Islom karimov nomidagi toshkent davlat


Asosiy qism Asosiy qism


Download 2.62 Mb.
bet3/11
Sana03.11.2023
Hajmi2.62 Mb.
#1742051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Maxmudov J ATJ (2) (2)

Asosiy qism


Asosiy qism
Suspenziya va changli gazlarni to’siqlar orqali o’tkazib tozalash jarayoni filtrlash deyiladi . Filtr to’siqlar zarrachalarni tutib qolib , suyuqlik yoki gazni o’tkazib yuborish qobilyatiga ega . Filtr to’siqlar sifatida mayda teshikli to’rlar , turli gazlamalar , sochiluvchan materiallar (qum , maydalangan ko’mir , bentonitlar) keramik buyumlar ishlatiladi. Filtr to’siqlar quyidagi talablarga javob berishi kerak :

  • Filtrlovchi material go’vaksimon tuzilishga ega bo’lib , g’ovaklarning o’lchami shunday bo’lishi kerakki , bunda cho’kma zarrachalari to’siqning ustida qolishi kerak.

  • Filtr muhit ta’siriga kimyoviy barqaror bo’lishi

  • Yuqori haroratga bardoshli bo’lishi .

Mexanik jihatdan mustahkam bo’lishi lozim .
Sanoatda filtrlash jarayonidan so’ng quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi :

  1. Cho’kmani yuvish.

  2. Cho’kmani oddiy havo (yoki inert gazlari) yordamida dudlash .

3.Cho’kmani issiq havo yordamida quritish .
Filtrlash jarayoni uch xil rejimda olib boriladi :

  1. Doimiy o’zgarmas bosimlar farqi bilan filtrlash (ΔP=const);

  2. Doimiy filtrlash tezligi bilan filtrlash (dV∕dτ=const)

  3. Bir vaqtning o’zida bosimlar farqi va filtrlash tezligi o’zgarib turgan hollarda filtrlash.

Barcha turdagi filtrlovchi qurilmalar filtrlash yuzasining harakatiga qarab ikki xil bo’ladi :
1.Harakatsiz filtrlash yuzasiga ega bo’lgan filtrlar (donasimon to’siqli filtrlar , ramali va kamerali filtr presslar ).
2. Harakatli filtrlash yuzasiga ega bo’lgan filtrlar (barabanli vacuum filtrlar , diskli va lentali filtrlar).
Bundan tashqari filtrlar ishlash rejimiga ko’ra davriy va uzluksiz ishlaydigan bo’ladi. Harakatsiz filtrlash yuzasiga ega bo’lgan filtrlar davriy ishlaydi. Harakatsiz filtrlash yuzasiga ega bo’lgan filtrlar esa uzluksiz ishlaydi. Filtr to’siqda hosil qiladigan bosimlar farqiga qarab, vakuum yoki ortiqcha bosim ostida ishlaydi. Bosim ostida ishlaydigan filtr bir necha turga , ya’ni gidrostatik bosim , nasos yoki kompressor yordamida hosil qilingan , vakuum va markazdan qochma kuch ta’sirida hosil bo’lgan bosimlarda ishlaydigan filtrlarga bo’linadi.Filtrlash jarayonini intensivlash
Xalq xo‘jaligida turli sanoatlar tayyor mahsulotining salmog’i ortib borishi va yuqori gidravlik qarshilikka ega cho‘kmalaming turi, miqdorining ko‘payishi, filtrlar ish unumdorligini oshirishni taqozo etadi. Bu muammoni hal etish uchun filtrlarning filtrlash yuzasi va jarayon tezligini oshirish yo’llari bilan erishish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi kunda barabanli vakuum - filtrlaming yuzasi 140 m , disklilarniki 300 m2, lentali filtrlamiki 25 m2 gacha yetkazilgan. Suspenziyalar ajratishda optimal sharoitlami yaratish uchun konstruktiv, texnologik va fizik - kimyoviy usullardan foydalaniladi. Konstruktiv guruh usullariga quyidagilar kiradi: filtrlash jarayonini avtomatlashtirish; reversiv (cho‘kma qalinligi kam bo’lganda), dinamik (cho‘kma uzluksiz yuvilib turiladigan hollarda), turli tarkibli (silindrik yuzalarda egrilik radiusi kichik cho‘kma qatlamlari hosil bo’lganda) va tebranma filtrlash. Texnologik guruh usullariga quyidagilar kiradi: cho‘kma qatlami, bosimlar farqi, suspenziya konsentratsiyalarining optimal qiymatlarini hamda uning tarkibidagi qattiq zarrachalami oldingan mayin va dag‘al dispers fraksiyalarga dastlabki klassifikatsiyalash. Fizik - kimyoviy guruh usullariga ega quyidagilar kiradi: cho‘kma solishtirma qarshiligini kamaytirish maqsadida suspenziyaga fizik - kimyoviy ta’sir etish. Ushbu tadbirlarni suspenziya olish jarayonida yoki undan keyin ham o‘tkazish mumkin. Birinchi holatda suspenziya hosil qilishda tegishli sharoitlami (temperatura, konsentratsiya va boshqalar) amalga oshirish maqsadida qattiq zarrachalar o’lchamini kattalashtirish, kristallik zarrachalar (amorf zarrachalar o‘rniga) olish imkoniyati va kolloid, yopishqoq aralashma hosil bo’lish oldini olish mumkin. Natijada ayrim suspenziya cho‘kmalarining solishtirma qarshiligi 10 va undan ortiq marta pasaytirilishi mumkin. Ikkinchi holatda, ya’ni suspenziyaga agregirlovchi yoki qo‘shimcha moddalar qo‘shish, suspenziya solishtirma qarshiligini keskin kamayishga olib keladi. Xulosa qilib aytganda, filtrlash jarayoni intensivligi va filtr qurilmaning ish unumdorligi filtrlash tezligiga bog’liqdir.
Gazlarni g’ovakli to’siqlarda tozalash. Filtrlovchi to‘siq turiga qarab egiluvchan, yarim qattiq, qattiq g‘ovak to‘siqli va donador qatlamli filtrlar bo’ladi. Yumshoq filtrlovchi to‘siqli filtrlarga yengli yoki qopli filtrlar kiradi va ular gazlami tozalash uchun keng miqyosda qo’llaniladi. Filtrlovchi to‘siq sifatida tabiiy, sintetik va mineral tolalar (to‘qima materiallar), g‘ovak listli materiallar (g‘ovakli rezina, penopoliuretan) va metall to‘qimalar ishlatiladi.
B atareyali yengli filtr. Bu turdagi qurilmalaming filtrlovchi elementi to‘qima materialdan yasaladi .
Filtrlovchi yeng va qoplar to’rtburchak shakldagi qobiq 3 ning umumiy romi 1 ga osilib qo’yiladi. Pastdan yuqoriga qarab harakat qilayot gaz changli gaz filtrlovchi yenglarning uchidagi ochiq teshikdan ichiga kiradi. So‘ng, silindr yenglarining yon tomon yuzasidan o‘tayotganida gaz tozalanib chiqib ketadi, qattiq zarrachalar esa yengning ichki devorida ushlanib qoladi. Foydalanish jarayonida chang qatlami ortib boradi va filtrning qarshiligi kattalashadi. Filtr yenglarini qayta tiklash uchun vaqti-vaqti bilan mexanizm 2 yordamida silkitib turish zarur. Shunda, yenglar yuzasida o‘tirib qolgan changlar to‘kiladi va shnek 5 yordamida tashqariga chiqariladi. Ba’zi bir hollarda yenglami qayta tiklash uchun filtr elementlar siqilgan havo yoki gaz yordamida qarama - qarshi yo‘nalishda puflab tozalanadi. Ba’zi hollarda seksiyali filtrlar ham ishlatiladi. Bunda har seksiya o‘zining silkituvchi mexanizmiga ega boladi. Bu esa filtr seksiyalami ketma-ket tozalash imkonini beradi, ya’ni filtr qurilmani to‘xtatmasdan filtr elementlarini qayta tiklash jarayonini amalga oshirsa bo‘ladi. Uzluksiz ishlaydigan yengli filtrlaming filtrlash tezligi 0,007...0,017m3/(m2/s) ga teng. Lekin filtrlovchi to‘qimalar uzluksiz ravishda qayta tiklanishi tufayli filtrlash tezligi 0,05...0,08 m3/(m2/s) gacha ortadi. Eng keng tarqalgan yengli filtrlaming gidravlik qarshiligi 1,5...2,5 kN/m2 (150...250 mm. suv ust.). Filtr elementlarining balandligi 600.. 1200 mm, chuqurligi 300...500 mm va qalinligi 25...50 mm bo‘lishi mumkin. Filtr to‘qimalarda asos (diametri 300...700 mkm) va iplar orasida teshiklar 100...200 mkm ni tashkil etadi.

Filtr to‘qimalarda asos (diametri 300...700 mkm) va iplar orasida teshiklar 100...200 mkm ni tashkil etadi. 3.23a-rasmdan ko‘rinib turibdiki, matoning tuzilishi bir xil emas. Undan tashqari, ipning tuklari teshiklar ustini berkitib turibdi. Agar yengli filtrlardan to‘g‘ri foydalanilsa, gazlarni mayin, dispers changlardan tozalash darajasi 98....99% ni tashkil etadi. Yenglar tabiiy, sintetik va mineral materiallardan tayyorlanadi. Masalan, 80°C dan past temperaturalarda paxta, bo‘zdan, 110°C dan past temperaturalarda jundan, 130...140°C da poliamid, polietilen, poliakrilnitril tolalaridan, 275°C gacha politetraftoretilen va ftoroplastdan, 400°C gacha shisha tolalaridan yasalgan filtrlovchi yenglar ishlatiladi. Kamchiliklari: yenglar tez ishdan chiqadi va kanallari to‘lib qoladi; yuqori temperaturali va nam gazlarni tozalash mumkin emas. Filtr to‘qimalarni regeneratsiya qilishning asosan 2 ta usuli mavjud: 1) Filtr elementlami qoqish - mexanik, aerodinamik, ya’ni tebratish yoki oqimlar harakat yo‘nalishlarini keskin o‘zgartirish, tovush tebranishlarini ta’sir ettirish yo‘li bilan va hokazo. 2) Filtrli elementlarni teskari havo yoki tozalangan gaz yordamida puflash - har bir yengni alohida puflash, atmosfera havosini so‘rib olish, katta hajmdagi gazlarni seksiyaga yuborish yo’li bilan va h.k. Ko‘pchilik yenglarni qoqishda ikkala usul bir paytning o‘zida aerodinamik ta’sirdan foydalanib qo‘llaniladi .Bunda Venturi trubasi ko‘rinishidagi ejektor orqali filtrlovchi element ichiga siqilgan havo impulsli yuboriladi.


Yarim qattiq, filtrlovchi to‘siqli filtrlar kassetalardan tarkib topgan bo’ladi. Gaz tarkibidagi qattiq zarrachalami ushlab qolish uchun kassetada ikkita to‘r orasida shisha tolalar, metall qirindi yoki boshqa materiallar qatlami joylashtirilgan bo‘ladi. Seksiyalarga biriktirilgan kassetalar past konsentratsiyali 0,001...0,005 g/m3 changlarni tozalash uchun mo’ljallangan. Qattiq filtrlovchi to‘siqli filtrlar odatda changli gazlarni mayin tozalash uchun ishlatiladi. Filtrlovchi to‘siqlar g‘ovakli keramika, presslangan yoki qizdirib biriktirilgan kukunlar hamda plastmassalardan yasalishi mumkin.
S ilindrik filtrlovchi elementli, patronli filtrlar. Temperaturasi yuqori bo’lgan changli gazlarni tozalash uchun qo’laniladi. Bu qurilmalaming filtrlovchi elementi g‘ovakli qilib metallokeramikadan yasaladi va ular patronlar deb nomlanadi (3.33-rasm). Filtrlovchi elementlar silindrik halqasimon yoki tekis shaklda bo’lishi mumkin.Patronli filtrlovchi elementlar qattiqligi,yuqori mexanik mustahkamligi, kimyoviy va temperaturaning keskin ko’tarilishiga chidamliyligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ushbu filtirlovchi elementlar agressiv va issiq changlarni tozalash uchun ishlatiladi.
Donador qatlamli filtrlar. Bunday filtrlarda davriy, qo‘zg‘almas yoki uzluksiz harakatdagi filtrlovchi qatlam sifatida maydalangan koks, kvars qum, shlak, shag‘al va boshqa materiallar qo’lIanishi mumkin. Filtrlovchi qatlam panjara yoki to‘r orasidagi seksiyada, gorizontal yoki vertikal holatda o‘rnatilishi mumkin.
Turli jinsli gaz aralashmalarini elektr maydon ta’sirida ajratish elektrodlarda amalga oshiriladi. Chang va tutunlami tozalash uchun quruq, tumanlami tozalash uchun esa ho‘l elektrofiltrlar qo‘llaniladi.
Oddiy elektrofiltr - ikkita elektroddan iborat bo’lib, bittasi - anod- truba yoki plastina, ikkinchisi esa - katod - sim ko‘rinishida tayyorlanadi. Katod - sim truba ichiga yoki plastina anodlar orasiga tortiladi. Anodlar har doim yerga ulanadi. Elektrodlar o‘zgarmas tok manbasiga ulanganda 4...6 kV/sm ga teng potensiallar farqi hosil bo‘ladi. Bu qiymat katodning 1 m uzunligida 0,05...0,5 mA tok zichligini ta’minlaydi. Gazli aralashma trubali-elektrod ichiga yoki plastinalar orasiga uzatiladi. Elektrodlardagi yuqori potensiallar farqi va elektr maydonining turli jinsliligi tufayli manfiy elektrod-katod atrofidagi gaz qatlamida anodga qarab yo'nalgan elektronlar oqimi hosil bo’ladi. Natijada gaz neytral molekulalarining elektronlar bilan to‘qnashuvi tufayli gaz ionizatsiyaga uchraydi. Ionizatsiya o‘z navbatida gazni musbat va manfiy ionlar ajralishiga olib keladi. Musbat ionlar katod, manfiylari esa katta tezlikda anod tomon harakat qiladi. Odatda, chang va tuman zarrachalari anodga cho‘kadi va uni cho‘kma qatlami bilan qoplaydi. Elektr maydoni ta’sirida cho‘ktirish tezligi sekundiga bir necha santimetrdan bir necha o‘nlab santimetrgacha oraliqda bo’ladi. Cho‘ktirish tezligi zarracha o’lchami va gazning gidravlik qarshiligiga bog’liq.
Trubali elektrofiltrlar. Chang va tutun gazlari qurilmaning pastki qismi bo’lmish elektrodlar mahkamlangan teshikli panjara (6) tagiga uzatiladi va trubali elektrod anod)lar ichiga taqsimlanadi.

Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling