Islom karimov nomidagi toshkent davlat


Kurs loyiha rahbari: Tursunova Dilshoda


Download 2.62 Mb.
bet2/11
Sana03.11.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1742051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Maxmudov J ATJ (2) (2)

Kurs loyiha rahbari: Tursunova Dilshoda


Mundarija


I. Kirish
II. Asosiy qism
2.1. Filtrlash jarayoni va uni intensivlash.
2.2. Filtr turlari.
III. Texnologik qism
3.1. Silvinitli rudalarini qayta ishlash texnologiyasi.
3.2. Kaliy xlorid ishlab chiqarish texnologiyasi.
3.3. Lentali vakuum filt qurilmasida boradigan jarayon.
IV. Hisob qism
4.1. Lentali vakuum filtr hisobi.
V. Mehnat muhofazasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish


Kirish
Kaliyli o‘g‘itlar. Sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan va yer ostidan qazib olinadigan kaliy birikmalarining deyarli barchasi (95% dan ortiq qismi) mineral o’g’it sifatida ishlatiladi. Ular xlorli, sulfatli va boshqa holatda bo’ladi. Xlorli kaliyli o’g‘itlarga: silvinit, kainit, tabiiy rudalarni qayta ishlash konsentrlangan mahsulotlari - kaliy xlorid va ularning konsentrlangan kaliyli mahsulotlar bilan aralashmasi kiradi. Xlorsiz kaliyli o‘g‘itlarga esa: kaliy sulfat, kaliy va magniy sulfatlarning qo'shaloq tuzi - kaliymagneziya (unda oz miqdordagi kaliy va natriy xloridlari qo‘shimchasi bo‘ladi); kainit-langbeynit rudalarini flotatsion boyitish yo‘li bilan olinadigan kaliy-magniyli konsentrat kiradi. Kaliyli mahsulotlar va xom ashyolarning sifati ulardagi kaliy (K2O hisobida) miqdori orqali aniqlanadi. Kaliyli mahsulotlar sanoatining asosiy mahsuloti kaliy xlorid bo‘lib, ularning 95% qismi mineral o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Qolgan 5% qismi kaliyning - КОН ,КСlOз, K2CO3 , KNO3, KCN va boshqa birikmalariga aylantiriladi. Ular qora va rangli metallurgiyada, qurilishda, shisha ishlab chiqarishda, qog‘oz, lak-bo‘yoq, charm oshlash sanoatlarida, farmatsevtikada va boshqa sohalarda ishlatiladi. O‘g‘it sifatida yanchilgan silvinit, aralash o‘g‘it (kaliy xlorid va yanchilgan silvinit aralashmasi) va kaliy xlorid ishlatiladi. Yanchilgan silvinit tarkibida 22% KCl (14% K2O) bo‘lib, o‘lchami 4 mm dan yirik bo'lgan zarrachalar 20% dan ortmasligi kerak. Aralash o‘g‘it tarkibidagi K2O miqdori 40% dan kam bo‘lmaydi va H2O 2% dan oshmasligi lozim. Tarkibida 52,4% KC1 (63,1% K2O) bo‘ladigan kaliy xlorid - rangsiz kubsimon kristallardan iborat bo'ladi. Uning zichligi 1990 kg/m3 bo‘lib, 776°C da suyuqlanadi. Kaliy xloridning tabiiy minerali - silvin va rudalari tarkibida qo‘shimchalar bo‘lganligi sababli rangli bo‘ladi. Kaliy xloridning 20°C dagi to 'yingan eritmasida - 25,6% va 100°C dagi to‘yingan eritmasida esa - 35,9% KCl bo‘ladi . Texnik kaliy xloridning sifati GOST 4568-83 bo'yicha belgilanadi. Texnik shartlar bo'yicha u mayda kristall, donador va yirik kristalli holatida 1-, 2- va 3-navlarda ishlab chiqariladi. Ularda navlariga muvofiq ravishda 95, 92 va 90% KC1 bo'ladi. Mayda kristall holatida ishlab chiqariladigan mahsulotda namlik 1% dan oshmasligi lozim, donador mahsulot namligi esa 0,5% atrofida bo'lishi mumkin. Donador mahsulotda 1-4mm li donachalarning miqdori 80% (quruq o 'g 'it ishlab chiqarish uchun esa 90%) bo'lishi, 7 mm dan yirik donachalar bo'lmasligi va 1 mm dan mayda donachalarning ulushi 5% dan oshmasligi kerak. Qishloq xo'jaligida o 'g 'it sifatida donador, murakkab o'g'itlar ishlab chiqarishda esa kukun holatidagi kaliy xlorid ishlatiladi "Dehqonobod kaliy zavodi" aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 17-dekabrdagi “Tepaqoʼton kaliyli tuzlar koni negizida Dehqonobod kaliyli oʼgʼitlar zavodini qurish” toʻgʻrisidagi PQ-748-sonli qaroriga asosan qurilishi boshlandi.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-iyuldagi zavodni foydalanishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasini tuzish toʻgʻrisidagi 432-f-sonli va 2011-yil 27-oktabrdagi “Davlat komissiyasi aktini tasdiqlash haqida”gi 684-F-sonli Farmoyishlariga asosan “Dehqonobod kaliyli oʼgʼitlar zavodi” unitar korxonasi maqomini olib, 1321 yangi ish oʻrinlari bilan rasman faoliyatini boshladi.Dehqonobod kaliy zavodi oʻrnida Tepaqoʻton kaliy tuzlari koni boʻlgan. Zavod ushbu kon negizida barpo etilgan. Dehqonobod kaliy zavodini qurish uchun "O'zkimyosanoat" DAKning qurilayotgan Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi Direksiyasi tomonidan oʻtkazilgan tender va keyingi toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar natijalari boʻyicha tayyor holda topshirish sharti bilan ikkita shartnoma imzolangan:Qayta ishlash majmuasi qurilishiga 43,9 mln. dollar miqdorida — “Citic” (XXR) kompaniyasi bilan;Togʻ-kon majmuasi qurilishiga 56,0 mln. dollar miqdorida — “ZUMK-Injiniring” (Rossiya) kompaniyasi bilan.Qayta ishlash majmuasi qurilishi uchun 41,7 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit Xitoy hukumatining imtiyozli kredit liniyasi doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Eksimbanki tomonidan ajratilgan. Kredit shartlari 5 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 20 yil boʻlgan yillik foiz stavkasi 2,0 foiz boʻlgan. Ushbu kredit mablagʻlari Oʻzbekiston hududida "O'zsanoatqurilishbank" ATB tomonidan tasarruf qilingan.Qayta ishlash majmuasi qurilishi shartnomasining 5 foiz miqdoridagi mablagʻ — 2,195 mln. dollar"O'zsanoatqurilishbank" ATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan shartda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan berilgan . Loyihaga koʻra, Dehqonobod kaliy zavodi yiliga 200 ming tonna oʻgʻitni ishlab chiqarishga moʻljallangan.Dehqonobod kaliy zavodi 2013-yil 1-yanvargacha yer osti boyliklaridan foydalanish soligʻi va yer soligʻi toʻlashdan ozod qilingan. Dehqonobod Kaliy zavodi AJ tomonidan ishlab chiqarilgan kaliy xlorid mineral og’itini eksportga sotishi 2022 – yil 17- aprel sanasida 2 mln tonnadan oshdi . Bugungi kunda Dehqonobod kaliy zavodi AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksport qilinayotgan davlatlar soni 34 taga yetdi . 2022- yildagi kaliy xlorid mineral o’g’itini sotib olgan eng yirik bozorlar Tayvand , Vietnam , Yaponiya , Eron , Xitoy bozorlaridir. Dehqonobod kaliy zavodi AJ “O’zkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxonalar ishlab chiqarilgan mahsulotlarning kata foizini eksport qilishda 4- o’rinda . Mahsulotga talabning yuqoriligi bo’yicha 6- o’rinda .


Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling