9. Yakuniy nazorat uchun 100 ta test topshiriqlar to‘plami
TDTU Qo‘qon filiali, Elektronika va elektrotexnika fakulteti v.b.dekani ___________ A.Asqarov
“____” _____________202__ yil
Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filiali “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi “Falsafa” fanidan
yakuniy nazorat test savollari
-variant
1. Falsafada bilish nazariyasini ifoda etuvchi tushuncha.
A) Ontologiya
B) Akseologiya
C) Gnoseologiya*
D) Praksiologiya
2. "Men bilmasligimni bilaman" – deb aytgan faylasuf?
A) Demokrit
B) Empedokl
C) Anakvagor
D) Suqrot*
3. Falsafiy tafakkur qanday manfaatlarni ifoda etishi zarur?
A) umuminsoniy;*
B) milliy-mintaqaviy;
C) sinfiy;
D) iqtisodiy;
4. Muso al-Xorazmiyning jaxon fani taraqqiyotiga qo‘shgan xissasi nimalardan iborat?
A) Fan tarixida birinchi astronomik jadvalning asoschisi;
B) Xind, Ivrit, Yunon, Lotin tillaridan to’plagan asarlarni tarjima qilgan;
C) Geotsentrik nazariyaning asoschisi, yerning globusini kashf etgan kashfiyotchi;
D) O’nlik sanoq sistemasi, arifmetik ilm amallari, algoritmlar nazariyasi va Algebra fanining asoschisi*;
5. Tasavvuf ta’limoti va uning Markaziy Osiyodagi tariqatlari:
A) Xamadoniy, Arslonbob, Xo’ja Axror;
B) Maxdumi A’zam, Boxarziy, Said Kulol;
C) Naqshbandiya, Yassaviya, Kubroviya*;
D) Xojagoniy, Zikri-Xufiya, Mavlaviya.
6. XVI-XIX asrlarda Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy tushkunlikning tub sabablari nimada?
A) dunyoviy fanlarning o’qitilmasligi;
B) Ortodoksal islomning jamiyatda xukmron mafkuraga aylanishi;
C) Xalqlar o’rtasidagi iqtisodiy-madaniy aloqalarda dengiz yo’llarining axamiyati tobora oshib borishi;
D) Barcha javoblar to’g’ri*;
7. XIX asr oxiri XX asr birinchi choragida keng quloch yoygan jadidlar xarakatining tub maqsadi nima bo‘lgan?
A) dinni islox qilish orqali jamiyatni yangilash;
B) maorifda yevropacha o’qitish uslubiga o‘tish orqali xalqni tez va keng qatlamlarini ma’rifatli qilish; C) mustamlakachilik va sinfiy zulmdan xalqni ozodlikka olib chiqish uchun kurashganlar;
D) xalqning siyosiy ongini oshirish orqali qullikdan ozod bo’lishini maqsad qilib qo’yganlar*.
Do'stlaringiz bilan baham: |