Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Qo‘qon filiali 1-20 TMJ guruh talabasi Bahretdinov Burxoniddinning Payvandlash jarayonlari nazariyasi fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi Mavzu:Yoy razryadida fizik jarayonlar Reja: - УГД qurilmasining tuzilishi va ishlash prinsipi.
- Tok kuchini yoyga ta’sirini o‘rganish.
- Yoydagi issiqlikni, sarflangan energiyani hisoblash
Qalinligi 10 mm dan kichkina aluminiy qotishmalarini payvandlash uchun УГД qurilmasi eng ko‘p qo‘llanadi. Ular konstruksiyasining asosiy. elementi - qiyaligi katta VAT ni ta’minlaydigan elektromagnit shuntli payvandlash transformatiridir. Ularning konstruksiyasida elektrolitik kondensatorlar S ancha katta joyni egallaydi, yoyni yoqish uchun ossillyator 1 ko‘zda tutilgan, tok noldan o‘tayotgan momentda yoy razradini mo‘tadillash uchun -stabilizator 2, payvandlash tokini boshqarish uchun boshqarish bloki 3 ko‘zda tutilgan. УГД qurilmasining tuzilishi va ishlash prinsipi
УГД qurilm asining prinsipial sxemasi:
1 - ossillator; 2 - yoy stabilizatori; 3 - payvandlash tokini boshqarish bloki; C-Kondensator batareyasi;-shtuntli payvandlash transformatori; va - transformatoming birlamchi va ikkilamchi chulg'amlari va shunt chulg‘ami; E - volfram elektrod; A - aluminiy detal; Ar - himoyalovchi gaz(argon); ,N-elektrod tarmog‘ining fazalari va nol sim; - klemmalar.
УГД qurilmasining tuzilishi va ishlash prinsipi Payvandlash zanjiri buzilmaganda va ossillator diqqat bilan sozlanganda bu rejim sekundni o‘ndan bir ulushlarida davom etadi va yoy razradi hosil bo‘lgandan keyin qurilma yuklanish rejimiga o‘tadi. Yoyni qisqa tutashish usuli bilan hosil qilish tavsiya qilinmaydi, chunki bu holda elektrod qisman shikastlanishi (buzilishi) mumkin, uning zarrachalari payvandlash vannasiga tushadi va chok kristallangandan keyin unda qoladi, uning pishiqligini pasaytiradi. Yuklanish rejimida yoy tokning berilgan qiymatida payvand chok shakllanadi. Payvandlash jarayonining oxirida tok kuchining ishchi qiymati juda tekis minimal qiymatigacha kamaytiriladi, bunda boshqarish bloki 3 dan foydalaniladi. Bunda tok birdaniga o‘shirilsa chok oxirida hosil bo‘ladigan chuqurchaning to‘ldirilishi, ya’ni “zavarka kratera” bo‘lib o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |