Islom madaniyati poytaxti


Download 0.65 Mb.
bet1/2
Sana06.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1331606
  1   2
Bog'liq
2007-yil Toshkent – “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishining mazmuni va mohiyati2



2007-yil Toshkent – “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishining mazmuni va mohiyati.



  1. REJA:

  2. Toshkent – qadimiy tarixiy asoslarga ega shahardir

  3. 2007 yilda ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti

  4. Toshkent shahriga “Islom madaniyati poytaxti” maqomi berilishi

Fan, madaniyat va ta’lim bo`yicha xalqaro islom tashkiloti 2007 yilda Toshkentni Islom poytaxti sifatida e`lon qilgan. Bu voqea O`zbekiston matbuotida keng yoritildi. Toshkentda islom mavzusiga oid bir necha xalqaro konferensiyalar o`tkazildi.


Mutaxassislar fikriga ko`ra, islom tarixi, madaniyati va taraqqiyoti haqida gapirilganda Imom al Buxoriy, Naqshbandiy, Ahmad Yassaviy va shu kabi ko`plab allomalar yaratgan qomusiy ishlarni e’tirof etmasdan bo`lmaydi.
Tarixan Turkiston tuprog`i islom dunyosining shakllanishi va taraqqiyotida o`ta muhim o’rin tutgan.
Biroq mustaqillikdan keyin, deydi kuzatuvchilar, aholi e`tiborini qozongan islom peshvolari jamiyatdan chetlatilib, ba’zan izsiz yo`qolib ketmoqda.
Hukumat nazarida O`zbekistonda diniy ekstremizm tahdidi kuchli. Yuzlab fuqarolar ekstremistik faoliyati uchun qamoqqa tashlangan.
Toshkentdagi masjidda nomozxonlardan biri diniy ekstremizm tahdidi yo’qligini O`zbekiston aholisi yaxshi tushunib qolgan deb hisoblaydi. Qaysi yo`l to`g’riligi farqiga borib bo`lgan, hozir asosiy tahdid missionerlar, deydi u.
Huquq himoyachisI Azam Turg`unovning so’zlariga qaraganda, diniy ekstremizm bo`yicha ayblanib, jazo muddatini o`tab chiqqan kishilar ustidan qayta jinoiy ish qo`zg`atish harakatlari kuzatilmoqda.
“O`zbekistonda “Hizbut tahrir” faoliyati deyarli yo’qolib ketgan. Hozir eski, 4-5 yil avvalgi ishlar bo`yicha odamlarni yana qamash boshlangan. Mana yaqinda besh ayolni 4-5 yil avvalgi ish uchun qamashdi. Oldin varaqa tarqatgani haqidagi vajlar ko`rsatilayotgan bo`lsa, hozir hech qanday isbot-dalil keltirilmaydi. Hech bir dalillarsiz qamoqqa olinaveradi”, - deydi A’zam Turg`unov.
Huquq himoyachilaridan biri Surat Ikromov diniy ekstremizm bo`yicha sudlar yopiq o’tishi bois bu jarayonlarga xolis baho berib bo`lmaydi deydi.
Ayrim ekspertlar diniy ekstremizm aynan hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatdagi layoqatsizligi, shuningdek, so`z va fikr erkinligi cheklangan jamiyat vujudga kelganidan ham oziqlanadi.
Toshkent shahrining mamlakatimiz poytaxti sifatidagi konstitutsiyaviy huquqiy maqomi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 6 moddasida “O‘zbekiston Respublikasining poytaxti - Toshkent shahri” deya tarif berilgan. Ushbu modda Toshkent shahrini mamlakatimizning poytaxti sifatidagi huquqiy maqomini mustahkamlab beradi.
Mustaqillikning 26 yili mobaynida butun mamlakatning hamda poytaxt Toshkentning qiyofasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2016 yilning 24 noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvida mamlakatimiz birinchi Prezidenti tomonidan Toshkentni Vatanimizning yuragi va oltin ostonasi deb ta’riflaganlari, u kishining “Toshkent timsolida O‘zbekistonni, O‘zbekiston timsolida Toshkentni ko‘ramiz” degan so‘zlariga e’tibor qaratar ekanlar, “Toshkent – Sharq darvozasi”, “Toshkent – tinchlik va do‘stlik shahri”, degan ta’riflar yoniga keyingi yillarda “Toshkent – Islom madaniyati poytaxti”, “Toshkent – yashash uchun eng qulay shahar” degan e’tiroflar qo‘shilganini hamda buni nainki xalqimiz, ayni vaqtda dunyo ahli ham tan olmoqda deya ta’kiblab o‘tdilar (1) .
Darhaqiqat, mustaqil davlat poytaxti azim Toshkent mamlakatda olib borilayotgan tub siyosiy va iqtisodiy islohotlarning markazi bo‘lib qoldi. Mustaqillik yillarida poytaxtimizning har jabhada yurtimiz markazi sifatidagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan ulkan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Xalqaro savdo ko‘rgazma majmuasi (1998 yil) qurib bitkazildi. U “Interkontinental” mehmonxonasi (1998 yil) va bir yil keyin qurilgan O‘zbekiston Tashqi Iqtisodiy faoliyat Milliy banki, xalqaro Biznes markazi hamda “Toshkent Plaza” savdo markazidan tashkil topgan. Bu me’moriy ansambl O‘zbekiston poytaxtining zamonaviy diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘lib qoldi. Uning shimol tomoniga hozirgi zamon talablariga javob beruvchi Bolalar bog‘i va “Akvapark” (1995 yil) joylashgan. Shoh ko‘chada 1997 yil tennis kortlari va usti yopiq suv havzalari bo‘lgan noyob sport majmuasi paydo bo‘ldi. U yerda nufuzli xalqaro va respublika musobaqalari o‘tkaziladi. Shoh ko‘cha uzra balandligi 375 metrlik teleminora bo‘y cho‘zgan. Unda tomosha maydonchalari va restoran mavjud (2) .
Zamonaviy ko‘priklar va yo‘llar, transport katnaydigan ostki va ustki inshootlar estakadalar hamda qulay o‘tish yo‘laklari ishga tushirildi. Yaqin yillarda barpo etilgan, shaharning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan “Poytaxt” biznes markazi, “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi, O‘zbekiston MTRK Media markazi va ko‘plab muhtasham mehmonxonalar faoliyat yuritmoqda.
Qurilgan inshootlar siyosiy va iqtisodiy, ijtimoiy sohani rivojlantirishda nafaqat mamlakatimiz uchun, balki qo‘shni davlatlar hamda xorijiy davlatlar uchun ham markaz vazifasini o‘tamoqda.
Ko‘p davlatlarda, odatda, davlat hokimiyati va oliy organlari, markaziy tashkilotlari, xorijiy davlatlar elchixonalari mamlakat poytaxtida joylashgan. Shu qatorda, O‘zbekistonning iqtisodiy, tarixiy va madaniy markazi hisoblangan Toshkent shahrida ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorgohi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, qo‘mitalar sud hokimiyatining yuqori organlari, turli sohadagi davlat va nodavlat tashkilotlar markazlari, shuningdek, ko‘plab xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari mavjud.
Toshkent – qadimiy tarixiy asoslarga ega shahardir. Shahar 2200 yillik davrda shakllanib, rivojlanib taraqqiy etgan. Toshkent to‘g‘risidagi tarixiy ma’lumotlar yunon olimlari asarlarida, xitoy manbalarida shahar sifatida e’tirof etilgan. Milodiy IV asrlarda Toshkent hududi Choch va Iloq davlati hududlari tarkibiga kirgan. Tarixiy yozma manbalarda Choch, Shosh, Shoshkent deb yuritilgan.
Toshkentning barcha yutuqlari bu O‘zbekistonning har tomonlama taraqqiy etganligining munosib ko‘rsatkichidir. Shularni inobatga olib, 2009 yil mamlakatimizda poytaxtimizning 2200 yilligi keng nishonlandi.
Yillar davomida Toshkentning xalqaro obro‘-e’tibori ancha o‘sdi. Bu yerda 40 dan ortik elchixona ochilgan, boshqa diplomatik missiyalar, ko‘plab obro‘li xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatadi. Toshkent Sietl (AQSH), Marokash (Marokash) singari xorij shaharlari bilan birodarlashgan. Bu yerda Markaziy Osiyo davlatlari, MDH mamlakatlari boshliqlarining uchrashuvlari muntazam o‘tib turadi. Turli xalkaro simpoziumlar, syezdlar, seminarlar tez-tez o‘tkaziladi. 1998 yil Toshkent shahrida YUNЕSKO Ijroiya qo‘mitasining 155 sessiyasi bo‘lib o‘tdi. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda barqarorlikni saqlab turishda va doimiy iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining ahamiyati katta bo‘lmokda. Toshkentda faoliyat ko‘rsatib turgan SHHTning Mintaqaviy antiterror tuzilmasi terrorizm, diniy ekstremizm va ayirmachilikka qarshi kurash mexanizmining samarali bo‘g‘ini bo‘lib qoldi. (3)
2007 yilda ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni islom madaniyati poytaxti, deb e’lon qilishi mamlakatimizda islom madaniyati va ma’naviy qadriyatlarni tiklash hamda saqlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar natijalarining xalqaro miqyosdagi yana bir e’tirofidir (4) .
O‘zbekiston poytaxtida temir yo‘l vokzallari, xalqaro aeroportlar, avtovokzallar va avtostansiyalar mavjud bo‘lib, bulardan “I.Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti muhim ahamiyatga ega. Bu yerdan dunyoning ko‘plab davlatlariga reyslar amalga oshiriladi.
Poytaxtdan muhim avtomobil yo‘llari boshlanadi. Ular orasida eng yiriklari Katta O‘zbekiston trakti va Toshkent halqa yo‘lidir. Shahar aholisi va poytaxt mexmonlariga qator transportlar: avtobuslar, mikroavtobuslar, taksi va metro xizmat qiladi. Jamoat transporti parki asosan jahonning yetakchi kompaniyalari ishlab chiqargan yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan zamonaviy avtomobillardan tashkil topgan. O‘rta Osiyoda yagona Toshkent metropoliteni uchta: “Chilonzor”, “O‘zbekiston”, “Yunusobod” yo‘nalishlarini tashkil etadi.
Toshkent O‘rta osiyoda aholisi soni ko‘p bo‘lgan shaharlar qatoriga kiradi. Ma’muriy-hududiy bo‘linishi bo‘yicha 11 ta tumandan iboratbo‘lib, umumiy maydoni 334,8 kilometr kvadratni tashkil etadi. Axoli soni esa 2,4 milliondan oshadi.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, madaniy markazi hisoblangan Toshkent Konstitutsiyada o‘zining huquqiy jihatdan ahamiyatini namoyon qilgan. Poytaxt maqomini Konstitutsiyada mustahkamlanishi Toshkentning ma’muriy markaz sifatidagi o‘rnini belgilab beradi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling