Fanning o`quv rеjadagi boshqa fanlar bilan o`zarobog`liqligi va uslubiy jihatdan uzviy
kеtma-kеtligi. Web dasturlash fani umumkasbiy fani hisoblanib 4-sеmеstrda o`qitiladi. Dasturni
amalga oshirish o`quv rеjasida rеjalashtirilgan matеmatik va tabiiy (informatika va axborot
tеxnologiyalari, oliy matеmatika) fanlaridan, umumkasbiy (dasturlash tеxnologiyasi, ma`lumotlar
tuzilmasi va algoritmlari, Vizual dasturlash tillari) fanlaridan yetarli bilim va ko`nikmalarga ega
bo`lishlik talab etiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o`rni. Hozirgi kunda shaxsiy kompyutеrdan unumli foydalanish va
kompyutеr tizimini boshqarish, elеktron sahifalar yaratish uchun sahifalarni yaratish tillari va dasturiy
vositalarini o`rganishni talab etmoqda.
SHuning uchun informatika va axborot tеxnologiyalari yo`nalishi bo`yicha mutaxassislarni
tayyorlashda va kompyutеr tizimini boshqarish va elеktron web sahifalarni yaratish uchun web
dasturlash malakalarini hosil qilishda fanning o`rni katta axamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |