Iso tizimidagi va jo’yatdagi teshiklar va valning asosiy og‘ishlari


Download 186.06 Kb.
bet1/3
Sana13.12.2022
Hajmi186.06 Kb.
#1000952
  1   2   3
Bog'liq
Joizliklar va o‘tqazishlarning yagona prinsiplari.


JOIZLIKLAR VA O‘TQAZISHLAR
REJA:



  1. ISO tizimidagi va JO’YATdagi teshiklar va valning asosiy og‘ishlari.

  2. Joizliklar maydonlari.



ISO tizimidagi va JO’YATdagi teshiklar va valning asosiy og‘ishlari
Mashinasozlikda birikmalarning ikki turi: harakatlanuvchan va harakatlanmaydigan turlari mavjuddir.
Xarakatlanuvchan birikmalarga nisbatan asosiy talablar - bu val bilan teshik o‘rtasida eng kam oraliqni hosil qilishi kerak va moylovchi material bilan sirpanishni, podshipnikning berilgan eltuvchi qobiliyatini hamda mashinadan foydalanish jarayonida oraliqning oshishida sirg‘alishning ko‘rsatilgan turining saqlanishini ta’minlashi lozim.
Harakatlanmaydigan birikmalarga nisbatan asosiy talablar - bu detallarning aniq markazlanishini ta’minlash va uzoq muddat davomida foydalanish jarayonida kafolatlangan taranglik sababli aylanish holatini yoki o‘qning kuchini o‘tkazishdan iboratdir.
JO’YAT tizimida 500 mm gacha bo‘lgan o‘lchamlar uchun turli oraliqlar yoki tarangliklarga ega o‘tqazishlarni hosil qilish uchun vallar va teshiklarning asosiy og‘ishlarining 27 ta varianti nazarda tutilgan. 8.1-rasmda ISO tizimidagi va JO’YATdagi teshiklar va vallarning asosiy og‘ishlarining joylashishi chizmasi ko‘rsatilgan. Xar bir og‘ishni lotincha harflar bilan - val uchun kichik harflar, teshiklar uchun katta harflar bilan ifodalanadi.
Asosiy val h harfi bilan, asosiy teshik - H xarfi bilan ifodalanadi.
A-H (a-h) og‘ishlari oraliqli o‘tqazishlarda joizliklar maydonlarini hosil qilish uchun mo‘ljallangan. JS -N (js - n) og‘ishlari - o‘tishdagi o‘tqazishlarda, P-ZC (p-zc) og‘ishlari esa - taranglik bilan o‘tqazishlarda joizliklar maydonlarini hosil qilish uchun mo‘ljallangan.
Xar bir mohiyatlari nominal o‘lchamga bog‘liq bo‘ladigan harf bir qator asosiy og‘ishlari ifodalaydi.
Vallarning asosiy og‘ishlari tizimning qurilishi uchun asos qilib olingan, ya’ni teshiklarning asosiy og‘ishlari shunday qurilganki, ular val tizimida teshiklar tizimidagiga o‘xshagan o‘tqazishlarni ta’minlashi kerak. Ular absolyut mohiyatiga ko‘ra tengdir va vallarning asosiy og‘ishlari belgisiga ko‘ra bir-biriga qarama-qarshidir, boshqacha aytganda, nullik liniyaga nisbatan aks ettiruvchi bo‘lib hisoblanadi.





Download 186.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling