Israilov Mustafo ost fanidan 1-Oraliq nazorati
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Israilov Mustafo OST fanidan ON-1
Piroliz natijasida olefinlar hosil bo‘lishga o‘xshab, atsetilenning hosil bo‘lish reaksiyasi radikal – zanjirli mexanizm asosida sodir bo‘ladi. Metan va etanni piroliz jarayoni quyidagi ko‘rinishga ega:
Metandan oksidli piroliz yo‘li bilan atsetilen olishning texnologik sxemasi bilan tanishamiz (4-rasm). Kislorod va metan 1 va 2 trubkasimon pechlarda 600-700 0 S temperaturagacha qizdiriladi va 3-reaktorga yuboriladi. U erda piroliz jarayoni sodir bo‘ladi, suv bilan purkalangandan keyin hosil bo‘lgan gazlar 80 0 S temperaturada reaktordan suvli 4-skrubber orqali 5-nam plyonkali elektrofiltrga keladi. U erda sajadan tozalanadi. Gazlar 6-sovutgichda suv bilan sovutiladi. Keyingi bosqichda gazlarni 7-forabsorberda oz miqdordagi dimetilformamid yoki N- metilpirrolidon bilan yuviladi va 8-gazgolderga junatiladi. Reaktorning gidravlik zatvori va saja-ushlovchi apparatdan kelayotgan suv tarkibida 2-3% saja va kam uchuvchan aromatik birikalar bo‘ladi.
texnologik sxemasi: 1,2-trubko simon pechlar; 3-reaktor; 4-saja ushlovchi skrubber; 5-elektrofiltr; 6-sovutgich; 7-forabsorber; 8-gazgolder; 9- tindirgich; 10-kompressorlar; 11- absorber; 12-15-skrubberlar; 13-droselli ventil; 14,18-desorberlar; 16-olovni tusuvchi to‘siq; 17-issiqlik almashtirgich; 19-qaynatgichlar 8-gazogolderdaga gaz 10-kompressor yordamida 1 MPa bosimgacha siqiladi, sovutgichlar orqali o‘tib sovutiladi va separatsiya qilinadi. 11-absorberda dimetilformamid yoki N-metilpirrolidan bilan yuviladi, yutilmagan gazlar (H 2 , CH 4 , CO, CO 2 ) esa 12-skrubberdan o‘tadi, u erda suvli kondensat bilan yuvilganda ular bilan birga kelgan erituvchi ajratib olinadi. SHundan so‘ng gazni yoqilg‘i yoki sintez-gaz sifatida kullash mumkin. 11-absorberdagi eritma atsetilen va uning gomologlaridan iborat, shuningdek uning tarkibida ozgina CO 2 va boshqa gazlar aralashmasi ham mavjud. U 13-drossel ventildan o‘tadi va birinchi bosqichli 14-desorberga keladi. Kubdagi bosimni 0,15 MPa gacha pasayishi va xaroratni 40 0 C ko‘tarilishi natijasida eritmadagi atsetilen va kam eruvchan gazlar desorbsiyalanadi. Atsetilen yuqoriga harakatlanayotganda eritmadagi CO 2 ni yuqoriga sikib chiqariladi, CO 2 oz miqdordagi atsetilen va boshqa gazlar bilan birgalikda desorberning tepa qismidan chikib ketadi Konsentrlangan atsetilen 14-desorberning o‘rta qismidan chiqariladi, 15-skrubberda suv bilan yuviladi va 16-olovni to‘suvchi moslama orqali tashqariga chiqariladi. 14-desorberdagi kub suyuqligi (tarkibida ozgina atsetilen va uning gomologlari) ikkinchi bosqichli 18-desorberga jo‘natishdan avval 17-isitgichda isitiladi. Kubning 100 0 C gacha isishi natijasida eritma tarkibidagi barcha gazlar haydaladi, bunda kolonnaning o‘rta qismidan chiqadigan atsetilen gomologlari yoqishga yuboriladi, kolonnaning tepasidan atsetilen va uning gomologlari aralashmasi 1-chi bosqichli desorberga qaytariladi. SHu tariqa olingan konsentrlangan atsetilen tarkibida 99,0-99,5% asosiy modda bo‘ladi. Qolganlari metilatsetilen, CO 2 va x.k. (0,1 -0,3%). Erituvchida asta-sekin suv va polimerlar yig‘iladi, ulardan tozalanish uchun erituvchi regeneratsiya qurilmasiga yuboriladi Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling