Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali “ ”


Download 71.67 Kb.
bet3/4
Sana08.03.2023
Hajmi71.67 Kb.
#1250463
1   2   3   4
Bog'liq
elektronika. Tok va kuchlanishni. m.ish.

Voltmetr — elektr zanjiridagi kuchlanishni oʻlchaydigan asbob. Kuchlanishni volt yoki millivoltlarda koʻrsatadi. Asbob shkalasi voltlarda, millivoltlar va mikrovoltlarda koʻrsatadigan darajalarga boʻlingan.
Ampermetr (amper va ...metr) — oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tok kuchini oʻlchaydigan asbob; elektr zanjiriga ketma-ket ulanadi. Shkalasi asbobning oʻlchash chegarasiga muvofiq mikroamperlarda, milliamperlarda, kiloamperlarda darajalarga boʻlinadi. 

Elektr energiyasining iste’molchilarga uzatish elektr uzatish liniyalari orqali amalga oshiriladi. Elektr energiyasini energiyani boshqa turlariga aylantirib beruvchi moslamalar elektr iste’molchilar deyiladi.


Elektr tokining qiymatini ampermetr yordamida o‘lchash mumkin. zanjirdan o‘tayotgan elektr tokining qiymati o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan vaqt (t) birligi ichida o‘tgan elektr zaryadlarini miqdori bilan aniqlanadi, ya’ni tok kuchi zaryadlarning harakat tezligiga proporsional kattalikdir:

Agar zanjirdan o‘tayotgan tokning yo‘nalishi va qiymati vaqt davomida o‘zgarmas bo‘lsa, o‘zgarmas tok deyiladi va quyidagicha ifodalanadi:

Xalqaro birliklar sistemasida elektr tokining o‘lchov birligi sifatida amper qabul qilingan. O‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan bir sekund davomida 1 kulon elektr zaryadlari o‘tgandagi tok kuchi bir amperga teng bo‘ladi:



Katta tokni o‘lchash uchun karrali birlik-1000A-ga teng kiloamper (kA), kichik toklarni o‘lchash uchun esa- amperning mingdan bir qismiga teng bo‘lgan (10-3 A) milliamper (mA ) va amperning milliondan bir qismiga teng bo‘lgan 10-6A (mkA) ishlatiladi.
Tok kuchiga bir necha misol keltiramiz: odam tanasidan o‘tayotgan tok taxminan 5 mA-ga etganda odam tok o‘tayotganini seza boshlaydi, lekin bu tok 50 mA-gacha ortganda odam xayoti uchun xavfli bo‘ladi. Eng ko‘p tarqalgan cho‘g‘lanish lampalarining toki 0,1-1 A, lyuminessent lampaniki-0,15 A. Elektr plita uchun 1,5-5 A tok kerak. O‘rtacha quvvatli elektr dvigatellarni toki 5-25 A-ga teng.
Elektr miqdorining birligi Kulon (Kl) o‘zgarmas tok 1 A bo‘lganda 1
sekundda o‘tkazgich ko‘ndalang kesimidan o‘tgan zaryad sifatida aniqlanadi: 1Kl1As.


Kuchlanish. Bir jinsli elektr maydonida musbat zaryadlangan zaryad q maydon kuchi ta’siri ostida M nuqtadan N nuqtaga ko‘chadi. Rasm-1 zaryadning MN nuqtadagi bajargan ishini o‘lchanadigan qiymati ikki nuqta orasidagi elektr kuchlanish deyiladi. Kuchlanish U-xarfi bilan belgilanadi:

Elektr kuchlanishning o‘lchov birligi volt (V)



Zanjirning ikki nuqtasi orasida musbat elektr zaryad birligi harakatlanganda 1
J-ga teng ish bajarilsa u holda ular orasidagi kuchlanish 1 V-ga teng bo‘ladi.
Demak 1 JV Kl.
Bundan tashqari kilovolt, 1 kV103 v, millivolt 1 mV10-3 v-lar ham ishlatiladi. Kuchlanish elektr maydonida ikki nuqta orasidagi potensiallar ayirmasiga teng:
Umnm-n
«Kuchlanish»-tushunchasi ta’rifining o‘zi elektrotexnik qurilmaning ikki nuqtasiga taalluqli bo‘lishi lozimligini ko‘rsatadi: Masalan, elektr tarmoq simlari orasidagi kuchlanish, sim bilan er orasidagi kuchlanish.
Kuchlanish o‘lchanadigan asbob-voltmetr, orasidagi kuchlanishni o‘lchash lozim bo‘lgan ikki nuqtaga, masalan, manbaning ikki bog‘ichiga, hamda yuklamaning qismlariga ulanadi. Ampermetr o‘lchash obekti bilan ketma-ket, voltmetr esa parallel ulanadi.
Odam uchun xavfsiz kuchlanish deb 50 V-dan oshmaydigan kuchlanish qabul qilingan. Odam uchun xavfli sharoitlarda elektrotexnik qurilmalarning erga nisbatan kuchlanishi 12 v-dan oshmasligi kerak. (zax va issiq binolarda 36 v-dan oshmasligi kerak).



Download 71.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling