Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga tegishli test savollari
Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: 1. Mahsulot tannarxi tushunchasini ifodalang|? 2. Mahsulot tannarxini tartibga solish qaysi me’yoriy hujjatga asoslanadi? 3. Mahsulot tannarxini shakllantirish tartibini yoriting? 4. Mahsulot tannarxi qaysi belgilarga ko’ra turkumlanadi? 5. Xarajatlarni iqtisodiy elementlar bo’yicha guruxlash mazmunini yoriting? 6. Kalkulyasiya turlari va ular orasidagi farqlarni izohlang? 7. Xarajatlarni yiriklashtirilgan usulda rejalashtirish qanday tartibda amalga oshiriladi? 8. Xarajatlarni detallashtirilgan usulda rejalashtirish qanday tartibda amalga oshiriladi? 9. Xarajatlarni pasaytirish imkoniyatlarini izohlab bering. 10. Xarajat bilan baho o’rtasidagi bog’liqlikni optimallashtirish mumkinmi? Mavzuga tegishli test savollari: 1. “Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga kiritiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish haqida” gi Nizomda xarajatlar qaysi iqtisodiy belgilar bo‘yicha guruhlangan. A. Shakllanayotgan joyiga va qaysi maqsadda ishlatilayotganiga asosan; B. Iqtisodiy mazmun va mohiyatiga ko‘ra; C. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga asosan; D. Iqtisodiy jihatdan turkumlanishiga ko’ra. 2. Umumiy kalkulyasiya bu ... A. Bu mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflanayotgan o‘rtacha xarajatlar; B. Bu xar bir mahsulot turini ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xarajatlar; C. Bu ishlab chiqarishga sarflangan umumiy xarajatlar; D. Bu ishlab chiqarishga sarflanadigan doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar. 3. Tur kalkulyasiyasi bu ... A. Bu mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflanayotgan o‘rtacha xarajatlar; 260 B. Bu xar bir mahsulot turini ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xarajatlar; C. Bu ishlab chiqarishga sarflangan umumiy xarajatlar; D. Bu ishlab chiqarishga sarflanadigan doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar. 4. Qaysi belgilar asosida xarajatlar bir guruhga birlashtirilganda guruh modda deb ataladi. A. Xarajatlarni qayerda shakllanishi va qanday maqsadlarda foydalanayotganiga asosan; B. Iqtisodiy mohiyati va mazmuniga asosan; C. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga asosan; D. Iqtisodiy jihatdan turkumlanishiga ko’ra. 5. Qaysi belgilar asosida xarajatlar bir guruhga birlashtirilganda guruh element deb yuritiladi. A. Xarajatlarni qayerda shakllanishi va qanday maqsadlarda foydalanayotgani; B. Iqtisodiy mohiyati va mazmuniga asosan; C. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga asosan; D. Tarkibiga ko’ra. 6. “Xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida” gi Nizom necha bo‘limdan iborat? A. Moliyaviy natijalarni shakllantirish, xarajatlar ro‘yxati; B. Umumiy talablar, moliyaviy natijalarni shakllantirish, xarajatlar ro‘yxati; C. Umumiy qoidalar, moliyaviy natijalarni shakllantirish, xarajatlar ro‘yxati; D. Umumiy talablar va qoidalar, moliyaviy natijalarni shakllantirish, xarajatlar ro‘yxati. 7. Joriy yildagi xarajatlar 670800 ming so‘m, ishlab chiqarish hajmi 678849,6 ming so‘mga teng va ishlab chiqarish hajmini 10 % ga ko‘paytirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa rejalashtirilgan tannarxni aniqlash. TTT natijasida xarajatlarni 72658 ming so‘mga kamaytirish ko‘zda tutilgan. A. 627580,3; B. 656262,4; C. 726781,5; 261 D. 465464.7. 8. Ishlab chiqarishga xarajatlar smetasi nima? A. Ishlab chiqarish moliyaviy faoliyatining kelgusi davri uchun barcha sarflar yig’ma rejasi; B. Ishlab chiqarish moliyaviy faoliyatning talab etilgan davr uchun barcha daromadlarining jamlama rejasi; C. Ishlab chiqarish moliyaviy faoliyatining alohida davri uchun korxonaning barcha daromad va xarajatlarning jamlama rejasi; D. To’g’ri javob B va S. 9. O’rtacha xarajatlar … A. Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bog’liq holda o’zgaradigan xarajatlardir; B. Birlik mahsulotga ishlab chqarish xarajatlari miqdorini belgilovchi xarajatlardir; C. Har bir mahsulot hajmidagi doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar summasidir; D. Birlik mahsulotga sarflanadigan to’liq xarajatlar. 10. Xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi … A. Ilg’or texnika va texnologiyani joriy qilish; B. Hom-ashyo va materiallar bo’yicha me’yorlarni takomillashtirish; C. Mehnat sharoitlarini yaxshilash; D. Kadrlar malakasini oshirish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling