Islom svilizatsiyasi tarixida buxorolik xoja Muhammad Porso ijodining tutgan o’rni


Download 13.06 Kb.
Sana16.06.2020
Hajmi13.06 Kb.
#119233
Bog'liq
Muhammad porso 1


Islom svilizatsiyasi tarixida buxorolik xoja Muhammad Porso ijodining tutgan o’rni

Toshkent davlat pedagogika universiteti

Termiz filiali pedagogika va psixologiya

Yo’nalishi 1-bosqich talabasi Usanova Bahoroy

Annotatsiya. Yurtimiz islom svilizatsiyasining markazlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada ham buxorolik alloma xoja Muhammad porso ijodi haqida so’z yuritiladi. Tasavvuf olamida o’z yo’liga ega bo’lgan allomaning tug’ulib o’sgan shahri haqida qisqacha ma’lumot beriladi.

Kalit so’zlar. Buxoroyi sharif, qadimgi shaharlar, Qubbat-ul islom, marifatparvarlik, porso ijodi, tarixiy yodgorliklar.



Bizning mamlakatimiz bugungi kunda dunyo xalqlarini hayratga solib kelmoqda. Negaki, boy tariximizga ega ekanligimiz bilan rivojlangan davlatlar bilan tenglasha olamiz.Bu haqida muhtaram 1-prezidentimiz Islom Karimov o’zining "Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarida yozib o’tganidek "Bizning qadimiy va go’zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon svilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda”. Bu so’zlar orqali muhtaram 1-prezidentimiz xalqimizning madaniy merosini har tomonlama o’rganish kerak ekanligini aytib o’tib ketganlar. Haqiqatdan ham yurtimizning ko’plab shaharlari madaniyatimiz rivojlanishiga asos bo’lib xizmat qila oladi. Qadimgi dunyo tarixiga nazar soladigan bo’lsak, qadimgi Baqtrya, Xorazm Afrosiyob kabi shaharlarimiz svilizatsiyamiz rivojiga hissa qo’shgan shaharlar hisoblanadi. Samarqand, Buxoro, Qarshi, Toshkent, Termiz singari shaharlar esa o’rta asr madaniyatining ravnaq topishida alohida o’rin tutadi. Bu shaharlar orasida Buxoro o’zining boy tarixiy merosi bilan ajralib turadi. Buxoroyi sharif (sharofatli Buxoro) Buxoroning keng tarqalgan nomlaridan biri bo’lib, ilmiy markaz sifatida mashxur bo’lgani uchun shunday unvon bilan nomlangan. Buxoro shahri arab halifaligi va somoniylar davridan yuksala boshlagan. Buxoro shahri islom dinini targ’ib qilish yo’lida ham muhim rol o’ynagan. Buxoro shahridan hadis ilmining yirik targ’ibotchilari yetishib chiqqan. IX asrda Buxoro islom dini, madaniyati va huquqshunosligining sharqdagi markazlaridan biriga aylanganligi tufayli “qubbat ul-islom” ya’ni “islom dinining gumbazi” degan nom bilan atala boshlangan. Buxoro o’rta asrlarda madaniyat o’chog’iga aylangan. O’z vaqtida bunyod etilgan 200 ga yaqin madrasalarda talabalar diniy va dunyoviy bilimlarni egallashganlar. Shayx Sayfiddin Boxarziy tufayli Buxoroning shuhrati islom olamiga yoyildi. Natijada 13-asrdan Buxoro yana bir yangi nom "Buxoroyi sharif” nomi bilan atala boshlandi. Mana shunday ulug’ nomlar bilan atalgan shaharda juda ko’p allomalar yetishib chiqishgan. Bulardan Imom Buxoriy, Ibn Sino, Narshaxiy, Bahouddin Naqshband, Xoja Muhammad porso, Aduholiq G’ijduvoniy kabi bobolarimizni misol qilib olsak bo’ladi. Buxoro islom olamida alohida o’ringa ega,sababi tasavvuf ilmiga juda kata hissa qo’shgan allomalar aynan Buxoroda tug’ulib o’sganlar. Islom olamidagi naqishbandiya tariqatining asoschisi Naqshbandiy ham Buxoroda dunyoga kelgan. Naqishbandiya tariqatining yanada rivojlanishiga esa Xoja Muhammad porso o’z hissasini qo’shgan. Xojogon –naqshbandiya tariqatining yirik vakili porso nomi bilan mashxur bo’lgan Muhammad bin Muhammad bin Mahmud al-Hofiziy al-Buxoriy hisoblanadi. Porso 1420-yilda tug’ulgan bo’lib tasavvuf tarixida alohida o’rin egallaydi. Porso ijodi va hayoti haqida o’zbek va chet ellik islomshunos va tarixshunos olimlar juda ko’p ilmiy tadqiqot ishlarni amalga oshirganlar. Ammo porsoning diniy va falsafiy qarashlari xususida aniq bir tadqiqot yuzaga kelgani yo’q. Allomaning hayot yo’li haqida Jomiyning “Nafosat ul-uns min hazorat il quds” tazkirasi, Xoja Ahrori Valiyning “Malfuzot” nomli asarlaridan ma’lumot olamiz. Xoja Muhammad porso xalqimiz ma’naviyatida butun islom va tasavvuf tarixida o’z yo’liga ega bo’lgan buyuk allomadir. Porso asarlari bugungi vaqtda O'zbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Porso ijodi Buxoro madaniyatining yuksalishiga asos bo’lib xizmat qilgan desak to’g’ri bo’ladi. Umuman birgina porso ijodini emas butun Buxoro tarixini o’rganish an’anaviy qadriyatlarni tiklash ham shaharning o’lmas ma’naviyatiga o’z tasirini o’tkazadi. Buxoroda tarixiy shaxslarning ijodi bilan bir qatorda me'moriy yodgorliklar ham bu o’lkaning tarixi naqadar boy ekanligini ko’rsatadi. Buxoro Arki, Minorai Kalon, Ismoil Somoniy maqbarasi, Ulug’bek tomonidan qurdirilgan madrasa bularning barchasi shahar tarixidan so’zlab turishibdi. Bu esa Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Xitoy, Koreya, Rossiya, Arab davlatlaridan sayyohlarning kelishiga sabab bo’lishmoqda. Sayyohlarning yildan yilga ko’payib borishi ota-bobolarimiz qo’li bilan yaratilgan inshoatlarni asrab avaylashimiz, ularning yanada chiroy ochishiga o’z hissamizni qo’shmog’imiz kerakligini talab qilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Islom Karimov, yuksak manaviyat-yengilmas kuch, Toshkent, ”manaviyat” 2008,30- bet

2.”o’zbekiston milliy ensiklopedyiyasi” davlat ilmiy nashriyoti Toshkent 2011,201-205 b



3.M.toxirova buhoroning tarixiy obidalari(kurs ishi) buhoro,2014 10-11b
Download 13.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling