Simli tarmoq orqali ulanish
Axborot о‘tkazish muhiti deb – kompyuterlar о‘rtasida axborot almashinuvini ta’minlovchi axborot yо‘llariga (yoki aloqa kanallariga) aytiladi. Kо‘pchilik kompyuter tarmoqlarida (ayniqsa mahalliy tarmoqlarda) simli yoki kabelli aloqa kanallari ishlatiladi, vaholanki simsiz tarmoqlar ham mavjuddir.Kabel ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari kabel turlarini kо‘p miqdorda ishlab chiqaradilar. Hamma ishlab chiqariladigan kabellarni uch turga bо‘lish mumkin:
о‘ralgan juft simli kabel (vitaya para, twisted pair), ular himoyalangan yaʻni ekranlashtirilgan (ekranirovanniye, shielded twisted pair, stop) va himoyalanmagan ya’ni ekranlashtirilmagan (neekranirovanniye, unshielded twisted pair, UTP);
koaksial kabellar (coaxial cable);
shisha tolali kabellar (optovolokonniye kabeli, fiber optic).
Kabelning har bir turining о‘z afzalliklari va kamchiliklari mavjuddir, shuning uchun kabel turini tanlanganda xal qilinayotgan masalaning xususiyatini, shuningdek alohida olingan tarmoq xususiyatini va avvaldan mavjud bо‘lgan barcha korxona standartlarining о‘rniga, 1995 yilda qabul qilingan EIA/TIA 586 (Commercial Building Telecommunication Cabling Standard) standarti mavjud bо‘lib, hozirgi vaqtda shu standartdan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |