V BOB. KORXONA FAOLIYATIDA BIZNES REJALASHTIRISH
Tayanch so’z va iboralar: korxona, korxona turlari, strategiya, iqtisodiy
o’sish, iqtisodiy rivojlanish, hujumkor strategiya, himoyalanuvchi strategiya,
strategiya bosqichlari, maqsad, missiya.
5.1. Korxona rejalashtirishning ob’ekti sifatida
Ishlab chiqarish korxonasi iqtisodiyotning asosiy, yetakchi bo’g’ini
hisoblanadi. Chunki, aynan korxonalarida asosiy ishlab chiqarish jarayonlari keng
avj oladi, mehnat va ishlab chiqarish tashkil qilinadi, iqtisodiy munosabatlar
amalga oshiriladi, moddiy boyliklar yaratiladi.
Yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan, mulkchilik huquqi yoki xo’jalikni to’la
yuritish huquqi bo’yicha o’ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida
mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki ayirboshlaydigan, ishlarni
bajaradigan, xizmat ko’rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha
shakllari teng huquqliligi asosida amaldagi qonunlarga muvofiq o’z faoliyatini
ro’yobga chiqaradigan mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’yekt korxona hisoblanadi.
Ishlab chiqarish korxonalariga zavodlar, fabrikalar, shaxtalar,karyerlar va
boshqa ishlab chiqarish xarakteridagi xo’jalik tashkilotlarini kiritish mumkin.
Xodimlar, asosiy vositalar, axborot va mablag’lar korxonaning ichki
muxitini tashkil etadi. Ichki muxit komponentlarining o’zaro ta’siri natijasida
tayyor mahsulot yaratiladi.
Hech bir korxona tashqi muhitdan ajralgan xolda faoliyat ko’rsatmaydi.
Korxona faoliyati samaradorligini va maqsadga muvofiqligini belgilab beradigan
tashqi muxit sifatida mahsulot istemolchilari, ta’minotchilar, shuningdek davlat
organlari va korxona atrofida yashovchi axoli maydonga chiqadi.
Bugungi kunda Respublikamizda ro’yxatga olingan korxonalar va
tashkilotlar soni quyidagi 5.1-jadvalda keltirilgan.
69
5.1-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |