Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlarini hisoblash
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
17.2. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlarini hisoblash
Korxonaning rejali faoliyati samaradorligining asosiy baholash mezonlari sifatida quyidagi iqtisodiy ko’rsatkichlar xizmat qilishi mumkin. 1. Sof diskontlangan daromad (SDD) – tovar ishlab chiqarish loyihasining rejalashtirilgan samaraning umumiy miqdorini ko’rsatadi. Loyihalarning iqtisodiy samaradorligi mezonlari bo’lib barcha teng sharoitlardagi sof diskont daromadi yoki integral samaraning maksimal kattaligi hisoblanadi. Variantlarni tanlashda xarajat miqdori, qoplanish muddati kabi mezonlar bo’yicha eng yaxshilariga e’tibor berish lozim. t t g t t E X N SDD 0 1 1 ) ( bu yerda: t g E – diskont normasi; t – loyihaning hisoblangan muddati; N t – umumiy natija; X t – umumiy xarajat. 2. Daromadlilik indeksi (DI). 279 Ushbu ko’rsatkich keltirilgan samara summasini kapital qo’yilmalari umumiy kattaligiga nisbatini ifodalaydi. Daromad indeksi quyidagi formuladan hisoblanadi. n t g t t t E K X N DI 1 1 1 ) ( bu yerda: K t – kapital qo’yilmalar ummuiy miqdori. Daromadllik indeksi sof diskont daromadi bilan bevosita bog’langan. Daromadlilik indeksi 1 dan kichik bo’lgan holatda investitsiya loyihalari samarasiz bo’lib hisoblanadi. 3. Ichki daromadlilik normasi (IDN), diskontning shunday normasini belgilaydiki, bunda keltirilgan samara kattaligi keltirilgan kapital qo’yilmalar kattaligiga teng bo’ladi. ushbu ko’rsatkichlar orasidagi bog’liqlikni quyidagi tenglama orqali ifodalash mumkin. t t g t t g t t E K E X N IDN 0 ) 1 ( ) 1 ( ) ( bu yerda: E g – diskont normasi. Loyihaning daromadlilik ichki normasi kattaligi investor tomonidan talab etilayotgan moliyalashtirish foiz stavkasi bilan solishtiriladi. Ichki daromadlilik normasi bank tomonidan belgilangan kredit uchun hisob stavkasiga teng yoki undan ortiq bo’lgan holatdagina investitsiyalar o’zini oqlaydi. 4. Loyihaning qoplanish muddati loyihani amalga oshirilgan kundan boshlab hisoblangan minimal vaqt intervalini belgilaydiki. Undan tashqarida integral samara ijobiy mazmunga ega bo’ladi. Umumiy holatda qo’yilmalarning qiymatini shu davrda olingan umumiy samara miqdoriga nisbati orqali hisoblanadi. t t qоt S K Т bu yerda: 280 T qot – loyihaning qoplanish muddati; K t – hisobot yili uchun kapital qo’yilmalarning umumiy kattaligi; S t – shu davr uchun umumiy samara. Qoplanish muddatini aniqlash uchun zarur bo’lgan xarajatlar hamda natijalar mohiyatini diskontlash orqali hisoblash maqsadga muvofiqdir. Hisoblangan qoplanish muddati umumiy holatda solishtirilayotgan loyihalar samaradorligi mezoni bo’lib xizmat qiladi. Lekin amaliy faoliyatda hisoblangan qoplanish muddatini me’yoriy ko’rsatkichlar bilan solishtirish qabul qilingan. Me’yoriy qoplanish muddati loyihaning daromadlilik yoki foydalilik me’yorini ko’rsatadi: T m = 1/E m bu yerda: T m – loyihaning me’yoriy qoplanish muddati; E m – samaradorlik me’yori. Ichki rejalashtirish jarayonida rejalashtirilayotgan ko’rsatkichlarning optimal qiymatlarini tanlash uchun tannarx material sig’imi, mehnat sig’imi, rentabellik, zararsizlik, sotuv hajmi, xissadorlar daromadi, bozor bahosi kabi xususiy mezonlardan foydalanish mumkin. Samaradorlikni baholash mezonlari sifatida u yoki bu iqtisodiy ko’rsatkichlarni tanlash aniq ishlab chiqarish sharoitlariga bog’liq bo’ladi. Lekin, har qanday sharoitda ham iqtisodchi menejerlar mavjud cheklanishlarga qaramay o’z maqsadlariga erisha olishlari lozim. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling