Islom qadriyatlari. Diniy mutassiblik va dindorlik reja: Islom dini paydo bo’lishidagi ijtimoiy sharoit. Islom asoslari


Download 82.87 Kb.
bet11/11
Sana08.06.2023
Hajmi82.87 Kb.
#1465607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-Mavzu

Diniy ekstremizm - baʼzi diniy tashkilotlar yoki ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati. D. e. koʻpchilik dinlarda mavjud boʻlib, uning tarafdorlari oʻz oldiga siyosiy maqsadlarni qoʻyadi. Islom ekstremizmining aqidasiga koʻra, birinchidan, goʻyo barcha hozirgi zamon musulmon jamoalari islomiy tuslarini yoʻqotganlar va "johiliya" asri jamiyatlariga aylanganlar. Bunday yondashuv hukumat va uning olib borayotgan siyosatini keskin tanqid qilish uchun "asos" boʻlib xizmat qiladi. Ikkinchidan, goʻyo faqat "haqiqiy" musulmonlar hokimiyatga kelgach, barpo boʻlajak "islomiy tartib"ni urnatish uchun keskin va agressiv harakat qilmoqlari lozim. Bunday harakatning konunga muvofiqligi masalasi ular tomonidan umuman oʻrtaga qoʻyilmaydi, zero, ular fakat shariatga (bu ham ularning tor talqinida) tayanib ish koʻradilar va oʻzlarini islomdan chekingan hokimni agʻdarishga guyo haqli deb biladilar. Islom ekstremizmining "nozik" tomoni uning "din"ga (haqiqiy dinga emas) asoslanganidadir. Guruh rahbarlari oʻz qoʻl ostidagi aʼzolarining ongiga shu darajada taʼsir oʻtkazadilarki, ular hatto oʻzlarini qurbon qilishga, muayyan maqsad yoʻlida "shahid" yoki "kamikadze" boʻlishga tayyor turadilar. "Musulmonbirodarlar" harakati (Misr, 1928) dan yetishib chiqqan Sayyid Qutb (1906—65) hozirgi zamon islom ekstremizmining gʻoyaviy asoschisi sifatida tan olingan. Uning "nazariya"siga koʻra, oʻzini musulmon deb hisoblovchilarning koʻpchiligi aslida musulmon emas va umuman, barcha davlatlar islomga qarshidirlar. Demak, maqsad — islom davlatini barpo qilish va jamiyatni toʻligʻicha islomlashtirishdir.
Xristian dinining baʼzi sektalariga asoslangan koʻplab diniy ekstremistik harakatlar ham mavjud. Ayniqsa, "yahvechilar", "pyatidesyatniklar", "tashabbuskor baptistlar" umuman qonuniy hokimiyat va dunyoviy qonunlarni tan olmaydilar. Ularning fikricha, goʻyo cherkov davlatdan yuqori. Pyatidesyatniklarning baʼzi guruhlari esa oʻz tobelarini oʻta shafqatsizlik bilan ado etiladigan ibodatlarga zoʻrlaydilar, dunyo neʼmatlaridan voz kechib, tarkidunyochilik bilan yashashga daʼvat etadilar.
Diniy ekstremizm yoki ashaddiy akidaparastlik turli koʻrinishlarda namoyon boʻlishi mumkin. Mas, Olsterdagi "ultra" protestantlar, Yaqin va Oʻrta Sharqdagi "musulmon-birodarlar", Markaziy Osiyo va Kavkazda paydo boʻlgan vahhobiylar (qarang Vahhobiylik) va b. Ular jamiyatga va qonunlarga deyarli bir uslubda qarshi kurash olib boradilar.
O’zbekistonda Diniy ekstremizm muayyan koʻrinishda Oʻzbekistonda ham paydo boʻldi. Islom ekstremizmi guruhi faoliyati natijasida 1997 yil dekabrda Namangan shahrida bir necha qotilliklar yuz berdi. Oʻtish davriga xos iktisodiy qiyinchiliklar, xalqning diniy qarashlarga taʼsirchanligi va diniy urf-odatlarga moyilligidan foydalanib, ekstremistlar ochiqdan-ochiq kuch bilan Fargʻona vodiysida ijro va sud hokimiyatining ayrim vazifalarini oʻzlashtirishga harakat qildilar. 1999-yil 16 fevralda Toshkent sh.da yuz bergan voqealar diniy aqidaparastlarning asl maqsadi konstitutsiyaviy tuzumga zarba berish va hokimiyat tepasiga kelish ekanini koʻrsatdi. Diniy ekstremizmning Oʻzbekistonga tahdidini aqidaparastlikni yoyish orqali mavjud davlatga ishonchni yoʻqqa chiqarishga urinishda kuzatish mumkin. Ekstremistlar jamiyatda erksiz, mute, faoliyatsiz kishilar safini orttirish, "soxta" va "haqiqiy" dindorlik belgilari boʻyicha qarama-qarshilikni keltirib chiqarishni koʻzlaydilar. Ular oʻz maqsadlariga erishish uchun jangarilarni tayyorlashga ham harakat qildilar. Oʻzbekistonni Gʻarbga "islomlashtirilgan", Sharqqa esa, aksincha, "dinsiz", "daxriy" shaklda koʻrsatib, respublikaning xalqaro obroʻsiga putur yetkazish niyatida boʻldilar. Ular umuman islom sivilizatsiyasi bilan noislomiy sivilizatsiyalar oʻrtasida yalpi qaramaqarshilikni kuchaytirish kabi yovuz rejalarni tuzishdan ham qaytmadilar.
2000-yilning kuzida ekstremistlarning Oʻzbekistonga qurolli hujum uyushtirgani ularning Afgʻonistonda in qurib olgan xalqaro terrorchilar va narkobiznes bilan uyushib ketganidan dalolat berdi. Shu munosabat bilan Prezident Islom Karimov: "Bugun dinimizni asrash kerak, moʻmin-musulmonlarni ximoya qilish kerak. Lekin dinimizni, birinchi galda, oʻzini "chin musulmon" deb daʼvo qilayotgan ana shu yovuz kuchlardan, har qadamda "jihod" deb ogʻiz koʻpirtirib, din nomidan buzgʻunchilik qilayotgan qonxoʻr va qotillardan asrash kerak",— degan edi. Faqat 2001-yil 11 sentabr kuni Nyu-York va Vashingtonda sodir etilgan mudhish terrorchilik hujumlaridan keyingina dunyodagi yetakchi davlatlar AQSH boshchiligida bu yovuz illatga qarshi keng miqyosda kurashga bel bogʻladi.
Ma’lumki, O‘zbekiston davlati mustaqillikning ilk kunlaridanoq o‘zining dinga munosabatini aniq va qat’iy belgilab oldi. Davlatning dinga munosabati “Inson e’tiqodsiz yashay olmaydi”, “Dunyoviylik – dahriylik emas” degan aniq tamoyillar asosida belgilandi. Bu tamoyil bosh qomusimiz Konstitutsiya hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda o‘zining huquqiy ifodasini topgan.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida 16 diniy konfessiyaga mansub 2 238 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2064 tasi islomiy, 157 tasi xristian, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va Budda ibodatxonasidir. Bulardan tashqari konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda.
Diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, faoliyat borasida bir xil huquqqa egadirlar. Ushbu diniy tashkilotlarning emin-erkin faoliyat olib borayotgani ham yurtimizda hukm surayotgan diniy bag‘rikenglikning amaliy ifodasidir.
Ayniqsa, respublikada mavjud dinlar orasida islomning mavqei nihoyatda katta. Xususan, hozirgi kunda O‘zbekiston aholisining soni 31 mln.dan oshgan bo‘lib, ular 130 dan ziyod millatga mansub hisoblanadi. Fuqarolarning 94% dan ziyodi islom diniga e’tiqod qiladi. Shu bois, islom dini davlatimiz tub xalqlarining tarixiga, o‘tmish merosiga, madaniyatiga, ruhiyatiga chuqur singib ketgan. Prezident I.A.Karimov ta’kidlagani kabi: “… biz o‘z millatimizni mana shu dindan ayrim holda aslo tasavvur qila olmaymiz… Xalqimizning ming yillik tarixini, bugungi ma’naviy hayotini, dinu diyonatimizni muxtasar ifodalab aytish mumkinki, Alloh bizning qalbimizda, yuragimizda”. Islom dini qadriyatlari mamlakatimizdagi ro‘y berayotgan ma’naviy yangilanish jarayoni va milliy g‘oya mezoni shakllanishining eng muhim omillaridan biridir.
Ekstremizmga qarshi kurash davomida xalqimizning eng muqaddas qadriyatlaridan biri – islom diniga zarar yetkazish xunuk oqibatlarga olib keladi, xalqni davlatga qarshi qo‘yadi, davlatimiz tomonidan islom dinini rivojlantirish, islom taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizni ulug‘lashga qaratilgan dono siyosatga shak keltiradi, uni obro‘sizlantiradi. Bunga esa aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ichki ishlar organlari xodimlarining siyosiy ongi va siyosiy madaniyati mazkur masalada yetarli bilimlarni egallashni taqozo etadi. Bu esa islom dinini noo‘rin ayblash, unga janggari, agressiv diniy ta’limot, degan siyosiy tamg‘a bosilishining oldini oladi. Islom dinini agressivlikda, terrorchilikda ayblash jahon miqyosida islom dini nufuzi va islom mavqeining oshib borishidan talvasaga tushish, global iqtisodiy, siyosiy, madaniy va demografik jarayonlarda gegemonligini tarixan yo‘qotayotgan postindustrial jamiyatlarning siyosiy kuchlari uchun xosdir. 
Islom fundamentalizmi jahonda sodir bo‘layotgan globallashuv va integratsiya jarayonlariga nisbatan salbiy ta’sir shaklida maydonga chiqqan. Bu narsani anglamaslik islom fundamentalizmiga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishini aniqlashga imkon bermaydi.
Aytish joizki, islomda ham, xristianlik va boshqa dinlarda bo‘lganidek, fundamental tushunchalar kishilarning ezgulik, rahm-shafqat, mehr-oqibat, adolat va poklik kabi tasavvurlari asosiga qurilgan. Shu bois tom ma’nodagi diniy fundamentalizm ekstremistik ruhdagi fundamentalizmdan farq qiladi. Fundamentalizmga qarshi kurashning yo‘nalishi shu ma’noda din asoslariga emas, balki uning begona, yovvoyi tarmog‘i bo‘lgan ekstremistik ruhdagi fundamentalizmga qaratilmog‘i lozim. 
An’anaviy islom dini fundamentalizm bayrog‘i ostida rivojlanmoqda. Siyosiy islom esa islom dinini muayyan siyosiy maqsadlarga erishishyo‘lida o‘ziga shior yoki niqob qilib olishga urinmoqda. 
Fundamentalizm jahonda kechayotgan globallashuv (lotinchada globus – shar, butun yer yuzini qamrab oluvchi voqea yoki hodisa), standartlashuv (inglizchada standart – namuna, nusxa, me’yor, umum e’tirof etilgan yoki tavsiya qilinadigan namuna, nusxa, me’yor), vesternizatsiya (inglizchada west – g‘arb, g‘arb dunyosiga xos turmush tarzini tashviqot qilish, olib kirishga harakat) va konsyumerizm (iste’mol erkinligini targ‘ib qilish)ga qarshi reaksiya tarzida vujudga keldi. Buni quyidagicha izohlash mumkin. «Sovuq urush» davri tugaganidan so‘ng, 
jahonda umumiy informatsiya tarmog‘i (internet), umumiy bozor, umumiy iste’mol, kollektiv hamkorlik, kollektiv xavfsizlik kabi hodisalarga umumiy ehtiyoj sezila boshlandi. Islom dunyosi mamlakatlari uchun islom an’analariga asoslangan turmush tarzi va udumlariga G‘arb standartlari, normalari va qadriyatlarining kirib kelishi an’anaviy tafakkurda qarshi reaksiya holatlarini shakllantirdi. Yo‘ldosh orqali aloqalar, elektron pochta va shu kabilar Sharq olamiga G‘arb qadriyatlarining tobora chuqurroq singib borishini tezlashtirdi. 
Islom mamlakatlari G‘arb davlatlarida shakllangan sekulyarizm (ya’ni, dinni davlatdan ajratish) siyosatini qabul qilmaslikka harakat qiladi, o‘z hukmini jahon hamjamiyatiga o‘tkazmoqchi bo‘ladi. Bu narsa islom fundamentalizmini xristianlikning diniy qonunlaridan biri bo‘lgan pravoslav fundamentalizmidan farq qilishga olib keladi. G‘arb texnologiyasi ilmi va texnikasi yutuqlaridan tobora ko‘p bahramand bo‘layotgan Sharq xristianlikdan emas, balki ko‘proq G‘arb mafkurasidan cho‘chiydi. 
Bu kayfiyatni Eron Islom Respublikasining sobiq rahbari marhum Oyatulla Humayniy Italiya gazetasi «Korryere della Sera»ning muxbiri taniqli jurnalist Oriana Fallachiga 1979 yilda Eronda sodir bo‘lgan islom inqilobidan so‘ng bergan intervyusida yaqqol ifodalaydi. Jumladan, u: «Biz sizlarning fanlaringizdan ham, texnikangizdan ham cho‘chimaymiz. Biz sizlarning g‘oyalaringizdan va odatlaringizdan cho‘chiymiz», – deydi. Darhaqiqat, Sharq islom dunyosining rahbarlari G‘arb texnikasi bilan birga kirib keluvchi G‘arb ma’naviyati, mafkurasi, odat va udumlaridan cho‘chishadi va Sharq musulmon aholisini islom talablariga zid qadriyatlar ta’siriga tushib qoladi deb o‘ylaydilar. Buning oldini olish uchun ayrim siyosiy islom namoyandalari islomdan o‘zga dinni tan olmaydilar, islom dinida bo‘lmagan barcha kishilarni o‘zlariga dushman deb hisoblaydilar. 
Bu kayfiyatlar turli janggari siyosiy kuchlarga madad beradi, islom dinini himoya qilish niqobi ostida islom dunyosini qolgan butun jahon xalqlariga qarshi qo‘yadi. Ayrim islom mafkurachilari islom dunyosi mamlakatlarini birlashtirmoqchi, jahonning deyarli 50 mamlakatini birlashtiruvchi islom davlati – islom xalifaligini tiklamoqchi bo‘ladilar. Bu ishga islom korchalonlaridan Usoma bin Lodin, Shomil Basayev, Ibn Xattob, Juma Namangoniy va boshqalar qattiq bel bog‘laganlar. Ular islom aqidalariga butunlay zid usullar – terrorizm, garovga olish va  kishilarni dahshatga soluvchi mish-mishlar vositasida o‘zlarining qabih  niyatlariga erishmoqchi bo‘ladilar. Xulosa qilib aytganda, janggari fundamentalizm terrorizm vositasida ijtimoiy voqelikda qaror topmoqchi, 
buning uchun ayrim yosh mustaqil davlatlarning ichki ziddiyatlari va iqtisodiy qiyinchiliklaridan ustomonlik bilan foydalanmoqchi, rasmiy hokimiyatga qarshi turuvchi kuchlarni shakllantirmoqchi, xalq birligini buzmoqchi bo‘ladilar. Bu sohada ular mablag‘ va kuchni ayamaydilar, real hokimiyatga nisbatan har qanday norozilikni qo‘llab-quvvatlaydilar. 
Bunday sharoitlarda siyosiy hokimiyatning muhim tarmog‘i bo‘lgan ijroiya hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, xususan, ichki ishlar organlari xodimlaridan chuqur siyosiy bilimdonlik, yuksak malaka va hushyorlik talab qilinadi. Fundamentalizmga qarshi kurash samarali olib borilishi lozim. Bu ishdagi savodsizlik xalqimiz e’zozlovchi buyuk qadriyat – islom diniga putur yetkazadi, O‘zbekistonning jahon hamjamiyati oldida obro‘yini to‘kadi, turli aksilinqilobchi kuchlarga esa bu narsa qo‘l keladi. Ular mustaqil O‘zbekiston xalqini tanlangan dunyoviy demokratik taraqqiyot yo‘lidan chiqib, o‘rta asr diniy davlatchilik yo‘liga kirishiga jon-jahdi bilan 
harakat qiladilar. Buni ichki ishlar idoralarining har bir xodimi to‘g‘ri anglashlari, islom diniga yot unsurlarga aniq zarba berish malakasiga ega bo‘lishlari talab etiladi. Zero, oq-qorani farqlash har bir vijdonli xodimning kasbiy va vijdoniy burchidir.
Terrorizm (lotincha – «qo’rqitish», «vahimaga solish», “daxshat”) – aholining 197 keng qatlamlarida vahima va qo’rquv uyg’otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir. Terror – ommaviy va siyosiy maqsadlarga erishish uchun zo’ravonlikdan hamda zo’ravonlik qilish bilan tahdid solishdan muntazam foydalanishdir. Shunday qilib, «terror» dushmanni jismoniy zo’ravonlik yo’li bilan qo’rqitish, hatto uni jismonan yo’q qilishni anglatadi. «Terrorizm» esa terror amaliyotidir. XX asrning 60-yillaridan boshlab, terrorizmning mojarolarni keltirib chiqaruvchi hodisa sifatidagi salohiyati, butun-butun mintaqalar yo’nalishi turlicha bo’lgan terrorchi tashkilotlar va guruhlar faoliyat ko’rsatgan joylarga aylanib qoldi. Buning natijasida, terrorchilik harakatining ko’lamigina emas, balki metodlari ham o’zgardi. Uning eng dahshatli ko’rinishlaridan biri – o’zini avvaldan o’limga tayyorlagan terrorchi-kamikadzelar tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlarni keltirish mumkin. Musulmon mamlakatlarida terrorchi uyushmalar ommaviy bo’la olmagani uchun aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg’otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar. Demak, terror, terrorchilik faoliyati, terrorchi birgalikda bir butun hodisa sifatida terrorizmni tashkil etadi. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro terrorizm shaklini oldi. «Xalqaro terrorizm» tushunchasi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo’poruvchilik faoliyatini ifodalaydi. U og’ir jinoyatlardan bo’lib, uzoq davom etgan jarayonlarning hosilasi hisoblanadi. Xalqaro terrorizm fenomeni, ayniqsa, XX asr boshlarida avj ola boshladi, ya’ni xalqaro terrorizmga qarshi kurashda davlatlararo hamkorlikni yo’lga qo’yilishi o’tgan asrning 30-yillaridan boshlangan. 1937 yilda 20dan ortiq davlat terrorizmning oldini olish va bunday harakatlar uchun jazolash haqidagi Konventsiyani imzoladi. Terrorizmni turlarga bo’lishda terakt jarayonida ishlatiladigan vositalarga asosiy mezon sifatida qaraladi. Shunga ko’ra terrorizm ikki turga: an’anaviy va zamonaviy (texnologik) terrorizmga ajratiladi. Odamlarni xalok qiluvchi azaldan ma’lum vositalar (sovuq qurol, o’q otuvchi qurol, portlovchi moddalar va hokazolar)dan foydalanib siyosiy maqsadlar yo’lida amalga oshiriladigan terror an’anaviy terrorizmga xos xususiyatdir. Zamonaviy (texnologik) terrorizm esa radioaktiv materiallar, o’ta zaharli gazlar, kimyoviy va biologik moddalar kabi vayron qilishning yangi vostalarini qo’llashni afzal ko’radi, nisbatan katta hududni qamrab olishi va ko’plab aholining qurbon bo’lishiga olib kelishi jihatidan o’ta xavfli jinoyat turiga kiradi.
Zamonaviy (texnologik) terrorizmning ko’rinishlari: Yadroviy terrorizm - yadroviy portlovchi qurilmalarni portlatish yoki portlatish tahdidi, radioaktiv materiallar bilan zaharlash, yadroviy ob’ektlarni bosib olish yoki diversiya uyushtirishni ifoda etadi. Hozir dunyoning 30 mamlakatida 450 ga yaqin yadroviy sanoat ob’ektlari, yuzlab yadro reaktorlari, o’n minglab yadroviy qurilmalar mavjudligi e’tiborga olinsa, terrorizmning bu ko’rinishi insoniyatga nisbatan qanchalik katta tahdidga aylanganini tasavvur qilish mumkin. Xaydjeking - yirik transport vositalari: samolyot, poezd, avtomobil va kemalarni o’g’irlashni ko’zda tutadi. 2001 yil 11 sentyabrda AQSH hududida mamlakat aviakompaniyalariga qarashli uch yirik samolyotning passajirlar bilan birga olib qochilganligi, amalga oshirilgan terakt natijasida ko’plab fuqarolarning halok bo’lganligi katta fojia bo’lgan edi.
- Kiberterrorizm — maxsus xaker dasturlari orqali kompyuter boshqaruvi tarmoqlarini egallab olish, kompyuter viruslari yordamida internet tarmog’ida terakt sodir etish, internet tarmog’ini ishdan chiqarishni ko’zda tutadi.
-Bioterrorizm — shtam, virus, kukun kabi bakteriologik vositalardan foydalangan holda terakt sodir etish. Kimyoviy terrorizm - zarin, neprin kabi zaharlovchi va bo’g’uvchi gazlardan terroristik maqsadlarda foydalanish.
-Ekoterrorizm — terakt ob’ekti sifatida flora (o’simlik dunyosi) va fauna (hayvonot dunyosi)ning tanlanishi. Infoterrorizm (axborot terrori) — terakt sodir etishga olib kelishi mumkin bo’lgan ma’lumotning OAV orqali tarqatilishi, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatning o’z texnik imkoniyatlaridan boshqalarning zarari uchun foydalanishini anglatadi. Misol uchun biron bir yolg’on xabar ba’zan butun dunyo davlatlarini birbiriga qarama-qarshi qilib qo’yadi, millionlab odamlarning ruhiyatini zaharlaydi, ularni yo’ldan adashtiradi. Shu bois, jahon ommaviy axborot vositalari orqali, xususan, «Internet» tarmog’idan tarqatilayotgan xabarlar noxolis berilar ekan, demak, turli zararli oqibatlar ham kelib chiqadi. Bunda zararli axborotlarni «Axborot terrori» deb atash mumkin. Bugungi kunda terrorchilik uslublari ancha kengayganini ta’kidlash zarur. 1970- yillarda biror shaxs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti ko’proq uchragan bo’lsa, hozirda jamoat joylarida, samolyot, avtobus va poezdlarda portlashlarni sodir etish orqali ko’plab tasodifiy kishilarning qurbon bo’lishiga olib keladigan qo’poruvchilikni amalga oshirishga e’tibor berilmoqda. Ekspertlarning fikricha, bunday harakatlar birinchi navbatda nobud bo’lganlardan ko’ra, uning guvohlariga qaratilgan. So’ngi yillarda turli-tuman siyosiy, iqtisodiy va diniy-mafkuraviy sabablarga ko’ra, Falastin hududlari, Suriya, Iroq Respublikasi diniy ekstremizm bilan bog’liq terrorchilik harakatlaridan katta talafot ko’rmoqda. Ayniqsa, Suriya davlatining iqtisodiyotiga 5 yillik urush 255 milliard AQSH dollari miqdorida zarar keltirdi. 199 Mamlakatning o’nlab shaharlaridagi 2 milliondan ziyod bino va inshoatlar poydevorigacha yo’q qilingan, 85% suriyaliklar qashshoq holatga tushib qolgan. BMT ma’lumotlariga ko’ra, Suriyani tiklash uchun yiliga 100 milliard AQSH dollari lozim bo’ladi. Shundan keyingina 9 yil ichida davlat 2010 yilgi darajaga chiqishi mumkin. 2010 yili Suriyaning yalpi ichki mahsuloti 62 milliard AQSH dollariga teng bo’lgan. Ammo, fuqarolar urushidan so’ng yalpi ichki mahsuloti 27 milliard AQSH dollariga tushib ketgan. Faqatgina ishlab chiqarish maydonlarining o’zi 90% vayron qilingan. Turar-joy binolarining yarmi esa buzib tashlangan. Xalqaro terrorchilik harakatlarining asosiy belgilari: – xalqaro huquq himoyasidagi ob’ekt yoki sub’ektlarga qarshi qaratilgani; – davlatlar chegaralarini buzish orqali amalga oshirilishi; – a’zolari ikki yoki undan ortiq davlat fuqarolari, shu jumladan, yollanma shaxslar bo’lgan ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etilishi; – ekstremistik guruhlar tarkibida qo’poruvchilik harakatlari bo’yicha xorijlik yo’riqchilarning qatnashishi; – ekstremistik guruh a’zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan maxsus lagerlarda tayyorgarlik ko’rishi; – tayyorgarlik ko’rish va qo’poruvchilikni sodir etishda xorijiy davlatlar va ekstremistik uyushmalar yordamidan, xalqaro tus olgan noqonuniy qurol-yarog’ savdosi va narkobiznesdan keladigan moliyaviy manbalardan foydalanilishi. Muayyan mamlakat hududida sodir etilgan terrorchilik xurujida qayd etilgan u yoki bu belgilarning bo’lishi, unga xalqaro maqom berilishi va shundan kelib chiqib, unga mos choralar ko’rilishiga olib keladi.

1 Payg’ambarlarning nomi zikr etilganda salavot aytish, ya’ni Qur’onda nomi kelgan payg’ambarlarga alayhis salom, Muhammad payg’ambar nomlari aytilganda yoki yozilganda yuqoridagi kabi ba’zan alayhis salom (Qisqacha: a.s. yoziladi), asosan esa u zotga xos bo’lgan sallallohu alayhi vasallam (Qisqacha: s.a.v. yoziladi) deyish musulmonlik odob-axloqlaridan bo’lib, vojib sanaladi.

2 Bu haqda ma’lumot uchun qarang: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Hadis. Al-Jomi’ as-sahih. 2-jild. T., 1997. 567-bet.

Download 82.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling