Ismoilov Jahongir Mavzu: Milliy xavsizlikni ta‘minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar Reja
Shu tarzda Mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning dastlabki tashkiliy davri amalga oshirildi
Download 34.78 Kb.
|
Milliy xavsizlikni ta‘minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar
Shu tarzda Mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning dastlabki tashkiliy davri amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda bo‘lib o‘tgan o‘ninchi sessiyasi «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi va «Muqobil xizmat to‘g‘risida»gi muhim qonunlar, shuningdek, harbiy qasamyodning yangi matni va qasamyod qildirish tartibi qabul qilindi. Davlatimizning harbiy sohadagi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati faoliyatining asosiy tamoyillari» haqidagi Qonunda mujassamlangan. Qonunda «O‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi va harbiy-siyosiy blokka transformatsiya qilingan vaqtda har qanday xalqaro tashkilotlardan chiqish huquqini o‘z ixtiyorida qoldiradi» deb qonuniy rasmiylashtirilgan. Bu Qonun O‘zbekistonning tinchliksevarlik siyosatini, uning dunyo hamjamiyatida integratsiyaga intilishlarini tasdiqlaydi. O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari — harbiy tuzilmalar, harbiy o‘quv yurtlari va boshqa harbiy qismlardan iborat. U O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, aholisining tinch hayot kechirishini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgandir. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlatni himoya qilishda butun mudofaa tizimining asosini tashkil etadi va tarkibiga quyidagilar kiradi: Quriqlikdagi qo‘shinlar. Harbiy-havo va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari. Maxsus qo‘shinlar. Milliy gvardiya brigadasi. Chegara va ichki qo‘shinlar. Milliy xavfsizlik xizmati. Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqalar. 1999-yilgacha Chegara qo‘shinlari Milliy Xavfsizlik xizmati tarkibida bo‘lgan. 1999-yil 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita tashkil etildi. Qurolli Kuchlarni joylashtirish (dislokatsiya) O‘zbekiston Respublikasi hududlari, chegaralari va havo bo‘shliqlarining mustahkam mudofaasini umumiy strategik maqsad asosida ta’minlashdan kelib chiqib belgilanadi va harbiy doktrina talablariga muvofiq strategik va operativ rejalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 20-bandiga muvofiq Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi. «Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Prezident mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash, qurolli tajovuz bo‘lgan hollarda davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar qabul qiladi, Mudofaa vazirini tayinlaydi. Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni olib borish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va buyruq beradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasida (2002-yil 12-dekabr) «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlarga ko‘ra, Qurolli Kuchlar safidagi muddatli xizmat bir yarim yildan bir yilga qisqartirildi. Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari esa xizmatga faqat to‘qqiz oyga chaqiriladigan bo‘ldi. Download 34.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling