Islom moliya bankining O’zbekistonga kirib kelishi


Download 33.49 Kb.
bet3/4
Sana23.11.2023
Hajmi33.49 Kb.
#1795833
1   2   3   4
Bog'liq
Islom moliya bankining O

Asosiy qism;
Taraqqiyotning yuqori darajasiga chiqayotgan davrda bank va moliya sohalari hayotimizda juda muhim bo‘lgan rolni o‘ynamoqda. Mamlakatimizda ham aholining asosiy qismi, ya‘ni 89 foizdan ortig‘i musulmonlardan iborat ekanligini e‘tiborga olsak, Islom moliyasi xizmatlarining joriy etilishi va rivojlanishi xalqimizning moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 20 apreldagi “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida” O‘RQ-765-son qonunining qabul qilinishi va bu qonunga asosan islom moliya xizmatlarining nobank moliya muassasalarida joriy etilishi bu boradagi amalga oshirilayotgan islohotlardan biri hisoblanadi.Islom iqtisodiyotining tarkibiy qismi bo‘lgan islomiy moliya tizimi haqida fikr yuritilar ekan, so‘z an‘anaviy nuqtai nazardagi moliya tizimi haqida emas, balki islomiy moliyaviy muassasa va vositalarning uyg‘unligi talqinidagi tizim haqida borayotganini nazarda tutish kerak bo‘ladi. An‘anaviy tushunchadagi moliya sohasi haqida so‘z yuritishning yanglishligi shundaki, jahonda faqat bir mamlakat –Sudanda moliyaviy sektor butkul islomiylashtirilgan. Aksariyat mamlakatlarda islomiy moliya tashkilotlari mavjud an‘anaviy tizimning bir bo‘lagi hisoblanadi. So‘nggi yillarda Islom moliya tizimi tushunchasi ko‘plab mamlakatlar moliyachilarining so‘z boyligidan mustahkam o‘rin oldi. Darhaqiqat, turli mamlakatlarda, hattoki aksariyat aholisi islom diniga mansub bo‘lmagan davlatlarda ham, jumladan AQSh va Buyuk Britaniyada, ushbu moliyaviy institut an’anaviy bank xizmatlariga muqobil moliyalash tizimi sifatida doimiy rivojlanmoqda. Shuning uchun islom bankchiligini o‘rganish global iqtisodiyotda muhim mavzu hisoblanadi. An‘anaviy bank tizimiga muqobil moliyalash shakllari mavjudligini bilish qiziqarli va foydalidir. Avvalo biz islomiy bankning mohiyatini va asosiy maqsad vazifalarini bilib olishimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu bankning asosiy ish faoliyati xuddi boshqa banklarnikidek bir xildir. Faqatgina bunday iste‘molchilar uchun kreditlarni ya‘ni pullarni foizga bermaydilar. Aksincha ular foizsiz ish faoliyat olib boradilar. Asosiy vazifalari esa quyidagilardan iboratdir: Islomiy moliyaning tuzilishi qarzdan olingan har qanday daromadni (ribo) taqiqlash va daromadning qonuniyligi atrofida aylanadi. Ribo -qarzdordan mukofot sifatida olinadigan o‘sishdir. Bu pulni pulga almashtirish yoki to‘lovni kechiktirish hisobiga ssuda qarzlarni sotish bo‘yicha kelishilgan narxga qo‘shish bilan bog'liq operatsiyalar bo‘yicha daromadni anglatadi. Iqtisodiyotda nomutanosiblik keltirib chiqaradiganligi sababli shariat buni man qilgan. Chunki foizlarni to‘lash bilan bog‘liq barcha operatsiyalar qat‘iyan man etiladi:Mamlakatimiz Islom taraqqiyot bankiga (ITB) a‘zo boʻlgan davlatlar qatorida ham mavjuddir. Ushbu qisqa muddatli hamkorlik davomida ITB guruhining Oʻzbekistondagi portfeli koʻp jihatdan mamlakat bilan faol hamkorlik tufayli jiddiy miqdorda oʻsdi. Bu esa Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyaviy dasturlari qator ustuvor milliy loyihalarining moliyalanishi ma‘qullanishida namoyon boʻldi. Ayni paytda ITBning Oʻzbekistondagi portfeli Markaziy Osiyo hududida eng yirik (1,8mlrd. dollardan ziyod) hisoblanadi . Shuningdek, bugungi kunda bankning Infin bank Aloqa bank, Asia Alliance bank va Turon bank bilan hamkorlikdagi jami 30 million AQSh dollarlik moliyalashtirish liniyalari mavjud. XISMK tomonidan esa, Asia Alliance Bank, Kapitalbank, O‘zsanoatqurilishbank va Trastbankga jami 32 million AQSh dollarlik moliyalashtirish liniyalari va Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armaga 50 mln. AQSh dollari ajratilgan. Shariat qoidalari asosida moliyalashtirishning an‘anaviy moliyalashtirishdan asosiy farqiga to‘xtaladigan bo‘lsak, farqi shundan iboratki, islomiy moliya foyda va zararni boʻlishish hamda real aktivlarga asoslangan moliyalashtirishni oʻzida namoyon qiladi. Islomiy moliyalashtirish sherikchilikka, hamkorlikka asoslangan. Unda islomiy banklar mijoz talabi boʻyicha obyektni qurib berishi, asbob-uskunalar, tovar, xom-ashyolar sotib olib berishi yoki ularni ijaraga berishi mumkin. Moliyalashtirish asosida savdo amaliyoti yotadi. Pul muomala vositasi sifatida koʻriladi, ya‘ni pulni oʻzini foizga yoki biron-bir naf foyda evaziga qarz sifatida berish taqiqlanadi. Ijara yoki islomiy lizingni unga muqobil boʻlgan an‘anaviy lizingga avtomobil sotib olishni solishtiradigan boʻlsak, an‘anaviy bank avval siz bilan lizing shartnomasini tuzadi, keyin 25% yoki bankni ixtiyoriga qarab boshqa miqdorda oldindan toʻlov oladi, keyin mijoz salon bilan avtomobil oldi-sotdi shartnomasiga asosan toʻlovni amalga oshiradi. Keyin yillik 25% (misol tariqasida) miqdorida ustama haqini hisoblab, sizga 3 yilga bir xil toʻlovda oyma-oy toʻlash jadvalini taqdim etadi. Toʻlov kechikadiganboʻlsa, unga nisbatan jarima sifatida komissiya undiriladi va u foydaga kiritiladi. Islomiy bank esa sizning talabingizga asosan salon bilan avtomobil oldi-sotdi shartnomasini imzolaydi, toʻlovlarni amalga oshiradi, keyin uni sizga ustiga foydasini qoʻygan holda maʼlum bir muddatga egalik huquqini oxirida oʻtkazib berish sharti bilan ijaraga beradi. Toʻlov kechikkan holda jarima olish taqiqlanadi, lekin bu holatni suiisteʼmol qilmaslik uchun intizomiy chora sifatida shartnomaga qoʻshishga ruxsat etilgan. Biroq an‘anaviy bank tizimidan farqli oʻlaroq bu jarima qoʻllanilgan holatda u foydaga olinmaydi va xayrehsonga ishlatib yuboriladi. Koʻrinib turganidek, birinchi holatda an‘anaviy bank sizga pulni foizga beryapti, ikkinchi holatda esa bank sizga oʻz mulkini ijaraga berish orqali foyda qilyapti. O‘zbekistonda islom moliya xizmatlari yoʻnalishining keng joriy etilishi mamlakat uchun quyidagi imkoniyatlarni ochishiga ishonamiz:Chetdan kelayotgan investitsiyalar hajmini oshirish va diversifikatsiyalash;Bank faoliyatida halol va shaffof raqobat muhitini yaratish va bank tizimi aktivlarini diversifikatsiyalash imkoniyatini yaratish;Biznes vakillari va aholi ixtiyorida bo‘lgan bo‘sh pul mablag‘larining iqtisodiyot rivojlanishida maksimal ishtirokini ta’minlash;Mamlakatda kapital bozorini rivojlantirish va diversifikatsiyalash;Bir qator yangi ish o‘rinlari yaratish;Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish orqali, moliya bozoridagi faolligini ko‘tarish; Islom moliya xizmatlari industriyasini rivojlantirish orqali mamlakatda infratuzilmani joriy etish va yangilash;Zamonaviy moliyaviy muassasalar tashkil qilish;Kambag‘allikka qarshi kurashish dasturlarini amalga oshirishga hissa qo‘shish;Yangi yo‘nalishda kadrlar tayyorlash dasturini yaratish.Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz Islomiy Taraqqiyot Banklarga juda ham ehtiyoj ekanligini va bunday banklarni kelasi yaqin yillarda O’zbekistonda tashkil etilishini hukumatimizdan va Markaziy bankdan kutib qolamiz. Va albatta, biz ishonamizki, bunday banklar yurtimizda oʻz ish faoliyatini boshlaydi. Agarda bunday banklar Oʻzbekistonda ish faoliyatini boshlasa, u holda Islomiy bank tamoyillari aholi jamgʻarmalarini bank tizimiga jalb qilishga yordam berishidagi asosiy narsa, Islomiy bankning mudoraba (investitsiya)depoziti sheriklar oʻrtasida foyda taqsimlanishi boʻlib qoladi va moliyaviy munosabatlarda ijtimoiy adolatga asoslangan hamkorlikning yaqqol namunasi darajasiga chiqadi. Aynan shu tamoyilning oʻzi aholi jamgʻarmalarini islomiy banklarga, biron bir loyihaga pul qoʻyishi va bundan foyda olishi uchun turtki boʻlib xizmat qiladi, deb oʻylayman. Bundan tashqari, islomiy banklarning moliyalashtirish mexanizm-laridan kelib chiqib, shuni taʼkidlash kerakki, aholining moliyalashtirishga muhtoj qatlami ham mablagʻgaega boʻlib, undan foyda olishni koʻzlayotgan tomon ham birdek manfaatdordir. Qo’shimcha qiladigan bo’lsam, hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan banklarimiz islom dinimizga to’g’ri keladi deb ham ayta olmaymiz. Islom dini tomonidan aytadigan boʻlsak, banklarning olib borayotgan ish jarayonlari sudxoʻrlikdan ya’ni pulni foizga berishdan iboratdir. Sudxoʻrlik esa muqaddas dinimizda qat’iyan taqiqlangan.

Xulosa; Islom moliyasining afzal tomonlaridan biri inqiroz davrlarida zararni faqat bir tarafga ilib qo‘ymasdan, boshqa tomonlar bilan bo‘lishishidir. Aslida bu tizim yangi paydo bo‘lgan emas, balki o‘ziga qadar mavjud bo‘lgan moliyaviy jarayonlarning xatosini to‘g‘rilagan xolos, deydi Madina Islom universiteti magistranti Mahmud Usmon. Huquqshunos Husayn Rajabov esa jahon tajribasida Islomiy banklar diniy tashkilot emas, balki an’anaviy moliya tizimning muqobili sifatida ko‘rilishini bildirdi.


O‘zbekistonda so‘nggi yillar Islom moliyaviy muassasalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar qilinmoqda. Xususan, banklarda islomiy darchalar va mikromoliya tashkilotlari ochilmoqda. Bundan tashqari, Islomiy banklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zamin bo‘ladigan qonunchilik ishlab chiqilmoqda. Quvonarli tarafi, bunday ishlar prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanib, soha rivoji uchun alohida e’tibor ajratilmoqda.

Download 33.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling