Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti transport vositalari gidravlik va pnevmatik jihozlari
Download 1.5 Mb.
|
TVGJ Uslubiy ko\'rsatma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masala yechish uchun namuna
- Xulosa
- 11-amaliy mashg’ulot Avtomobil va traktorlarning pnevmatik osmalarining asosiy parametrlarini aniqlash
Nazorat savollari:
Tormoz tizimi pnevmatik yuritmasining tuzulishi? Tormoz tizimi pnevmatik yuritmasining ishlashi? Tormoz tizimi pnevmatik yuritmasining qo’llanilishi? Tormoz tizimi pnevmatik yuritmasining asosiy faktorlari nimalar? Masala yechish uchun namuna: Quyida berilganlar yordamida pnevmatik tormoz tizimini ishga tushirish uchun tormoz pedaliga beriladigan kuchni hisoblang: Yechish: Tormozlash kolodkalarini siquvchi kulachok validagi burovchi moment aniqlab olinadi: Tormoz kamerasi yordamida tormozlashda shtokka beriluvchi kuch aniqlanadi: Tormoz kamerasidagi havoning bosimi aniqlanadi: Tormoz krani porshenidagi kuch aniqlanadi: Tormoz pedalidagi kuch aniqlab olinadi: Xulosa, hisoblangan qiymati chegaraviy qiymatdan kichik chiqdi. Demak, tormozlashda kuchaytirgichlardan foydalanish shart emas. Talabalar uchun topshiriqlar:
11-amaliy mashg’ulot Avtomobil va traktorlarning pnevmatik osmalarining asosiy parametrlarini aniqlash Pnevmatik osmalar – pnevmatik elastik elementlardan foydalangan holda avtomobilning yuklanishidan qat’iy nazar kabina pol qismi, yuk platformasi (yoki ramasi) va tirkama moslamasining balandligini yo’l yuzasi yoki yerning ixtiyoriy holatiga nisbatan ushlab turish va o’zgartirish imkoniyatini beruvchi osma turi hisoblanadi. Pnevmatik osmaning qulayligi avtomobilning foydalanish sifatiga ta’sir qiladi: yurishning silliqligi, qulayligi, harakatning barqarorligi, avtomobil va uning bir qator uzellari chidamliligini oshiradi. Og’ir yo’l sharoitlarida osmaning imkoniyatlarini dvigatelning yuqori quvvati emas balki uning maksimal va o’rtacha tezliklarida aniqlash mumkin. 11.1-rasm. Pnevmatik osmaning joylashishi Hozirgi kunda avtomobillarda pnevmatik osma o’rnatish ommalashmoqda, chunki pnevmatik osma yordamida avtomobilning klirensini nazorat qilish imkoniyati paydo bo’ladi. Ushbu turdagi osmalar ko’pincha biznes klassdagi va yo’l tanlamas avtomobillarda qo’llaniladi, masalan, Audi Q7, Volkswagen Touareg. Bentley, BMW, Ford, Lexus va boshqa bir qator yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari o’z modellarida pnevmatik osmani alohida osma emas balki osma konstruksiyalarning (masalan, ko’p richagli) bir qismi sifatida qo’llanishadi. 11.2-rasm. Pnevmatik osmaning prinsipial sxemasi: 1-elastik element; 2-avtomobil o’qi; 3-avtomobil ramasi; 4-qo’shimcha havo rezervuari; 5-havo kanali; 6-kuzov holatini boshqaruvchi; 7-kompressor; 8-asosiy rezervuar Pnevmatik osmani hisoblashda pnevmatik osma agregatiga ta’sir qiluvchi kuch, tormozlanishdagi kuchlar, burilishdagi harakatlanish kuchlari, g'ildirakni ko'tarilish balandligi kabi bir nechta parametrlar hisob-kitob qilinadi. Ushbu amaliy mashg’ulotda pnevmatik osma agregatiga ta’sir qiluvchi kuch qiymatini hisoblash keltirib o’tilgan. 11.3-rasm. Kronshteyn va pnevmoballondagi kuchni hisoblash uchun sxema Dastlab, avtomobil yoki traktorning o’qiga ta’sir qiluvchi kuch aniqlanadi: bu yerda, – o’qga tushuvchi og’irlik, kg; – erkin tushish tezlanish, . O’qga tushuvchi og’irlik avtomobil yoki traktorning o’qlari bo’ylab teng taqsimlanmaydi, shuning uchun, hisoblashlarda bitta o’qga 50% yuk, qolganlariga 25% dan yuk taqsimlangan deb qabul qilinadi. Shundan, bitta o’qga tushuvchi yuk quyidagicha aniqlanadi: Tayanch nuqtasidan g’ildirak o’qiga ta’sir qiluvchi reaksiya kuchi aniqlanadi: Kronshteynga ta’sir qiluvchi kuch quyidagi formuladan aniqlanadi: bu yerda, – kronshteyn mahkamlangan nuqtadan avtomobil o’qigacha masofa, mm; – pnevmatik yostiq markazidan avtomobil o’qigacha masofa, mm. Pnevmatik yostiqqa ta’sir qiluvchi kuch quyidagi formuladan aniqlanadi: Ushbu aniqlangan kuch yordamida avtomobil yoki tractor og’irligiga bardosh bera oladigan pnevmatik yostiq tanlab olinadi.
Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling