Islom karimov nomidagi toshkent davlat


Download 2.62 Mb.
bet9/11
Sana03.11.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1742051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Maxmudov J ATJ (2) (2)

Xulosa


Xulosa
Mineral o'g'itlar yoki sun’iy o'g'itlar. Ular sanoat — ishlab chiqarish yo'li: noorganik xomashyolami kimyoviy yoki mexanik qayta ishlash (masalan, agrokimyoviy rudalar - fosforitlar, kaliyli tuzlar, dolomitlar va hokazolarni maydalash) orqali tayyorlanadigan noorganik mahsulotlardan hosil qilinadi. Mineral o‘g‘itlar ekinning hosildorligini oshirishi bilan birgalikda mahsulotlar sifatini ham yaxshilaydi: dondagi oqsil va kartoshkadagi kraxmal miqdorlarini ko‘paytiradi, paxta tolasining pishiqligini oshiradi. Hosildorlikni oshirishdagi omillarni baholashda: AQSH da 50% gacha, Fransiyada 50-70% gacha qo‘shimcha hosil olish o‘g‘itlar hissasiga to‘g‘ri keladi. 0 ‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra, hosildorlikning oshirishdagi o‘g‘itlarning ulushi MDH mamlakatlarining qoratuproqli mintaqalarida 40-50% ga, noqoratuproqli mintaqalarida 60-75% ga, Markaziy Osiyoda, xususan, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi unumdor tuproqlarda 50-60% ga to‘g‘ri keladi. Kaliyli o'g'itlar konsentrlangan (kaliy xlorid, kaliy sulfat, kalimagneziya va boshqa) va yetilmagan tuzlar (silvinit, kainit) turlariga bo‘linadi. Suvda erimaydigan minerallar (nefelin, dala shpati) to‘g‘ridanto‘g‘ri o‘g‘it sifatida foydalanilmaydi, ular kaliyli o‘g‘itlar olish uchun xomashyo vazifasini o‘taydi. Kaliyli o’g’itlar odatda, fosforli yoki azot va fosforli oʻgʻitlar bilan birga ishlatiladi.
Kaliyning o'simlik hayotidagi ahamiyati quyidagi omillar bilan belgilanadi:
fotosintez, CO2 assimilyatsiya jarayonini kuchaytiradi
- fermentlarning faolligini uzoqroq saqlaydi
- oqsillarning hosil bo'lishiga yordam beradi
- madaniy o'simliklarni yetishtirishda azot samaradorligini oshiradi
- dukkakli ekinlarda azot fiksatsiyasini kuchaytiradi
- o'simliklar tomonidan suvdan yanada samarali foydalanishga yordam beradi
- qo'ziqorin kasalliklari bilan o'simliklarga zarar yetish darajasini pasaytiradi
- o'simliklarga radionuklidlarning tushishini kamaytiradi.
O’zbekistonda silivin ( KCl) Qashqadaryoning “ Dehqonobod Kaliy Zavodi”2011- yildan beri ishlab chiqariladi .

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling