Islom karimov nomidagi toshkent davlat


Download 2.62 Mb.
bet4/11
Sana03.11.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1742051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Maxmudov J ATJ (2) (2)

Trubali elektro filtr
T rubali elektrodlar ichiga «toj» hosil qiluvchi elektrodlar katodlar o‘rnatilgan. Elektrodlar izolatorga tayanib turuvchi umumiy romda mahkamlanadi. Elektr maydoni ta’sirida gaz tarkibidagi zarrachalar cho‘kadi. Anodga cho‘kib, qatlam hosil qilgan zarrachalar vaqti-vaqti bilan silkitib turiladi va qurilmaning pastki qismidagi konussimon tubda yig’iladi. Yig’ilgan chang zarrachalardan iborat cho‘kma pastki shtuserdan to‘kiladi, tozalangan gaz esa filtrning tepa qismidagi shtuserdan atrof-muhitga chiqarib yuboriladi. Hozirgi kunda, bir nechta ketma - ket ulangan seksiyalardan gaz o‘tadigan seksiyali elektrofiltrlar yaratilgan. Odatda, trubalar diametri 150...300 mm va uzunligi 3...4 m qilib yasaladi. Trubalar ichida tortilgan simlar diametri 1,5...2,0mm. Gazlaming tozalanish darajasi 99%, ayrim hollarda 99,9% ni tashkil etadi. Trubali elektrofiltrlar 1-silkituvchi moslama, 2-izolatar, 3-rom, 4-“toj”, 5-tubali elektrod, 6-teshikli panjara, 7-chang yig’gichlardan iborat bo’ladi.
Plastinali elektrofiltrlarda anod vazifasini plastinalar, katodni esa - plastinalar orasiga tortilgan simlar bajaradi. Elektrofiltrlarda gazlarni tozalanish darajasi changlarning elektr o‘tkazuvchanligiga bog’liq. Agar zarrachalar elektr tokini yaxshi o‘tkazsa, unda zarrachalar zaryadini bir zumda beradi va elektron zaryadini egallaydi. Bunda, bir - biridan qochish Kulon kuchi hosil bo'lib, filtrdan gaz bilan zarrachalar uchib ketishga olib keladi va tozalanish darajasini kamayadi. Agar zarrachalar elektr tokini yomon o‘tkazsa, unda elektrodda manfiy zaryadlangan zarrachalardan iborat zich qatlam hosil bo‘lib, asosiy elektr maydonga qarshi ta’sir qiladi. Gaz tarkibidagi zarrachalar konsentratsiyasi yuqori bo’lganda ham, gazning tozalanish darajasi past bo’ladi. Chunki, ionlaming zarrachalarda cho‘kishi, olib o‘tilgan zaryadlar sonini kamayishiga sababchi bo’ladi. Demak, tok kuchi ham pasayadi. Gaz tarkibidagi zarrachalar konsentratsiyasini pasaytirish uchun elektrofiltrdan oldin qo‘shimcha gaz filtrlar o‘rnatiladi. Plastinali elektrofiltr elektrodlariga cho‘kkan changlar trubali filtnikidan osonroq tozalanadi va sim uzunligi birligiga kamroq energiya ishlatadi. Undan tashqari, bu filtrlar ixcham, kam metall sarflaydi va yig’lishi oson. Agar elektrodlar soni va qurilmaning ko‘ndalang kesimi ma’lum bo’lsa, elektrofiltrlani hisoblash uning «tojli» elektrodining uzunligini aniqlashdan iborat bo’ladi.
Qumli filtr. Bu qurilma donasimon materialli filtrlar guruhiga oid. Bu turdagi filtrlar suspenziya tarkibida qattiq faza miqdori kam bo’lgan hollarda, ya’ni oziq-ovqat sanoatida suvni filtrlash va liker-aroq korxonalarida keng ko’lamda ishlatiladi. Filtming silindrik qobig’ida ikkita to‘rli disk bo’lib, ular qurilmani 3 qismga ajratadi: yuqori - suspenziya oqib kiruvchi, o‘rta - filtrlovchi va quyi - yig‘uvchi. Ikkala disk orasida filtrlovchi qum qatlami joylashgan bo’lib, u yirik va mayda fraksiyalardan iborat bo’ladi. Fraksiyalar filtr to‘qima bilan ajratilgan. Yuqori va quyi disklar ham filtr to‘qima bilan qoplangan bo’ladi. Filtrlanuvchi suyuqlik 0,02....0,03 MPa bosimda qurilma tepasidan yuboriladi, filtrat esa pastki qismdan chiqariladi. Filtrlash tezligi 250...750 kg/(m2/soat). Ushbu filtr tuzilishi sodda, filtrlash sifati esa-yuqori. Lekin hajm birligida filtrlovchi yuza kam va jarayon tezligi past bo’lgani uchun, filtrning ish unumdorligi juda kichik. Undan tashqari, filtr qumni almashtirish qiyin va ko‘p vaqt talab qiladi.
Nutch - filtr vakuum yoki ortiqcha bosim ostida ishlashi mumkin. Cho‘kmani chiqarib tashlash uchun filtrga bir parrakli aralashtirgich o‘matilgan. Suspenziya va
siqilgan havo alohida shtuserlar orqali uzatiladi. Olingan filtrat esa, to‘kish jumragi 4 orqali chiqariladi. Undan tashqari, filtrga saqlovchi jo‘mrak ham o‘rnatilgan. Filtrning ish sikli quyidagi bosqichlardan iborat: suspenziya bilan to’ldirish; bosim ostida filtrlash; filtr to‘siqdan cho‘kmani tushirish; filtr to‘siqni qayta tiklash. Bunday filtrlarda cho‘kmani yuvish jarayonini ham bir vaqtda o‘tkazsa bo’ladi. Suspenziyalarni filtrlash paytida filtr to‘siq sifatida karton, belting va sintetik tolalarni qo’llash mumkin. Sintetik tolalarning afzalligi shundaki, ular yuqori mexanik mustahkamlik, termik va kimyoviy chidamlilikka ega. Sintetik tolalardan, zichligi asta - sekin o‘zgaradigan, filtr to‘siqlar tayyorlash mumkin. Bunday filtr qattiq faza miqdori kam bo’lgan suspenziyalami filtrlashda juda qo’l keladi, chunki zarrachalar uning butun balandligi bo‘ylab cho‘kadi. Filtrning tashqi qatlamida yirik, ichki qatlamlarida esa mayda zarrachalar ushlanib qoladi. Bunday selektiv filtrlash jarayon tezligi yuqori bo’lishi, kovakchalar yuzasini to’lib qolish oldini oladi va filtring xizmat muddatini uzaytiradi.
Romli filtr - press. Bunday filtrlar suspenziyalar (masalan: vino, pivo, sut mahsulotlar)ni tozalash uchun qo‘llaniladi). Filtrlovchi blok orasida filtr to‘qima yoki karton joylashgan almashuvchi rom va plitalardan tashkil topgan. Rom va plitalar yo‘naltiruvchi 6 da siquvchi vint 7 yordamida qisib qo‘yiladi. Odatda filtr metall stanina 8 da o‘rnatiladi. Har bir rom va plitada suspenziyani kiritish va yuvish suyuqligini chiqarish kanallari bor. Plitalaming ikkala tomonida yig‘uvchi kanallar 4 bo’lib, yuqori qism drenaj va pastki qismi esa, aylanma kanallar bilan ulangan. Suspenziya bosim ostida kanal romning ichkarisiga filtr materialdan orqali o‘tadi , keyin esa yuzasidagi kanalchalar orqali pastga tushadi. Filtrat plitaning pastki qismida joylashgan kanalcha orqali chiqib, umumiy tarmovga tushadi. Romning ikkala tomoni cho‘kma bilan to‘lganda, filtrlash jarayoni to‘xtatiladi va teskari yo‘nalishda yuqori bosimli suyuqlik yuborilib, cho‘kma yuviladi va aylanma kanallar orqali chiqariladi. Shundan keyin yuvish uchun suv yuboriladi va jarayon tugagach plita chapga surilib, cho‘kma to‘kiladi. Filtr - pressning ish sikli ushbu jarayonlardan iborat: ishga tayyorlash; filtrlash; yuvish; cho‘kmani to‘kish. Davriy ishlaydigan filtr qurilmalarda yordamchi jarayonlami bajarish uchun ish siklining 30% ga yaqin vaqti sarflanadi va cho‘kmani to‘kish ko‘p mehnat talab qiladi. Bu turdagi filtrlarda filtr to‘qimalar sarfi katta va ularni almashtirish qiyin. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda ushbu kamchiliklar bartaraf etilgan, chunki bu filtrlarda filtrlash, cho‘kmani quritish, yuvish, ajratish jarayonlari bir vaqtda sodir bo‘ladi.
Filtr - press (FPAKM). Bunday filtrda cho‘kmani to‘kish mexanizatsiyalashgan.
U shbu qurilma kamerali, avtomatlashtirilgan filtr bo’lib, temperaturasi 80°C, konsentratsiyasi 10...500 kg/m3 li mayin dispers suspenziyalami ajratish uchun qo‘llaniladi. Bu turdagi filtr davriy ishlaydigan bo‘ladi. Ko‘pincha bu filtr - presslarda bir - biriga zich joylashgan bir qator to‘rtburchak shakldagi filtrlardan iborat.To‘rtburchak filtrlaming bunday joylashishi solishtirma filtrlash yuzasining ko‘payishiga olib keladi. Agar filtr A holatda bo’lsa, kollektor 8 dan kameraga ajratish uchun suspenziya, yuvish uchun suyuqlik va cho‘kmani qisman quritish uchun siqilgan havolar ketma - ket keladi. So‘ng filtrat, yuvish suyuqligi va havo kanallar 12 orqali kollektor 10 ga chiqariladi. Filtrning В holatida kanallar 9 orqali bo‘shliq 11 ga bosim ostida suv uzatiladi. Natijada egiluvchan elastik diafragma G yordamida cho‘kma siqiladi. Undan keyin, V holatda plitalar suriladi va hosil bo’lgan tirqishlardan cho'kma to'kiladi.
Barabanli vakuum - filtr. Bu turdagi filtrlar konsentratsiyasi 50 ... 500 kg/m3 bo‘lgan suspenziyalami uzluksiz ravishda ajratish uchun ishlatiladi . Qattiq zarrachalar kristall, tolali amorf va kolloid tuzilishga ega bo‘lishi mumkin. Filtr ish unumdorligi qattiq zarrachalar tuzilishiga bog’liq va yuqorida keltirilgan ketma ketlikda pasayib boradi. Filtrning asosiy qismi gorizontal baraban bo’lib, u elektr yuritkich yordamida asta - sekin aylantiriladi. Odatda uning 0,3...0,4 qismi suspenziyali tog‘oraga tushib turadi. Tog‘ora ichida silkinib turuvchi aralashtirgich suspenziya tarkibini bir xil bo’lishini ta’minlaydi, ya’ni uning tarkibidagi zarrachalami cho‘kmaga tushishiga to‘sqinlik qiladi. Baraban ikkita silindrdan tuzilgan bo’ladi. Tashqi silindr elaksimon bo’lib, uning ustiga sim to‘r tortilgan. Sim to‘ming usti esa, filtr to‘qima bilan qoplangan. Barabanning filtrlovchi to‘siqlaridan filtrat vakuum ostida so‘rib olinadi. Filtrning ustida suspenziyadagi qattiq zarrachalar cho‘kma qatlamini hosil qiladi. Bu cho‘kma pichoq yordamida barabanning ustki qismidan uzluksiz ravishda kesib olinadi. Barabanning ichki qismi to‘siqlar yordamida alohida sektorlarga bo’lingan. Kanallar esa filtrlash jarayonining hamma sikllarini bevosita filtr ishlashini boshqaruvchi bosh taqsimlagich bilan biriktirilgan. Bosh taqsimlagichda ikkita disk bo’lib, biri aylanma harakat qilsa, ikkinchisi - qo‘zg‘almasdir. Qo‘zg‘almas diskdagi teshiklar trubalar orqali vakuum-nasos hamda filtratni ajratib oluvchi va yuvuvchi suyuqlik bilan cho‘kmani ajratish va filtr to‘qimani tozalash uchun siqilgan havo beruvchi kompressor bilan ulangan bo’ladi .Aylanuvchi diskning har bir teshigi birin-ketin qo‘zg‘almas diskning teshiklari bilan ulanadi. Shuning uchun baraban bir marta aylanganida, filtrlash jarayonining hamma bosqichlari bajariladi. Birinchi bosqichda baraban seksiyalari vakuum-nasos bilan ulanadi va filtrat idishga tushadi.
Keyingi bosqichda baraban seksiyalari yuvuvchi suyuqlik bilan ulanadi va cho‘kma yuviladi. Oxirgi bosqichda baraban seksiyalari siqilgan havo trubalari bilan ulanib, cho‘kma quritiladi va filtrlash yuzasi tozalanadi. Bu turdagi filtrlaming ishchi yuzasi 5...150m3 bo’ladi. Kamchiliklari: filtrlash yuzasi katta bo’lgani uchun ko‘p joy egallaydi; filtrning narxi qimmat bo’ladi.
D iskli filtr. Bu filtrlar mayin dispers suspenziyalami ajratish uchun mo’ljallangan bo’lib, qo‘shimcha moddalar o‘tirindi qatlami bilan bosim ostida ishlaydi. Isitiladigan g’ilofli vertikal idish ko‘rinishiga ega bo’lgan diskli filtrlarda ishchi bosim - 0,5 MPa, g’ilof ichidagi bosim esa — 0,3 MPa. Filtr ichida g‘ovak o‘q 6 bo’lib unga metalldan yasalgan teshikli disk filtr element 7 lar o‘rnatilgan. Disklar, o‘z navbatida, polipropilen yoki boshqa filtr to‘qima bilan qoplanib, halqasimon qisqichlar yordamida mahkamlanadi. Diskli filtrlarda qisman quritilgan cho‘kmani markazdan qochma kuch yordamida to‘kish imkoniyati bor. Filtrlovchi disklar o‘rnatilgan ichi bo‘sh o‘q elektr yoki gidravlik yuritkich yordamida aylantiriladi. O‘qning aylanish chastotasi 250 min-1 bo‘lib, teflon salnik yordamida zichlanadi. Filtrlashdan aval suspenzatorda qo‘shimcha moddalardan tayyorlanadi va filtrlovchi elementlarga o‘tirindi cho‘kma hosil qilinadi. Buning uchun, filtrlovchi elementlarda 15...30 mm qalinlikda o‘tirindi cho‘kma paydo bo’lmaguncha, nasos yordamida tayyor suspenziya uzatiladi. Filtrat filtrlovchi diskdan o‘tib, g‘ovak o‘qdagi teshiklar orqali ichi bo‘sh o‘qqa tushadi va filtrdan suspenzatorga chiqariladi. Xuddi shu yo‘sinda suspenziya filtrlanadi. Jarayon tugagandan so‘ng, cho‘kma yuviladi va havo yordamida qisman quritiladi.


Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling