Islomda sunniylik, shialik, xorijiylik yo'nalishlari paydo bo'lishi va qarashlari reja
Download 23.15 Kb.
|
ISLOMDA SUNNIYLIK, SHIALIK, XORIJIYLIK YO\'NALISHLARI PAYDO BO\'LISHI VA QARASHLARI
SHuning uchun islomda firqalarga bo‘linish asosan diniy-siyosiy nuqtai nazardan kelib chiqqan deb qaraladi. Birinchi xorijiylarning paydo bo‘lishiga ham xalifa Ali siyosatiga qo‘shilmaslik, shialik esa, xalifalik Ali va uning avlodlariga meros bo‘lib qolishi kerak deb hisoblovchilar sabab bo‘ldi. SHu o‘rinda yana bir narsani alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, islomda firqalarga bo‘linish Muhammad (alayhis-salom) hadislarida aytib o‘tilgan. Muhammad payg‘ambar (alayhis-salom) aytadilar: «YAhudiylar 71 firqaga bo‘lindi, nasroniylar 72 firqaga bo‘lindi, ummatim esa 73 firqaga bo‘linadi. Ulardan bittasi najot topadi, qolgani do‘zax ahlidir», deganlarida, sahobiylar: «Najot topadigan firqa qaysi?», deb so‘raganda Payg‘ambar (alayhis-salom): «Men bilan sahobiylarim tutgan yo‘ldagisi», deb javob beradilar» (imom Termiziy rivoyati). Hadisda aytilgan najot topuchi firqa «ahli sunna val jamoa» hisoblanadi.SHuning uchun islomda firqalarga bo‘linish asosan diniy-siyosiy nuqtai nazardan kelib chiqqan deb qaraladi. Birinchi xorijiylarning paydo bo‘lishiga ham xalifa Ali siyosatiga qo‘shilmaslik, shialik esa, xalifalik Ali va uning avlodlariga meros bo‘lib qolishi kerak deb hisoblovchilar sabab bo‘ldi. SHu o‘rinda yana bir narsani alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, islomda firqalarga bo‘linish Muhammad (alayhis-salom) hadislarida aytib o‘tilgan. Muhammad payg‘ambar (alayhis-salom) aytadilar: «YAhudiylar 71 firqaga bo‘lindi, nasroniylar 72 firqaga bo‘lindi, ummatim esa 73 firqaga bo‘linadi. Ulardan bittasi najot topadi, qolgani do‘zax ahlidir», deganlarida, sahobiylar: «Najot topadigan firqa qaysi?», deb so‘raganda Payg‘ambar (alayhis-salom): «Men bilan sahobiylarim tutgan yo‘ldagisi», deb javob beradilar» (imom Termiziy rivoyati). Hadisda aytilgan najot topuchi firqa «ahli sunna val jamoa» hisoblanadi. Shialik (arabcha: — guruh, tarafdorlar) — islomdagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri. Oʻzining tarqalishi va tarafdorlarining miqdori jihatidan sunniylikdan keyingi oʻrinda turadi. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 7% Shialikka mansub (2004). Sh. 7-asr oʻrtalarida islom jamoasi ichida oliy hokimiyat masalasida paydo boʻlgan ixtilof natijasida vujudga kelgan. Shia soʻzining toʻliq shakli "shi’at Ali" ("Ali partiyasi") boʻlib, bu nom Ali ibn Abu Tolib va uning avlodlariga ergashganlarga nisbatan berilgan. 7-asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil yoʻnalishga aylangan. Sh. avval faqat siyosiy harakat sifatida shakllangan boʻlsada, keyinchalik aqidaviy va fiqhiy masalalarda turli oʻziga xos jihatlar paydo boʻldi. Download 23.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling