Islom tarixi va falsafasi


“Interpretation and researches”


Download 302.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana08.05.2023
Hajmi302.66 Kb.
#1444444
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
islom-tarixi-va-falsafasi (1)

“Interpretation and researches” 
International scientific journal volume 1 issue 2 
114 
sahrosigacha cho‘zilgan hududni o‘z ichiga olgan. Muhammad (s.a.v.) vafotidan 
so‘ng davlat tepasiga uning eng yaqin safdoshi Abu Bakr keladi va mamlakat Arab 
xalifaligi deb atala boshlaydi. Hukmdor xalifa deb atalgan, bu so‘z arabchada 
“o‘rinbosar” degan ma’noni anglatar edi. Abu Bakr davrida butun Arabiston 
yarimoroli islom dini asosida birlashtiriladi. Keyingi xalifalar: Umar, Usmon, Ali 
davrida ham ko‘plab hududlar bosib olinishi natijasida Arab xalifaligi juda ham katta 
hududlarni egallagan ulkan davlatga aylanadi. Jumladan, xalifa Usmon davrida 
Qur’oni Karim yagona kitob holiga keltiriladi. 
Jumladan, bizning yurtimizga ham bosqinlar bo‘ladi. Arablar dastlab 
Movarounnahrga uni bosib olish uchun emas, balki islom dinini yoyish jihatidan 
tayyorgarlik ko‘rish, mahalliy hukmdorlarni sinash maqsadida yurish qiladilar. 
Movarounnahrga 
ilk 
bor 
hujumlar 
654-yilda 
Maymurg‘ va 667-yilda 
Chag‘oniyondan boshlanadi[5]. 
VIII asr boshlarida arablar Movarounnahr hududini to‘liq bosib olishga 
kirishadilar va bu ishni Qutayba ibn Muslimga topshiradilar. 705-yilda Balxni 
egallashdan boshlagan Qutayba oxir-oqibat Movarounnahr hududlarini to‘liq 
egallaydi. 
Islom dini shu tariqa ko‘plab hududlarga yoyiladi. Ushbu din falsafiy jihatdan 
ham anchayin mukammallikka ega. Mohiyatan olib qaraganda ham islom dini 
mukammal din hisoblanadi. Islom dinining falsafiy-mafkuraviy jihatlariga to‘xtalib 
o‘tilganda tasavvuf, kalom, farz, sunnat, savob, gunoh kabi bir nechta omillarga 
to‘xtalib o‘tish mumkin. Albatta, islom dini falsafiy jihatlarining yanada sayqallanib, 
yanada mukammallashishida yurtimiz hududidan chiqqan olimlar ham katta xissa 
qo‘shgan. 
Kalom (arabcha- gap, nutq, bayon)- islomiy e’tiqod va dunyoqarashga oid 
masalalarni aqliy mulohazaga tayanib dalillash va xulosalashdir[6]. 
Dastlabki davrlarda islom dini ta’limoti aql va tafakkurga tayanib emas, ilohiy 
ko‘rsatmalarga, faqat Qur’on va Sunna ta’limoti bilan cheklangan. Abu Hanifaning 
e’tiroficha, kalom ilmini Amir Ubayd boshlab bergan. Kalom munaqqidlari fikricha, 
Qur’oni Karim va Hadisi shariflarda islom ta’limoti, mafkurasi, e’tiqodiy-nazariy 
qarashlar bayon etilib, har qanday diniy, falsafiy, mantiqiy, aqliy nnazariyalar bekor 
qilingan. 
Kalom ilmida bizning yurtimizdan yetishib chiqqan Abu Mansur Moturudiyni 
alohida ta’riflash joiz. Chunki Moturudiy kalom ilmi ravnaqiga katta xissa 
qo‘shganlardan hisoblanadi. Moturudiydan tashqari Abulhasan Ash’ariy, Abu Bakr 
ar-Roziy, Forobiy, Beruniy, ibn Sino, ibn Rushd, ibn Xaldun, Jurjoniy kabi olimlarni 
ham keltirib o‘tish mumkin. Moturudiy murakkab, tahlikali zamonda o‘zining sof 
qarashlarini ifoda eta olgani sababli “Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan 
yuksak unvonga sazovor bo‘lgan. 



Download 302.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling