Islom qadriyatlari. Diniy mutassiblik va dindorlik reja: Islom dini paydo bo’lishidagi ijtimoiy sharoit. Islom asoslari
Download 82.87 Kb.
|
7-Mavzu
Tayanch iboralar.
Ijtimoiy tenglik, adolat, tolerantlik, axloqiy qadriyatlar, do’stlik va o’zaro yordam, ma’rifat, tarbiya, axloq, din, munosabat, qadriyat, e’tiqod, bola tarbiyasi, ayol, erkak, ota, ona, farzand, burch, shariat, hadis, Qur’on, millat, elat, diniy bag’rikenglik, musulmonchilik, an’ana, rasm-rusumlar. Islom huquqi o’z zaminida normativ tizim sifatida VII-X asrlarda arab xalifaligida feodal jamiyat qaror topayotgan bir davrda shakllangan bo‘lib, islom diniga asoslangandir. Islom mavjud huquq Alloh tomonidan yuborilganligiga asoslanadi. Sarvari koinot tarixning muayyan bir davrida bashariyatga o'zining rasuli - Muhammad payg‘am bar (taxminan 570 - 632-yillar) orqali islom ta ’limotini ayon etdi. Alloh tomonidan in’om etilgan huquq insoniyatga bir yo‘la va abadul-abad berilgan. Shu bois, jamiyat bu huquqqa amal qilmog'i lozim. Islom huquqi nazariyasi ilohiy kashfiyot tushuntirish va sharhlashga muhtoj ekanligini e’tiro fetadi. Islom huquqshunoslarining necha asrlik sermashaqqat ishlari aynan ana shunga,ya’ni, tushuntirishva sharhlashga ketgan. Biroq, ularning bu sa’y-harakatlari yangi huquq yaratishga emas, balki, Alloh tomonidan nozil bo‘lgan huquqni faqatgina amaliy jihatdan foydalanish uchun moslashtirishga qaratilgan, xolos. Islom huquqida Rimning keyingi davriga oid bo'lgan huquqdagi, qolaversa, G‘arb huquqiga xos bo'lgan qonun tushunchasi yo‘q. Nazariy jihatdan yolg‘iz Alloh qonunchilik hokimiyatiga ega. Amalda esa, huquqshunos olimlaming asarlari Islom huquqining birdan-bir manbaidir. Islom huquqi mutaxassislar tomonidan yaratilgan va rivojlantirilgan. Davlat emas, balki, fiqh - huquq ilmi qonun chiqaruvchilik rolini o‘ynaydi1. Huquq muayyan normalaming majmui sifatida islom amal qila boshlagan dastlabki ikki asr mobaynida shakllandi. Keyingi asrlar amalda bu borada hech bir yangilik kiritmagan. Ana shu turg‘unlikni ijtihod eshiklarining yopilishi bilan bog‘laydilar. XIX asrga qadar Islom huquqiy ongining tadrijiy rivoji diniy- huquqiy sharhlar hamda fatvolar majmuida o‘z ifodasini topgan. Bu sharh va fatvolar esa, shariatning an ’anaviy qoidalari va tamoyillarini yangicha tarzda talqin etar ekan, hech qachon ularni ochiqdan-ochiq rad etmagan va ularning odatiy jarangini o’zgartirmagan. Islomda ham nasroniylikdagi kabi ruh abadiyligi g‘oyasiga e’tiqod qilinadi. Unda bani bashar Odam Atoning teng huquqli farzandlari sifatida qaraladi. Musulmonlar o‘z qavmlaridagi kofirlarga, bedinlarga hamisha sabr-murosa bilan munosabatda bo’lish, bag‘rikenglik fazilatini namoyon etib kelganlar. Nomusulmon jam oalarga, odatda, o’z ichki ishlarini boshqarish huquqi berilgan. Arablarning islomgacha bo‘lgan urf-odatlari va udumlariga nisbatan islomda qashshoqlar, yetim-yesirlar va ayollarga munosabatda anchagina ilg‘or tamoyillar k o’zga tashlanadi. Garchi, quldorlik saqlanib qolgan bo'lsada, qullarga huquqlar berilgan, ular, xususan, ishlab topgan m ablag'lari asosida haq to’lab, ozod bo'lish huquqini olganlar. Majburiy tusda bo’lmasa ham, harqalay qullaming ozod qilinishi din sharofati bilan sodir bo‘ladigan harakat sifatida qo‘llab-quw atlab kelingan. Ilgari keng tarqalgan qiz bolalami go’dakligidayoq nobud etish, yo‘q qilishdek vahshiy odat taqiqlangan. Qotillik uchun shaxsiy o’ch olganlik yoki boshqa jinoiy qilmishlar yuzasidan javobgarlik kuchaytirilgan. Odil sudlov din peshvolari tomonidan Q ur’on oyatlariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshirilgan. M uqaddas kitob - Qur’onda er-xotin ajralishi to‘g’risidagi normalar, nikoh bekor bo'lishi oqibatida bolalarga nisbatan keltirib chiqadigan qoidalar ham qamrab olingan. Shu sababli, E.Mayer ta’kidlab aytganidek, “Islom tafakkur olami inson huquqlarining rivojlangan nazariyasiga ega bo'lm aganligi fakti musulmon dunyosining an ’anaviy jam iyatlarida davlat repressiv namunada tuzilganligini anglatmaydi; aksincha, tarixan bunday jam iyatlarda ijtimoiy va madaniy masalalarga hukmdorlaming aralashmasligidek umumiy namuna mavjud bo'lgan. O 'tm ishda qaror topgan an’analar, urug'-aym oq vajam oalar singari nohukumat institutlari shaxs erkinligiga ta’sir etuvchi omillar sifatida hukmdorlarga nisbatan muhimroq rol o'ynagan. Davlat bilan shaxs huquqlari o'rtasida muttasil nizo va mojarolar keltirib chiqaradigan yoki islom mutafakkirlarini bunday erkinliklami hukmdorlar egallab olishidan himoya etish bilan, inson huquqlarining hozirgi normalari rivoji zamirida yotgan tashvish-anduhlar bilan bog'liq masalalar ustida ish olib borishga undaydigan shart-sharoitlaming o 'zi yo'q edi. Islomning bu muqaddas manbalarida insonning taqdiri va hayoti Alloh nomi bilan bog‘liq holda ifodalab beriladi. Bunda yer yuzidagi barcha insonlaming Alloh oldidagi tengligi g'oyasi, har bir insonga Alloh tomonidan berilgan ne’matlardan ularning baravar foydalanishi zamrligi g‘oyasi bilan chambarchas bog‘lanib ketganini ko'ramiz. Qur’oni Karim va Hadisi Shariflarda insonning Alloh va shariatdagi haq-huquqlari inson foydalanishi zarur bo‘lgan alohida huquqlar misolida ko‘rsatib berilgan. Masalan, Q ur’oni Karimning “Baqara surasi”dagi 220-oyatda yetimlaming haqlari to’g’risida, 223, 228-229, 230-oyatlarida erkak va ayolning nikohga kirishi yoki nikohdan chiqish huquqi, “Oli imron surasi”ning 20-oyatida islom diniga e ’tiqod qilish huquqi va insonning boshqa huquqlari shariat talablari asosida bayon qilingan. 256-oyatda islom dinining adolatliligi quyidagicha bayon etiladi: “Dinda zo‘rlash yo‘q, zero, to‘g’ri yo‘l yanglish y o’ldan ajrim bo‘ldi. Bas, kim shayton (yoxud butlar) ni inkor etib, Allohga imon keltirsa, demak, u mustahkam halqani ushlabdi. Inson huquqlarini shariat talablari asosida ko‘rsatib berishga doir bunday yondashish hadislarda ham o’zining aniq ifodasini topgan. Har bir hadisda jam iyat hayotining alohida bir masalasiga doir talablar ilgari surilganligi uchun ham, ularda insonning xilma-xil haq-huquqlari ularning alohida huquqlari misolida bayon qilib beriladi. Masalan, Imom Buxoriyning “Al-adab, al-mufirad” (Adab durdonalari) asarida ota-ona haqini ado qilish, farzandning ota-onasi oldidagi va ota-onaning farzandi oldidagi haq-huquqlari, ziyorat qilish, turar joyga ega bo'lish va boshqa shular singari haq-huquqlaming har biri alohida hadislarda berilganki, bunday holni hadislar to'g'risida yozilgan har bir asarda uchratish mumkin. Turli masalalardagi singari inson huquqlari masalasiga doir hadislarda ham inson huquqlari masalasi uning haq-huquqlari misolida beriladi. Bunda insonning kimningdir oldidagi haqi (Allohning, uning rasuli Muhammad Payg'am bam m g yoki jam iyatning) uning huquqi ekanligini ham anglatadi. Masalan, bordi-yu, bir kishi ikkinchi bir kishidan biror narsa bilan qarzdor bo'lib qolgan bo'lsa, bu qarzni qaytarib olish shariatda ikkinchi kishining huquqi hisoblanadi va shu ikkinchi kishi o'zining qarzini qaytarib olish huquqidan foydalanishi mumkin bo'ladi. Qarz olgan kishining uni qaytarib berishi esa, uning huquqi hisoblanmaydi. Shunga ko'ra, islomda va uning manbalarida insonning huquqlari uning haqi misolida berilganligini ko’ramiz. Jumladan, Imom Buxoriy farzandlar ota-onalarini rozi qilish huquqiga ega ekanligini quyidagi bir hadisda shunday bayon qiladi: “Kim ota-onasini rozi qilsa, unga tubo (jannat) nasib bo’lib, Alloh Taolo uning umrini ham ziyoda qiladi”. Bunda farzandning ota-onasini rozi qilishi kerakligi Alloh nomi bilan har bir insonning u foydalanishi mumkin bo‘lgan huquqi ekanligi nazarda tutilgan. Inson huquqlari va uni himoya qilish masalasi at-Termiziy qarashlarida ham o’zining chuqur ifodasini topganligini ko‘ramiz. Ulzot to‘plagan ko'pchilik hadislarda hamda Muhammad payg‘ambar alayhissalomning siyratlari madh etilgan asarlarida janob Rasulullohning inson huquqlarini himoya qilish borasida qilgan amallari va yo’l-yo‘riqlari to‘g’risida qimmatli fikrlar bayon qihnadi. Chunonchi, At-Termiziy tomonidan yozilgan “Ash-shamoyil an-nabaviya” (Payg‘ambaming alohida fazilatlari) asarida Rasulullohning inson huquqini himoya qilish borasidagi amallaridan biri quyidagicha ta’riflab beriladi: “Muhammad payg‘ambarimiz (s.a.v.)...qachon bir kishining haqiga tajovuz qilinsa, ul holda g'azablarini hech bir narsa bosolmas erdi. Andin intiqom olmay qo‘ymas erdilar”. Imom Buxoriy, at-Termiziy va boshqa ko‘plab hadis ilmining fidoyilari inson, uning sha’ni, obro‘ va martabasi muqaddas ekanligini, uning haq-huquqlari Alloh taolo va uning rasuli Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) tomonidan shariat yo‘li bilan himoya qilinishi zarurligi haqida ta'lim berganlar. Bu mutafakkirlaming har biri o‘zlarining butun hayotini hadis ilmini o’rganishga bag‘ishlash bilan birga, m o'min musulmonlami birovga zulm o‘tkazmaslikka, birovning haqini yemaslikka, birovning haq-huquqlari poymol etilishiga yo’l qo‘ymaslikka undab keldilar.Hadisi Shariflarda insonning qadr-qimmatini kamsitishga y o i qo‘ymaslik, uning sha’ni va obro‘siga tajovuz qilmaslik, har kimning sir saqlashi, erkin fikr yuritishi, erkin so’zlashishi singari shaxsiy huquqlari bilan birga, uning mulkka ega bo'lishi, turar joyli bo'lishi va uning daxlsizligi singari turli xildagi ijtimoiy huquqlari ham shariat talablariga va qonunlariga muvofiq tarzda himoya qilinishi zarurligi o 'z ifodasini topgan. Masalan, insonning sir saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligini Imom Buxoriy, Muhammad payg'am barning xotinlari Oysha ona qizlari Fotimadan “janob Rasululloh senga qanday sir aytdilar?” deb so'raganlarida Fotima “o 'z onalariga otalari aytgan gapni oshkor qilmasliklarini aytdilar”, degan hadisni keltiradi4.Imom Buxoriy, at-Termiziy, al-Mavraziy, al-Barakatiy, an-Nasafiy va boshqa ko'plab hadisnavis allomalar to'plagan hadislarda ham insonning huquqlari va ulami himoya qilishning zarurligi bilan bog'liq masalalar haqida muhim m a’lumotlar keltiriladi. Inson huquqlari masalasining hadislarda berilishi bejiz emas. Chunki, islom dinida insonning sha’ni, qadr-qimmati yuksak darajaga ko'tarilgan bo'lib, uni tahqirlashga qaratilgan har qanday urinish qoralanadi. Islomda barcha m o'm in-m usulm onlar Allohning bandalari ekanligi va ular Alloh taolo oldida teng huquqqa ega ekanligi, Alloh taolo o 'z bandalarini ularning qilmishlariga yarasha himoya qilib turishi to'g 'risid a muhim g'oyalar ilgari suriladi. Islomda Alloh taolo har bir m o'm inning haq-huquqini kamsitmaslik va uni oshirib ham yubormaslikni buyurishi haqida muhim ma’lumotlar beriladi. Ulamolaming ta’biriga qaraganda, islomda insonning haq-huquqlari o'nta bo'lib, ular: 1. Alloh taoloning haq-huquqlari; 2. Payg'am bar alayhissalomning haq-huquqlari; 3. Ota-onaning haq-huquqlari; 4. Farzandlaming ota-onalardagi haq-huquqlari; 5. Qarindosh-urug'laming haq-huquqlari; 6. Er-xotinning haq-huquqlari; 7. Hokimiyat va raiyatning haq-huquqlari; 8. Q o'shnining haq-huquqlari; 9. Musulmonlaming haq-huquqlari; 10. G 'ayridin xalqlaming haq-huquqlaridan iborat. Bu haq-huquqlarda insonning jam iyatdagi huquq va burchlari islom va shariat qonun-qoidalari asosida ko'rsatib beriladiki, ulardan foydalanishda har bir inson to 'la erkinlikka egadir. Bunday erkinlik insonlarga Alloh taolo tomonidan berilgan bo'lib, uni tahqirlashga qaratilgan har qanday urinish inson huquqlarini kamsitishdan boshqa narsa emas.Islom ulamolari tomonidan tasn if qilingan haq-huquqlar orasida eng muqaddasi - bu Alloh taoloning haq-huquqlaridir. Alloh taolo tomonidan insonlaming tinch va osoyishta hayot kechirishlari, ularning o'ziga va bir-birlariga yaxshi munosabatda bo'lishlari, hech kimning haq-huquqini kamsitish mumkin emasligi to'g'risidagi vahiylari Q ur’oni Karim oyatlari orqali nozil qilingan. Musulmonchilik haq-huquqlari orasida Payg'am bar alayhissalomning haq-huquqlari ham Alloh taolo haq-huquqlaridan keyingi oliy haq-huquq hisoblanadi. Chunki, payg‘ambarimizning barcha amallari va pand- nasihatlari, ul zotning yo'riqlari insonning haq-huquqlarini hurmat qilish va uni kamsitishga yo’l qo'ym aslikdan iborat. Inson huquqlari masalasi islomda shuhrat qozongan tasavvuf ilmining asosini tashkil etadi. limning bu turi Sharqda keng tarqalgan bo’lib, 0’rta Osiyoda uning vujudga kelishi va rivojlanishiga Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G’ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, X o‘ja Ahror singari buyuk siymolar katta hissa qo‘shdilar. Ulaming ta ’limoti islomda tariqat (Tariqat - islomda y o’l-yo‘riq, yo‘nalish degan m a’nolami anglatadi) deb atalib, bu tariqatlarda falsafiy, diniy-axloqiy, huquqiy masalalar to’g’risidagi muhim g’oyalar ilgari suriladi. Bu tariqatlardagi g'oyalar uzoq yillardan buyon insonning jamiyatdagi o 'z haq-huquqlarini anglab olishlarida va uni himoya qilishlarida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Yassaviy, G'ijduvoniy, Naqshbandiy tariqatlarida insonning shaxsiy va ijtimoiy huquqlari masalasi insonning Alloh taolo va uning rasuli Muhammad alayhissalom oldidagi tengligi misolida bayon qilinadi. Islom tariqatlarida har bir kishining dinga e ’tiqod qilishi, uning foydali mehnat bilan shug‘ullanishi, ilm olishi, aybsiz jazolanmasligi, qiynoqqa solinmasligi singari masalalar b o‘yicha ilgari surilgan g’oyalar muhim ahamiyatga egadir. Alisher Navoiy o'zining “Nasoyim ul-muhabbat” asarida m o'm in- m usulmonlaming dinga e ’tiqod qilish huquqiga ega ekanligi to’g’risida Naqshbandiya tariqatida berilgan fikrlarga yuqori baho beradi. Uning yozishicha, Bahouddin Naqshband islom shariatiga va uning talablariga rioya qilish ixtiyoriy ekanligini qayd qiladi va bu talablarning ijrosida insonning qadr-qimmati kamsitilishiga yo’l qo‘yib bo'lm asligi zarurligini ta ’kidlaydi. Tasavvuf ilmida bir qancha yo'nalish bo‘lib, ularning islomda birmuncha keng tarqalgan yo‘nalishlaridan biri Naqshbandiya tariqatidir. Unda ilgari surilgan “dil ba yom dast ba kor” (dil - Allohda, qo‘l - ishda) mavzusidagi g’oya insonni mehnat qilishga undash bilan birga, uning mehnat qilish huquqiga ega ekanligini ham bildiradi. Haqiqatan ham, Naqshbandiya ta’limotiga amal qilgan kishilar halol mehnat bilan kun kechirish, Allohning marhamatlaridan bahramand bo’lish, o’z oilasini obod qilish, savdo-sotiq bilan shug‘ullanish va boshqa shular singari shaxsiy va ijtimoiy huquqlardan foydalanishga harakat qilganlar. Tasavvuf ilmida musulmonlik haq-huquqlariga doir masalalar o'zining chuqur ifodasini topgan. Alloh oldida barchaning tengligi g’oyasi tasavvuf ilmining asosini tashkil qilganligi uchun ham unda Alloh taolo va uning rasuli Muhammad alayhissalomning haq-huquqlari juda keng va chuqur ifodalab berilgan. Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar”, Abduxoliq G’ijduvoniyning “Vasiyatnoma”, Imom G’azzoliyning “Oxiratnoma” asarlarida inson zoti Alloh buyurgan amallami bajarish bilan uning oldidagi o’z haqini ado etishi, Alloh va uning payg‘ambari Muhammad alayhissalomning inobati bilan berilgan shariat huquqlaridan foydalanishi va shu yo’l bilan har bir m o‘min komil inson bo’lib hayot kechirishi mumkinligi to’g’risida qimmatli flkrlar yozilgan. Shuningdek, ulaming asarlarida ota-onalaming, farzandlaming, qarindosh-um g‘laming, em xotinning, davlat rahbarlari va raiyatning, qo'shnilarning haq-huquqlari o’zining aniq ifodasini topgan. Insonning erkin bo‘lishi g’oyasi Tasavvuf ilmining asosini tashkil etadi. Chunki, tasaw u fd a insonning xatti-harakatlari, uning jam iyatdagi mavqei qanday bo‘lishi mumkinligi Alloh taoloning irodasiga bog'liq ekanligi bilan asoslab beriladi. Har bir insonning Alloh taolo visoliga yetishi g'oyasi Tasavvuf ilmida uning insonga xos bo'lgan haq-huquqlaridan biri sifatida qaraladi. Bu huquq islomda shariat talablariga asoslangan bo'lib, unga to'sqinlik qilish Alloh taologa shak keltirish bilan barobardir. Shuning uchun ham, Tasavvuf ilmining namoyandalari o'zlarining asarlarida musulmonlik haq-huquqlari orasida insonning Alloh taologa iymon keltirishi zarurligini ta’kidlaydilar. Tasavvuf ilmining yetuk namoyandalaridan biri Ahmad Yassaviy o'zining “Hikmatlar” asarida har bir inson Alloh taoloning visoliga yetish huquqiga ega ekanligini ko'plab hayotiy misollar asosida tushuntirishga harakat qilgan. Shuning bilan birga, Yassaviyning Tasavvuf ilmidagi qarashlari uning har bir insonning kiyim-kechakka, uy-joy ga ega bo'lish singari huquqlarga ega ekanligi g'oyasi bilan ham chambarchas bog'lanib ketgan. Insonga zulm qilmaslik, tazyiqqa duchor etmaslik, shaxsiy hayotiga aralashmaslik singari insonparvarlik g'oyalari Yassaviy hikmatlarida o'zining chuqur ifodasini topgan.Sharq olamida mashhur bo'lgan “Fiqh” ilmi inson huquqlari va ulami himoya qilishni shariat qonunlari asosida yoritib berishdagi asosiy inanbalardan biri hisoblanadi. Fiqh ilmi o 'rta asrlarda sharq mamlakatlarida shariat m e’yorlari va tartib-qoidalarini qonuniy y o 'l bilan tartibga solib turish zarurati asosida vujudga kelgan.Fiqh ilmi islom olamida juda keng tarqalgan bo'lib, uning ijodkorlari Qur’oni Karim, Hadisi Shariflar, Ijmo hamda Qiyosdagi huquqiy ko'rsatm alar, yo’l-yo‘riqlar, qonun-qoidalami o'rganish va ularning mohiyatini ochib berish bilan shug'ullanganlar. Ular islom va uning qoidalarini mukammal o'rganganlar, bu qoidalar orasida huquqshunoslikka oidlarini tanlab olganlar va tartibga keltirganlar. Bu ish bilan shug'ullangan mutafakkirlar turli davrlarda va turli xil sharoitlarda yashaganlar. Bu hoi, shubhasiz, ularning masalaga turlicha yondashishlariga sabab bo'lgan. Ulaming ayrimlari boshqalarining ishlaridan xabardor bo’lganlari holda, b a ’zilari esa, mutlaqo bexabar holda ish olib borganlar. Shu bois, islom olamida fiqh ilmi bilan shug'ullanuvchi ko'plab mazhablar yuzaga kelgan. Bu mazhablar uning asoschilari nomi bilan atalib kelingan. Fiqhi Hanifiy, Fiqhi Molikiy, Fiqhi Shofiy, Fiqhi Xanbaliy singari mazhablar bulaming eng asosiylari bo'lgan. Islom huquqshunosligi qoidalari, Q ur’oni Karim va Hadisi Shariflarda berilgan ta ’limotlarga asoslanganligi uchun ham bu mazhablarda huquqiy masalalami tahlil qilishga yondashishlarda umumiy, o'xshash tomonlar ko'p bo'lg an. Islom olamida fiqh ilmi qozilar, mirshablar va ko'plab hukmdorlar uchun dasturilamal vazifasini bajargan. Ular jinoyat va jazoni tasnif qilishda, aybdorlami jazolash va begunohlami afv etishda fiqh ilmi va uning turli mazhablari tomonidan yaratilgan kitoblardan keng foydalanganlar.Sharqda fiqh ilmining yaratilishi va uning rivojiga Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Burhoniddin M arg'inoniy, M oturidiy, Abu Hanifa, Imom Molik, Muhammad ibn Idris Shafoiy, Imom Ahmad ibn Xanbal singari huquqshunoslar katta hissa qo'shganlar. Bularning har biri islomni, uning qoidalarini, islom shariatida amalda bo'lgan huquqiy masalalami va bu haqda mavjud bo'lgan ta’limotlami juda yaxshi bilganlar. Ular Sharq olamida o'ziga xos maktab yaratib, bunda shariatda amalda bo'lgan qonun-qoidalami huquqiy jihatdan asoslab berishga harakat qilganlar. Ulaming bu sohada qilgan buyuk ishlari, yaratgan asarlaridan musulmon mamlakatlaridagi qozilar va huquqning boshqa himoyachilari hozirgi kungacha ham foydalanib kelmoqdalar. Inson huquqlari va ularga amal qilishning yo'llari hamda shart- sharoitlarini ko'rsatib berish borasida Sharq mutafakkir olimlari, davlat va jam oat arboblari tomonidan yaratilgan ta’limotlar o 'z davri uchun qanchalik muhim ahamiyatga ega bo'lsa, ular o'zining ahamiyatini bizning davrimizda ham yo'qotgani yo'q. Bu ta ’limotlar hozirgi kunda mamlakatimizda insonparvar, demokratik jam iyat qurish sharoitida yanada chuqur m a’no kasb etmoqda. Buning mohiyati O 'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan juda aniq ta’riflab berilgan: “Buyuk davlat poydevorini qurish, dunyoda o’zimizga munosib o’rinni egallashda al-Beruniy, Ibn Sino, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, al-Buxoriy, at-Termiziy, Amir Temur, Mirzo U lug'bek, Hoja Bahouddin Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi bobolarimizning bebaho merosi hamisha boshimizni baland, qaddimizni tik qiladi, xalqimizning kuchiga-kuch, g’ayratiga-g‘ayrat, ishonchiga-ishonch qo‘shadi”. Qur’on oilaviy hayotda er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar, baxtli nikox, oilaviy turmush, farzand tarbiyasi, ajralish va uning yo‘l-yo‘riqlari haqida tegishli ko‘rsatmalar beradi. Hadis - Qur’ondan keyingi Muhammad Payg’ambarning hayoti, faoliyati va ko‘rsatmalarini aks ettiruvchi manba. Hadis ko‘p jildli to‘plamlarda saqlangan, mutlaqo ishonchli bo‘lishi uchun puxta tartibga solingan va maxsus tekshiruvlardan o‘tkazilgan. Bu manba odamlar orasidagi tortishuvlar, oilaviy kelishmovchiliklar va hokazolarni hal etishda dasturilamal bo‘lib xizmat qilgan. Hadislar Payg’ambarning turli vaziyatlardagi xulq-atvorini eng kichik tafsilotlariga qadar ta’riflab bergan va bamisoli axloq kodeksiga, axloq tuzugiga aylangan, chunki Xudoning erdagi elchisining xulq-atvori o‘zini chin musulmon deb biladigan musulmon uchun shak-shubhasiz taqlid qilinishi kerak bo‘lgan amaldir. Hadislarda aniq ma’noni istalgan muqobil so‘z shakliga o‘tkazish mumkin, ayni paytda Qur’on matnida esa so‘z ifodasini umuman o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qur’on va Hadislar nikoh qurish, farzand ko‘rish, balog’atga etish, oilaviy hayot va o‘lim singari insonlar hayotidagi muhim voqealarda nimalar qilinishi zarurligini ko‘rsatadi. Oila haqida qayg’urish islom dinida puxta ishlab chiqilgan keng qamrab oluvchi nikoh tizimida namoyon bo‘ladi. Oilagacha boshlanadigan bu tizim «Nikoh» bilan mustahkamlanadi va oilaviy munosabatlarda davom etadi. U oilaning har bir a’zosi (ham ota-ona, ham farzand) huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini aniq tasvirlab beruvchi oliy tushunchalardan iborat. Oilaviy munosabatlar o‘z-o‘zidan rivojlanadigan, o‘zaro nazorat qilinadigan, rahm-shafqatli va sevgi-muhabbatga to‘la bo‘lishi kerak. Xudbinlik, g’azab, e’tiborsizlik, begonalik hamda jismoniy va axloqiy tahqirlash kabi xislatlar ularga begona bo‘lishi kerak. Oilaga nisbatan islom dinining bunday nuqtai nazari Quronning oilaviy munosabatlarga taalluqli asosiy printsiplaridan kelib chiqadi. Nikoh munosabatlarining to‘g’ri boshlanish muvaffaqiyat va ularning xotirjam yuksalishining garovi bo‘lishi muhimligini anglash zarur. Qur’on nikoh - sunnaning bir qismi ekanligini eslatadi va uning eng yaxshi misollarini ko‘rsatish uchun Alloh payg’ambarlarni tanlagan: «Darhaqiqat, sizdan ilgari ham (ko‘p) payg’ambarlar yuborganmiz va ularga juftlar va zurriyotlar berganmiz». Hadislardan birida Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) shunday deydilar: «Nikoh mening an’anamdir, bu an’anadan yuz o‘girgan kishilar men bilan emasdir». Islom dinida nikoh - bu farzandlar tarbiyalash va baxtli oila qurish uchun o‘zaro yordam, samimiylik va sabr-matonatlilik prinpiplariga tayangan holda bir-birini sevadigan va xohlaydigan erkaklar va ayollarning birgalikda yashashidir. Qur’on erkak va ayol o‘rtasidagi aloqalarni juda aniq tarzda tasvirlaydi: «U zot sizlar hamdam bo‘lishlaringiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratishi va o‘rtalaringizda oshnolik va mehr-muhabbat paydo qilishidir». Hadislarda keltirilishicha Muhammad (s.a.v.) payg’ambarimiz bunday degan: «Sizlarning qaysingiz xuddi men singari o‘z oilasi (xotini) uchun namuna hisoblansa, o‘sha eng yaxshi kishidir». Oila ma’naviy va axloqiy tomondan qanchalik mustahkam bo‘lsa, uning xursandchiligi va baxti shuncha ishonchli bo‘ladi. NIKOH Jumla maxluqotni juft qilib yaratgan va insonni nikoh bilan sharaflantirgan Allohga behad hamdu sano va shukronalar bo‘lsinki, bu nikoh bizlarni fahshdan, zinodan saqlovchi, halol bilan haromni ajratib turuvchi chegara-to‘siqdir. “Nikohlanish mening sunnatimdir va kimki sunnatimdan yuz o‘girsa, bizdan emas”, deb shar’iy oila qurishga da’vat qilgan haq payg‘ambar hazrati Muhammad Mustafoga, u zotning ahli xonadon va ashoblariga Allohning behisob salotu salomi bo‘lsin. “Nikoh” so‘zining lug‘aviy ma’nosi mujomaat (jinsiy aloqa) qilish, majozan esa oila Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin www.ziyouz.com kutubxonasi 3 qurish deganidir. Shariatda ijob va qabul (ikki tomonning roziligi) bilan hosil bo‘ladigan nikoh tufayli er-xotinga bir-biridan barcha ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanmoq halol bo‘ladi. Nikohda muhim sunnatlar va haqlar bor. Ularni bajarish majburiyati, mas’uliyati eru xotin zimmasiga yuklatiladi. Agar er-xotin bularni ado etmasa, balo va ofatlarga duchor bo‘lishi mumkinki, hamma ham bu jihatini his qilib, tushunavermaydi. Masalan, oila nafaqasi uchun halol rizq topish, ahli ayol va farzandlarga to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berish kabi. Shuningdek, nikoh mazmun-mohiyati bilan dinni ustuvor qilish, axloqni yaxshilash va sayyidi koinot hazrati Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamning faxru iftixorlari bo‘lgan xayrli va muborak bir ishdir. Bu xususda hadisi shariflarning birida bunday marhamat qilinadi: “Nikohlaninglar, ko‘payasizlar. Albatta, men qiyomat kunida o‘tgan ummatlarga nisbatan sizlar (ya’ni ummatimning ko‘pligi) bilan faxrlanaman. Hatto qorindan tushgan noraso va chala tug‘ilgan bola bilan ham”. Nikohni ayrimlar moddiy qiyinchilik, yetishmovchilikka sabab bo‘ladi, deb gumon qiladilar. Aksincha, nikoh tufayli insonning rizqi va davlati ziyoda bo‘ladi. Chunki yaratgan Parvardigor Qur’oni karimning “Nur” surasi 32-oyatida: “...Agar ular (nikohlanuvchilar) kambag‘al bo‘lsalar, Alloh ularni O‘z fazlu karami bilan boybehojat qilur”, deya mujda beradi1. Hadisi sharifda: “Bir musulmonning nikohida hozir bo‘lgan kishi bir kun Alloh yo‘lida ro‘za tutgandek bo‘ladi va bu bir kun (savob yuzasidan) yetti yuz kunga barobar”, degan ulug‘ xushxabar berilsa, boshqa bir hadisi sharifda esa: “Ikki kishining nikohiga shafe’ bo‘lsang, ya’ni ularni juftlashtirmoqqa sabab bo‘lib, sa’y qilsang, shafoatning afzali shudir”, deya marhamat qilinadi. Hatto, yuqorida eslatganimizdek, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Albatta nikoh - mening sunnatim, kimki sunnatimdan yuz o‘girsa, u bizdan emas”, deganlar. Bu xitob Payg‘ambar alayhissalomning sunnatlarini xush ko‘rmagan va nikohga qodir bo‘la turib uylanmaganlarga tegishli. Ba’zi uzrli sabablarga ko‘ra turmush qurmadiganlar bundan mustasno. Nikohning fazilatlaridan yana biri shuki, uylanayotgan kishi zarurat bo‘lganda nikoh uchun qarz olsa, “Qanday to‘lar ekanman?” deya boshi qotmasin. Zero, bu qarzning adosini mehribon Parvardigor o‘z zimmasiga olgan. Agar uylanuvchi kishining niyati poklik, taqvodorlik bo‘lsa, hech qanday qiyinchilik, faqirlik va muhtojlikdan qo‘rqmasin. Bu borada hazrat Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: “Faqirlik va muhtojlikdan qo‘rqib oila qurmaganlar bizdan emas”, deb qattiq ogohlantirganlar. Hanafiy mazhabimizda nikoh olti qismga bo‘linadi: 1. Ayolning mahrini berishga, nafaqasini ta’minlashga qodir, aqliy va jinsiy sog‘lom, uylanmagan taqdirda zino qilishi aniq bo‘lgan kishiga nikohlanish farz. 2. Jinsiy ojiz bo‘lmagan, mahr berishga va nafaqasini ta’minlashga qodir, uylanmasa, zino qilish ehtimoli bo‘lgan kishi uchun uylanish vojib. 3. Jinsiy tomondan o‘rtacha, zino qilish ehtimoli bo‘lmagan kishi uchun oila qurish sunnat. 4. Oila tebratish majburiyatiga bo‘ysunmay, xotiniga zulm o‘tkazishi shubhasiz bo‘lgan kimsaning uylanishi haromdir. Zero, bunday turmush har ikki taraf uchun saodat emas, Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin www.ziyouz.com kutubxonasi 4 baxtsizlik keltiradi. 5. Oilani boshqarish haqlariga rioya qilmasdan, xotiniga zulm qilishidan qo‘rqilgan kimsaning uylanishi makruh. 6. Zino qilish qo‘rquvi bo‘lmasa ham, jinsiy lazzat olish uchun uylanish muboh. NIKOH VAQTI Shariatda nikoh uchun muayyan biror oy yoki biror bir kun tayin qilinmagan. Ammo shavvol oyida nikohlanmoq afzalroq. Chunki Oisha onamiz roziyallohu anho: “Meni Nabiy sallallohu alayhi vasallam shavvol oyida nikohladilar”, deganlar. Ma’lumki, shavvol oyi qamariy oylarning o‘ninchisi hisoblanib, ramazon va qurbon hayitlari orasida keladi. Quyidagi rivoyat xalqimiz orasida tarqalgan, “Ikki hayit orasi nikoh joiz emas” degan botil aqidaning puchligiga dalil bo‘ladi. Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallamning “La nikaha baynal ‘iydayni” degan so‘zlarini hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bunday sharhlaganlar: “Bu qavl ikki hayit orasida nikoh nojoiz, degani emas. Bu hadisi sharifning boisi shunday: bir yili qish faslida hayit namozi juma kuniga to‘g‘ri kelib qoldi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hayit namozini o‘qidilar va juma namoziga hozirlanmoqchi bo‘lib, uyga qaytdilar. Sahobai kiromlardan birlari Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: “Ey Allohning rasuli! Hozir falon joyda bir nikoh bor edi...” dedilar. Qish faslida kun qisqaligidan juma namoziga vaqt kam qolgani uchun Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ikki hayit orasida, ya’ni hayit va juma namozining o‘rtasida nikoh yo‘q, dedilar”. Chunki juma kuni ham musulmonlarga hayit hisoblanadi. NIKOHNING SUNNATLARI Nikoh bilan zinoni ajratmoq uchun nikohni el orasida e’lon va izhor qilmoq sunnatdir. Poytaxtimiz Toshkentda ko‘pincha Bibi Oisha onamiz roziyallohu anho rivoyat qilgan hadisi sharifga muvofiq, nikoh asosan masjidlarda o‘qiladi. Ammo viloyatlarda bu holatning aksini ko‘rish mumkin. Ya’ni kelinlarni kechasida maxfiy yoki kuyovning uyiga olib borgandan keyin, ba’zan ikki uch kun, ba’zan esa bir haftadan so‘ng nikoh o‘qiladi. Agar kelin o‘g‘irlangan bo‘lsa, bu holat nafaqat sunnatga, balki farzga ham xilofdirki, xonadonga baxt emas, balo olib keladi. Nikoh paytida eng kamida to‘rt kishining hozir bo‘lmog‘i shart. Chunonchi, quyidagi hadisi sharifda ham shu haqda bayon qilingan: “To‘rt kishi hozir bo‘lmagan nikoh sifohdir (ya’ni sahih emas, zinodir): uylanuvchi, kelin yoki kelinning vakili va ikki odil guvoh”. Nikoh paytida xutba o‘qish ham sunnat. Shuningdek, kelin-kuyovning boshidan sochqi (qand, bodom va tangalar) sochish va odamlarning sochqilarni tabarrukan shitob bilan terib olishlari ham sunnat hisoblanadi. Ta’kidlab o‘tmoq lozimki, hazrati Rasul alayhissalom va sahobai kirom raziyallohu anhum zamonalaridan keyin yangi chiqqan amallarni bid’at deyiladi. Ammo bid’at ikki xil bo‘ladi: hasana (yaxshi) va sayyia (yomon). Shariatga muvofiq bo‘lgan yangi amallar bid’ati hasana bo‘lib, unga amal qilish savobli va maqbuldir. Sunnatlardan yana biri kuyov chimildiqqa ilk bor kirganda kelinning oyoqlarini yuvib, suvini uyning burchaklariga sepishdir. Zero, bu amal tufayli ushbu xonadonga fayzu baraka yog‘iladi. Mazhabimizdagi asosiy fiqh kitoblaridan biri bo‘lgan “Muxtasar ul-viqoya”ning turkiy sharhi “Majma’ ul-maqsud”da quyidagi hadisi sharif keltirilgan. Abi Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallollohu alayhi vasallam ba’zi sahobalariga vasiyat qilib dedilar: “Qachonki, yangi olgan xotining uyingga kelsa, o‘tirgan zamonida oyog‘idagi mahsisini yechib ol. Ikki oyog‘ini yuv, oyog‘idan musta’mal bo‘lib tushgan suvni uyning eshigiga Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin www.ziyouz.com kutubxonasi 10 (ostonasiga) va (to‘rt) burchagiga sep. Shunday qilsang, Xudoi taolo sening hovlingdan yetmish xil faqirlikni chiqargay va yetmish xil g‘aniylikni (boylikni) kirgizgay. Va yetmish rahmatni senga nozil qilgay, u rahmat jufting ustida tebranib turgay, toki u rahmatning barakasi uyingning hamma burchaklariga yetgay va u xotin, har qachonkim shu hovlida bo‘lsa, jinni bo‘lmoqdan va maxov bo‘lmoqdan va pes bo‘lmoqdan omon bo‘lgay”. MAHR Nikoh vaqtida kuyov tomonidan kelinga beriladigan doimiy va shaxsiy mulkni mahr deyiladi. Mahr nikohning vojiblaridan biri bo‘lib, uning miqdori nikoh vaqtida tayin qilinadi. Nikoh payti mahr tayin qilinmasa ham, nikoh sahih hisoblanadi, ammo mahri misl berish vojib bo‘ladi. Mahri misl shuki, kelinga ota tomonidan qarindosh, aqli, dini, xusni, yoshi, molmulk va obro‘si barobar, hatto qiz yo juvonligi muvofiq bo‘lgan tengining mahri miqdoridir. Agar ota qavmidan tengi topilmasa, u holda begonalarga qiyoslanadi. Mahr kuyov tomonning imkoniyatiga qarab belgilanadi. Mahrni quyidagi rivoyatga muvofiq berish sunnatdir. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qizlari Fotima roziyallohu anhoni hazrati Ali karramallohu vajhahuga to‘rt yuz misqol nuqra mahr bilan uzatdilar. Mahrning eng kam miqdori ham bor va bu qiymat “Majma’ ul-maqsud”da o‘n tanga deyilgan. Agar mahr bu miqdordan kam belgilansa ham, o‘n tanga berish vojib bo‘ladi. Ko‘pincha, nikoh paytida qizning mahrini belgilamay, “mahriga bitta uy, oldi ayvon, sigiri bilan” deb qo‘yishadi. Buni kelin-kuyov tushunmaydi ham. Oqibatda kelinlarimizning haqlari paymol bo‘ladi. Uy ham, mol ham bo‘lajak oilaning umumiy mulkidir. Nikoh paytida guvohlar ishtirokida mahrni aniq belgilash, bu narsa kelinning shaxsiy va daxlsiz narsasi ekanligini tushuntirish, kuyovga esa va’da qilingan mahrni aslo esdan chiqarmay, taqdim etishni yuklash, ayniqsa, muhimdir. Mahrni chin dildan rozi bo‘lib, xursandchilik bilan berish kerak. “Niso’” surasining 4- oyatida Alloh taolo: “Va beringlar xotunlarg‘a alarning mahrlarini xursandlik ila!..” deb buyurgan. Ma’lumki, bugungi kunda kuyov tomonidan kelin tarafga to‘y xarajatlari uchun u-bu narsalar yuborish odati bor. Kelin tomondagilar bu narsalarni to‘yga ishlatadilar va qolgan ashyolar esa to‘ydan keyin kelin-kuyovlarga beriladi. Bu narsalar mahr bo‘ladimi, yo‘qmi, degan savol tug‘iladi. Agar faqat to‘y xarajati niyatida yuborilgan bo‘lsa, mahr Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin www.ziyouz.com kutubxonasi 8 hisoblanmaydi, lekin kelinning mahri deb bersalar, mahr hisobiga o‘tadi. Valiylar qabul qilgan taqdirda ham, yuqorida ta’kidlaganimizdek, mahr kelinning shaxsiy va daxlsiz mulki bo‘lgani uchun, uni xarj qilish ham kelinning ixtiyoridadir. Bu narsalarni so‘ramasdan ishlatishga hech kimning, hatto ota-onasining ham haqi yo‘q. Yana bir odat bugungi kunda og‘riq nuqtalardan hisoblanadi. Ayrim joylarda kelin taraf kuyov tomonidan “sut puli” va shunga o‘xshash narsalarni tama va talab qilishadi. Bu narsalarning ham mahrga aslo daxli yo‘q, aksincha, bid’at-xurofot ishlar sarasiga kiradi. Ba’zi xalqlar hali ham qalin deb, ko‘p mol-mulk olish xurofotidan qutila olmagan. Kelin olish uchun ko‘p ming so‘mlab pul, o‘nlab mol-qo‘y, kiyim-kechak va jihozlar berishga, kelin kelgach, undan shu narsalarni undirib olishga o‘rgangan oilalar haligacha bor. Buning dinga aloqasi yo‘q, bu – bid’at, ayniqsa, hozirgi sharoitda xalqimiz boshiga tushgan musibatdir. Qolaversa, bunday qalin olish-berish qizlarimizning haq-huquqini kamsitish, ularni oldi-sotdi qilish demakdir. Ana shu xurofot sababdan qancha yigitlar uylanolmay halak, qizlarimiz esa turmush qurolmay, baxti paymol bo‘lmoqda... Qizimizni “qimmatroqqa sotish”ni o‘ylamay, buning o‘rniga unga Allohdan baxt-saodat, qo‘sha-qo‘sha farzand, oilasiga qut-baraka so‘rab, duoda bo‘lishimiz a’lo emasmi? Janobi Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Ehtiyoji kam, mahri oz va farzand ko‘rishi oson bo‘lgan ayol barakotli ayoldir”, deb bejiz aytmaganlar. Yana mahrning naqd va nasya shakli bor. Ammo, aytib o‘tilganidek, mahr o‘z ixtiyorini begona bir odamga topshirayotgan qizning ko‘nglini ko‘tarish, yangi oilasiga, xossatan turmush o‘rtog‘iga mehr-muhabbatini ziyoda qilish uchun beriladiki, nasyadan ko‘ra naqd bo‘lgani avloroq. Kuyov mahrni ado qilmoq uchun kelindan muhlat so‘ramasin, agar kelin o‘z ixtiyori bilan kechiktirishga rozi bo‘lsa, hech boki yo‘q. Yigit mahrning hammasini berolmagan taqdirda ham, bir qismini ertaroq yuborsin. Mahrning ma’lum bir qismiga qizlar uchun qadrli bo‘lgan zirak, uzuk, soat kabi tilla taqinchoqlar, marjon, marvaridga o‘xshash ziynatlar va pardoz ashyolari olib, nikoh paytida berilsa, nihoyatda foydali bo‘ladi. Qolaversa, shirin xotiralarga oshno ayollar uchun, bu baxtli-saodatli kunlaridan qimmatli bir esdalik bo‘lib qoladi. Bu holda ham albatta kuyovning qudrat va toqatiga e’tibor berish lozim. Oila. Dinimizda oila qurishga erkak va ayol birdek targ'ib qilingan. Oila qurmasdan, tarkidunyochilik yo'lini tutish qoralanib, buning aksi bo'lgan nikoh ibodat darajasiga ko'tarilgan. Payg'ambarimiz (alayhissalom) nikohlanish faqat o'zlarining sunnati emas, balki o'tgan barcha payg'ambarlarning ham sunnati ekanini aytganlar. Payg'ambarimizdan (alayhissalom) bu borada rivoyat qilingan hadislarning birida: «Ey yigitlar, sizlardan qay biringiz oila qurishga qurbi yetsa, uylansin. Uylanish nomahramlarga ko'z tashlashdan, zinokorlikdan asraydi. Qurbi yetmagan kishi ro'za tutsin, toki unga to'siq bo'lsin», deyilgan (Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy). Darhaqiqat, Alloh insonni, u erkak yoki ayol bo'lsin, nafsiy rag'bat bilan yaratgan. Ayni paytda ushbu rag'batni halol-pok yo'l bilan qondirishni buyurib, nikohni joriy qilgan. Albatta, har qanday inson bolog'at yoshiga yetgach, undagi yashirin nafsoniy rag'bat avj ola boshlaydi. Allohdan qo'rqib, Payg'ambarimizning (alayhissalom) ko'rsatmalariga amal qilaman degan banda, agar moddiy va boshqa imkoniyatlari mavjud bo'lsa, nikohlanish orqali buning oldini oladi. Nafs rag'batini haromga yurib qondirish yo'li bo'lgan zinodan o'zini saqlaydi. Boshqa bir hadisda esa: «To'rtta yaxshi ish bor, ular payg'ambarlar sunnatidan sanaladi: hayo, xushbo'ylik, misvok tutish va uylanishdir», deb marhamat qilinadi (Imom Termiziy rivoyati). Payg'ambarimizdan (alayhissalom) yana shunday hadis bor: «Kim uylangan bo'lsa, dinining yarmini mukammal qilibdi, qolgan yarmida Allohga taqvo qilaversin» (Tabaroniy, Bayhaqiy, Hokim rivoyati). Islom ta'limotiga ko'ra, oila Yaratganning roziligini topish, Payg'ambarimiz (alayhissalom) axloqlari, islomiy odob bilan ziynatlanish va pok yo'l bilan insoniyat naslini davom ettirish maqsadida quriladi. Shuning uchun dinimiz oilani nikoh asosida qurishga alohida ahamiyat beradi va nikohni insoniy aloqalarning eng muhimi sifatida yuksak qadrlaydi. Zero, oila katta jamiyatning kichik bir bo'lagi hisoblanadi. Jamiyat yomonlik va buzg'unchilikning barcha turlaridan xoli tinch va obod bo'lishi, avvalo, ushbu kichik jamiyatning tinchligiga bog'liq. Oila tinchlik-xotirjamligi va saodatini ta'minlash oiladagi har bir shaxsning o'z mas'uliyatini his qilishi va bajarishi bilan barqaror bo'ladi. Bunday mas'uliyatni esa, er va xotin o'rtasini bog'lab turuvchi nikohgina joriy qilishi va mustahkamlashi mumkin. Payg'ambar (alayhissalom) bir hadislarida: «Nikoh mening sunnatimdir, kim sunnatimdan voz kechsa, u mendan emas (ya'ni, ummatimdan emas)”, deganlar. Demak, nikoh asosida turmush qurish Alloh taoloning buyrug'i, Payg'ambarimizning (alayhissalom) sunnatlari ekan, musulmon kishi oila qurishni paysalga solmay, uni shar'iy nikoh asosida amalga oshirishi lozim. Nikoh tufayli inson o'z nasl-nasabining pokligini saqlaydi, iffatini asraydi, buzuqlik, zino singari harom ishlardan tiyiladi. Download 82.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling