Islom nurli ma`rifat dini reja Kirish


Imom Abu Hanifa va hanafiylik mazhabi


Download 49.87 Kb.
bet3/4
Sana06.11.2023
Hajmi49.87 Kb.
#1751916
1   2   3   4
Bog'liq
ISLOM NURLI MA`RIFAT DINI

Imom Abu Hanifa va hanafiylik mazhabi. Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa Nu’mon ibn Sobit (699-767) bo‘lib, «Imomi A’zam», ya’ni eng buyuk imom laqabi bilan mashhur bo‘lgan. Mazkur mujtahid olim Kufa shahrida tug‘ilib shu erda vafot etgan.

Bu olim sunniy mazhablar asoschilari orasida yoshi eng kattasi hisoblanadi. Rivoyatlarga ko‘ra Abu Hanifaning bobosi o‘g‘li Sobitni sahobiy Ali oldiga olib kelib, uning haqiga duo qilishlarini so‘raydi. Hazrat Ali Sobitni o‘zi va zurriyotiga barakot so‘rab duo qiladilar. Sobitning zurriyotidan o‘g‘li Abu Hanifa katta shuhrat qozondi. Imom Abu Hanifa otasining kasbi Kufada ipak va jun mato tijorati bilan shug‘ullangan.
Imom A’zam yoshligidan Qur’onni yodlaydi. Ma’lum vaqt savdo ishlari bilan shug‘ullanib yurgan. SHu orada Kufa va uning atrofida e’tiqodiy bahs-munozaralarda faol ishtirok etib borgan. Bir kuni ko‘chada imom SHa’biyning yonidan o‘tib ketayotganida, oldiga chaqirib, qaerga ketayotganini so‘raydi. U bozorga ketayotganini aytganda, men sendan uni emas, balki qaysi olimning darsiga borayapsan deb so‘raydi. Imom A’zam hech birining oldiga bormayapman, degandan so‘ng, imom SHa’biy shunday deydi: «Ilm va ulamolar bilan ko‘rishib turgin. Seni nihoyatda zukko va ilmga tashnaligingni ko‘ryapman». SHa’biyning bu gapiga kirib, Abu Hanifa ilm yo‘lini tanlaydi.
Abu Hanifa Umaviylar va Abbosiylarning siyosiy kurashlari, hokimiyat bir suloladan boshqasiga o‘tgan davrda yashagan bo‘lsa ham qo‘liga qurol olib ikki tomonning siyosatiga aralashmadi, balki o‘z ilmini oshirish va tarqatishga harakat qildi. Bu davrda aqidaviy oqimlar orasida kurashlar ancha qizigan. Olim bu kurashlarni kuzatib borgani tabiiy. Ibn Bazzozning rivoyatiga ko‘ra imom Abu Hanifa o‘g‘li Hammodga shunday degan: «Bizlar munozara qilgan vaqtda suhbatdoshimizning haq va to‘g‘ri yo‘lgan chiqib ketishidan qo‘rqar edik, lekin sizlar munozara vaqtida raqibingizni haq yo‘ldan chiqishini istaysizlar. Har kim o‘z suhbatdoshini haq yo‘ldan og‘dirmoqchi bo‘lsa, uni kufr tomonga yo‘llaydi, lekin uning o‘zi suhbatdoshidan oldinroq kufr yo‘liga o‘tgan bo‘ladi».
Xulosa
Xulosa o`rnida hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa alohida muayyan mavzuga oid kitob yozmagan. Balki u rivoyat qilgan hadislarni, aytgan fatvolarini keyinchalik olimlar kitob holatiga keltirganlar. Jumladan, «al-Fiqh al-akbar», «al-Olim va-l-mutaallim», «al-Vasiyya» va «al-Musnad» va boshqalar. U dunyo ishlari va mansabga qiziqmagan. Xalifa unga bosh qozilik (qozi al-quzot) mansabiga taklif qilganda rad etgan. SHunday bo‘lsada, eng katta shogirdi imom Abu YUsuf «qozi al-quzzot» lavozimida faoliyat yuritib, hanafiylik mazhabining yanada keng yoyilishiga xizmat qilgan. Imom Muhammad hanafiy mazhabining nazariy asoslarini ishlab chiqib, o‘z asarlarida keltirib o‘tadi. Ushbu mazhab sunniy musulmonlar orasida keng tarqalgan, ya’ni 47% sunniy musulmon shu mazhabga amal qiladi. Tarixda uning juda ko‘p davlatlardagi asosiy mazhab sifatida e’tirof etilishi jamiyat ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida qo‘llanishi, milliy urf-odatlarga bag‘rikengligi, turli mintaqalardagi shart-sharoitlarga mos kelishi hamda boshqa omillar sababli uning ko‘p musulmon xalqlari tomonidan qabul qilinishiga sabab bo‘lgan. Uning keng miqyosda tarqalish sabablardan biri barcha mintaqalarda yashayotgan musulmonlarga chiqarilgan hukmlari oson amal qilishiga imkon bergan. O‘zbekiston hududida hanafiylik mazhabi buxorolik olim Abu Hafs Kabir harakati natijasida keng tarqalgan va shu mintaqa aholisi mazkur mazhabga amal qilib kelmoqda.


Download 49.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling