida aylamna harakatlardan iborat (3-rasm). Detalning har bir erkinlik darajasini yo‘qotish uchun uni ma’lum bir qo‘zg‘almas nuqtaga qisish (jipslash) kerak. Bu nuqtalar o‘z navbatida moslama yoki dastgoh stolining qo‘zg‘almas nuqtalari bo‘lishi mumkin. har bir qo‘zg’almas bir nuqtali tayanch Detalning bitta erkinlik darajasini yo‘qotadi. Detalning barcha oltita erkinlik darajasini yo‘qotish uchun uni oltita qo‘zg‘almas tayanchga bazalash demakdir. Bu olti nuqta uchta o‘zaro perpendikulyar tekislikda joylashgan bo‘lishi kerak: 1,2,3, nuqtalar XOZ da; 4 va 5 YOZ da; va 6esa XOY da. 3-rasm. Detallarni bazalash sxemasi (olti nuqta qoidasi): R1,R2.R3- Detalning bazalashda ta’sir etuvchi kuchlar. Uchta 1,2,3 nuqtalar Detlining XOZ tekisligiga nisbatan holatini ifodalaydi va bu tekislik o‘rnatish tekisligi deb yuritiladi. Uchta tayanch nuqta Detalning Y o‘qi bo‘yicha siljishini vaX,Y o‘qlari atrofida aylanishini yo‘qotadi. Ikkita 4 va 5 nuqtalar Detalning XOZ tekisligiga nisbatan holatini ifodalaydi va bu tekislik yo‘naltiruvchi tekislik deb yuritiladi. Ikkita tayanch nuqta Detaining X o‘qi bo‘yicha siljishini va Y o‘qi atrofida aylanishini yo‘qotadi. Xuddi shunga o'xshash disksimon (3-rasm ) va shar tipidagi (4-nisin) delallarni koordinata tekisliklariga nisbatan fazoda joylashishini tahlil qilish mumkin. 5-rasmda disksimon detalni uch quloqli patronda bazalash sxemasi keltirildi. quloqli patronda bazalash sxemasi keltirildi. 4-rasm Sxemalardan ma'lumki. xohlagan detalning koordinat tizimiga nisbatan holatini aniqlash uchun. tanlangan koordinata tizimi bilan detal koordinat tizimining uch tekisligiga joylashgan, oltita nuqtani birlashtiruvchi oltita koordinat kerakdir. 5-rasm Ozod holdagi qattiq jism deb qabul etiluvchi detalning holatini boshqa dctalga nisbatan aniqlash uchun oltita tayanch nuqta zarur va yetarlidir. Bu xulosa hir detalning ikkinchi detalga nisbatan joylashisli aniqligini belgilashda juda katta ahamiyatga ega bo’lib « Olti nuqta qoidasi» deb ataladi. Oltita tayanch nuqtalarni joylashtirish uchun detalda uchta yuza yoki bu yuzalarning o'rnini bosuvchi boshqa yuzalar, boshqacha aytganda koordinat tizimi bo’lishi kerak. 6-rasm. Silindrik Detaining prizmada bazalash sxemasi: 1,2,3,4,5,6 - tayanch nuqtalari. Bitta 6 - nuqta detalning XOY teksiligiga nisbatan holatini belgilaydi va bu tekislik tayanch tekislik deb yuritiladi. Bu tayanch nuqta Detaining Z o‘qi bo‘yicha siljishi bo’lgan oxirgi erkinlik darajasini yo‘qotadi. Masalan, silindrik Detalning prizmaga bazalashda (6-rasrn) uning 4 ta erkinlik darajasi to‘rtga (1,2,3,4) qo‘zg‘almas nuqtalar yordamida yo‘qotiladi, qolgan ikki erkinlik darajasi prizma bo‘ylab siljishi va o‘z o‘qi atrofida aylanishi 5 va 6 tayanchlar yordamida yo‘qotiladi. Buning uchun 5 nuqtada tayanch qo‘yilsa, 6 nuqtada shponka o‘matiladi. Download 312.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling