Islom karimov nomidagi toshkent davlat


Silvinitdan kaliy xlorid ishlab chiqarishning prinsipial sxemasi


Download 2.62 Mb.
bet6/11
Sana03.11.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1742051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Maxmudov J ATJ (2) (2)

Silvinitdan kaliy xlorid ishlab chiqarishning prinsipial sxemasi.
1 tonna kaliy xlorid (95% KCI) olish uchun 5 t atrofida silvinit (22% KCI), 1,6 Mj bug’ 90 Mj elektroenergiya, 9 m3 suv, 15 kg shartli yoqilg‘i (barabanli quritgichda), 180 g birlamchi aminlar, 12 g poliakrilamid sarf bo'ladi. 1 tonna mahsulot bilan birgalikda, tarkibida: 91-95% NaCl, 1,2- 3,5% KCI, 0,2% gacha MgCl2 0,6-2% CaSO4 va 4% gacha erimaydigan qoldiq bo'lgan 2,5 -3,5 tonna chiqindi (galit), 0,5 t tuproq va tuzli quyqum hosil bo'ladi. Galit chiqindisi bilan 5% gacha KCI yo'qotilishi mumkin. Ayniqsa, xom ashyo tarkibidagi +5 mm li fraksiya ko'paysa, quyqum bilan yana 3% atrofida KCI yo'qotiladi. KCI ning umumiy yo'qotilishi 8-10% ga yetib, ahsulot unumi 90-92% ni tashkil etadi. Agar KCI kristallanganidan so'ng , mayda kristallarni eritish uchun tuproqli quyqum yuvilgan suv ishlatilsa, natijada sirkulatsiyadagi suv miqdori oshadi va uning yuvilishi yaxshilanadi. Bunda mahsulot unumi 95-96% ga yetadi.Bunday usul 10% dan ortiq tuproqli quyqumi bo'lgan silvinit uchun ham yaroqlidir.Quyultirilgan quyqumda 75% gacha erimaydigan birikmalar bo'ladi.Bunda tindirilgan oqava suv yuvilgan rudani eritish uchun yuboriladi.
Lentali filtr. Bu filtr rom, uzatuvchi 1 va taranglovchi 6 barabanlardan hamda ikki baraban orasiga tortilgan teshikli, ma’lum uzunlikdagi rezina lenta 4 dan tarkib topgan. Teshikli rezina lenta ostida vakuum - kamera 3 bo‘lib, u pastki qismi bilan filtrat 8 va yuvuvchi suyuqlik chiqarish kollektorlari 9 bilan ulangan. Hosil qilinayotgan vakuum hisobiga lenta vakuum - kameraning tepa qismiga yopishib turadi.Filtr to‘qima esa, taranglovchi g‘ildirakchalar 7 yordamida cheksiz rezina lentaga siqib qo‘yiladi. Filtr to‘qimaga nov 5 dan suspenziya uzatiladi. Filtrat vakuum ostida kameralarga va kollektor orqali yig‘gichga yuboriladi. Hosil bo’lgan cho‘kmaga purkagich 2 dan yuvuvchi suv beriladi va kameralarga so‘rib olinib, so‘ng kollektor 9 orqali yig‘gich 10 ga chiqariladi. Uzatuvchi barabanda filtr to‘qima rezina lentadan ajraydi va yo‘naltiruvchi g‘ildirakchani aylanib o‘tadi. Shunda, cho‘kma filtr to‘qimadan sirpanib tushadi va cho‘kma yig‘gichga to‘kiladi. Filtr to‘qima ikkita g‘ildirakhgfkcha 7 lar orasidan o‘tguncha yuviladi, quritiladi va tozalanadi.


Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling