Islomda sunniylik va shialik oqimlarining kеlib chiqishi. Sunniylik oqimining vujudga kеlishi va uning asosiy mazhablari. Shialik oqimi va uning mazhablari


Download 1.15 Mb.
bet5/6
Sana19.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1603632
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Islomdagi yo‘nalishlar va mazhablar

Aytish joizki “Qur’on” ning har bir oyati, “Hadis”larning har bir naqli mo‘min-musulmonlarning axloq-odob sifatlarini yoritishga, ularning o‘ziga xos go‘zal qirralarini ochib berishga va shu ruhda tarbiya topishga yo‘naltirilgan. Ularda har bir insonni insonparvar, vatanparvar, adolatli, ma’rifatli, ma’naviyatli, yuksak axloq-odob sohibi, bunyodkor, yaqinlarga g‘amxo‘r bo‘lishi takror va takror uqtiriladi.

  • Aytish joizki “Qur’on” ning har bir oyati, “Hadis”larning har bir naqli mo‘min-musulmonlarning axloq-odob sifatlarini yoritishga, ularning o‘ziga xos go‘zal qirralarini ochib berishga va shu ruhda tarbiya topishga yo‘naltirilgan. Ularda har bir insonni insonparvar, vatanparvar, adolatli, ma’rifatli, ma’naviyatli, yuksak axloq-odob sohibi, bunyodkor, yaqinlarga g‘amxo‘r bo‘lishi takror va takror uqtiriladi.

Islom dini manbalarning tarbiyaviy ahamiyati

Islomda, xususan Qur’oni karim va hadislarda ota-onaga mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik, farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat masalalariga alohida e’tibor berilgan. Kishilarni yaxshilik qilish, savob ishlarga qo‘l urish, insofli-diyonatli, vijdonli bo‘lish, mehr-shafqatlilik, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, sofdil bo‘lish, birodarga yordam berish, kamtarlikka chaqirish g‘oyalari ilgari surilgan.

  • Islomda, xususan Qur’oni karim va hadislarda ota-onaga mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik, farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat masalalariga alohida e’tibor berilgan. Kishilarni yaxshilik qilish, savob ishlarga qo‘l urish, insofli-diyonatli, vijdonli bo‘lish, mehr-shafqatlilik, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, sofdil bo‘lish, birodarga yordam berish, kamtarlikka chaqirish g‘oyalari ilgari surilgan.
  • «Qur’oni Karim, hadislar va shariat ko‘rsatmalari inson ma’naviy-ma’rifiy kamolotining asosi bo‘lgan axloq-odob tarbiyasining barcha qirralarini o‘z ichiga olgan. Sirasini aytganda, hadislar ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid bo‘lgan fikrlarning mukammal to‘plamidir.

Qur’oni Karim va xadislar odamzot aql-idrokini muhofaza qilishi bilan ham katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Chunonchi odamzot bolasiga aroq, nasha, opiy kabi zararli giyohvand moddalarni iste’mol qilmaslikka undab turadi. Payg‘ambarimiz hadislaridan birida, «Kayf qildiruvchi narsa – hamr. Har qanday hamr haromdir», - degan ekan.
Islom xozirgi davrning global muommasiga aylanib borayotgan insonlarning naslini sog‘lom saqlashga chorlaydi, shahvoniyatga, zinokorlikka va u orqali spidga mubtalo bo‘lishini qoralaydi. Zinokorlik katta gunohlardan biri ekanligini qayta-qayta uqtiradi. Chunki bunday ko‘ngilsiz hatti-harakatlar inson farzandlari irsiyatida jiddiy nuqsonlar paydo bo‘lishi, hatto zurriyotni bahtiqaro qilishi mumkin. Qur’oni karim va hadislarning tarbiyaviy ahamiyati insonlarni ilm-fanni egallash, ma’rifatli bo‘lishga chaqirishida ham namoyon bo‘ladi. Beshikdan to qabrgacha ilm izlash lozimligini qayd etilishining o‘zi katta tarbiyaviy axamiyatga ega. Hadislardagi «Sadaqaning afzali mo‘min kishi ilm o‘rganib, so‘ng boshqa mo‘minlarga ham o‘rgatishdir»; «Ilm ibodatdan afzaldir»; «Ilmu hunarni Xitoydan bo‘lsa ham borib o‘rganinglar» kabi har bir kishini ma’rifatga chordlovchi so‘zlarning ahamiyati beqiyosdir.
Xulosa
  • Dinu diyonatimizni muxtasar ifodalab, shunday dеyish mumkinki, Olloh bizning qalbimizda, yuragimizdadir. Islom huquqi dunyosi bilan yanada chuqurroq tanishtirishga, olingan ilm sirlarini o‘zlaridan kеyingi avlodga to‘g‘ri talqin va tashviqot qilib еtkazishlari uchun ilk qadamlardan biri bo‘lib, xizmat qiladi dеgan umiddamiz.
  • Ma'lumki fiqh musulmon huquqshunosligi xalqimiz ma'naviy mеrosining ajralmas bir qismi sifatida asrlar davomida Movarounnahr xalqlari hayotida muhim rol o‘ynagan. Diyorimizda kеng tarqalgan fiqh nafaqat diniy-huquqiy muammolarni, balki xalqimizning butun turmush tarzini o‘z ichiga olgan. Shu sababli davlatimiz huquq tizimi tarixini shariat, musulmon huquqisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
  • Qur'oni Karimning o‘zbеkcha nashri, Xazrati Imom al-Buxoriy to‘plab qoldirgan «Al-Jomе' as-Sahih»ning o‘zbеk tilidagi 4-jildi, «Axloq va odobga oid hadis namunalari», «Ming bir hadis» hamda payg‘ambarimiz hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi o‘nlab kitoblar va ko‘plab diniy mavzudagi asarlar chop etilishi ham fikrimizning yaqqol dalilidir.
  • Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridеk, din bizning qon-qonimizga, ongu shuurimizga shu qadar tеran singib kеtganki, uni hеch qanday kuch, hеch qanday tashviqot bilan chiqarib bo‘lmaydi.
  • Islom huquqi huquqiy tizimlar ichida o‘z o‘rniga ega huquqiy tizimlardan hisoblanib, o‘rta asrlarda sharq mamlakatlarida o‘z rivojini topdi. Sharq xalqlari, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida Islom ma'naviyati, falsafasi va shariat huquqiy tafakkuri shakllandi, taraqqiy topdi va hozir ham rivojlanmoqda.


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling