Isroil davlati ta`lim tizim Isroil maktablari 4 ta turga bo`lingan bo`lib ular
Download 17.5 Kb.
|
Isroil davlati ta\'lim tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yetuklik attestati (Bagrut)
- “Bilim olishga o`rgatish uchun o`qitiladi”
- Oliy ta`lim
Isroil davlati ta`lim tizim Isroil maktablari 4 ta turga bo`lingan bo`lib ular: fuqarolik, diniy-fuqarolik, харедим va arabcha maktablardir. Bolalarning asosiy qismi fuqarolik maktablarida o`qishadi. Diniy-fuqarolik maktablarida yahudiylar dasturlari chuqurlashtirilgan holda o`qitiladi. Arabcha maktablarda arab tilida dars o`tilgan holda ko`proq arab tarixi, madaniyati va diniga e`tibor qaratiladi. Shuningdek, ikki tilli “Гешер аль Авади” kabi maktablar ham mavjud bo`lib, u yerda arab va yahudiy bolalari birgalikda ta`lim olishadi va bu maktablar yahudiy-arab bilim markazlari tomonidan boshqariladi. Isroil davlatida ta`lim 5 yoshdan 18 yoshgacha davlat byudjeti hisobiga amalga oshirilib, uch bosqichdan iborat (maktabga 6 yoshdan qabul qilinadi): 1) boshlang`ich ta`lim (1-4 sinflar), 2) o`rta ta`lim (5-9 sinflar), Bu bosqichlar yakunida butun Isroil bo`yicha bir kunda bitirish imtixonlari bo`lib o`tadi. Natijalari asosida o`quvchilar o`zi tanlagan maktab yoki texnologik maktablarda o `qishni davom ettiradi. 3) texnologik ta`lim (10-12 sinflar). O`quv yili 1-sentyabrda boshlanib, boshlang`ich maktablarda 30-iyunda o`rta maktab va yuqori maktablarda esa 20-iyulda tugaydi. Yetuklik attestati (Bagrut) : O`rta maktab abiturientlarni (bagrut) kirish imtihonlarini topshirishga tayyorlaydi. Majburiy fanlar (ivrit, ingliz tili, matematika, tarix va adabiyot) dan yaxshi ball olgan talabalar Yetuklik attestatini oladilar. Ta`limdagi ustuvor yo`nalishlar va moddiy-texnik ta`minot Isroil davlatida texnologik (kasb-xunar) ta`limga juda katta e`tibor qaratilgan va turli-tuman ko`rinishdagi o`quv muassasalarida amalga oshiriladi. Bular jumlasiga texnologik maktablar, kollejlar, pedagogik markazlar va boshqalar kiradi. Ularning aksariyati ishlab chiqarish yoki firmalar bilan bevosita bog`liq bo`lib, mutaxassislik yo`nalishlariga ega. Masalan: elektronika, kompyuter, ekologiya, qishloq xo`jaligi, kimyo, grajdan dengiz floti va boshkalar. Ta`lim muassalarining barcha turlari moddiy texnik bazasi, kompyuter bilan jixozlanganligi juda yuqori darajada. O`quv jarayonida Internetdan keng foydalaniladi. Bundan tashqari Tel-Aviv universiteti bilan bir qator texnologik maktablar sputnik kanali orqali amalga oshiriladigan va on line- bevosita muloqot rejimida ishlaydigan masofadan o`qitish tizimiga ulangan. Ta`lim tizimida o`quvchiga juda ko`p bilim berilmaydi, lekin o`quvchilar, xatto bog`cha bolasi ham, mustaqil ravishda fan mavzuga bog`langanholda proektlar yozadi yoki tayyorlaydi va himoya qiladi. Isroil davlati pedagogikasi ta`limning barcha bosqichlarida o`quvchiga mustaqil ishlashni o`rgatishga qaratilgan va “Bilim olishga o`rgatish uchun o`qitiladi” degan shior bilan ta`lim beriladi. Xozir Isroil davlatida joriy qilinayotgan ta`lim texnalogiyasi ko`ra sinflarda o`quvchilarni o`zlashtirish darajasiga qarab tabaqalarga ajratib o`qitiladi. Ta`lim barcha fanlar bo`yicha hayot va tabiat bilan bog`langan holda olib boriladi. Fanlarning uzviy bog`lanishi doimo ko`zga tashlanib turadi. Oliy ta`lim: Oliy ta`lim tizimi uch bosqichli : Bakalavriatura – 4 yil Magistratura – 2yil Doktorantura – 3 yil Bakalavr va magistr uchun o`qish Isroilda , doktorantura asosan Yevropa va AQSH da amalga oshiriladi. Isroil davlatida malaka oshirishga asosan ikki guruh omillari ta`sir qiladi: Ijtimoiy-madaniy omillar: a) jamiyatni ko`p madaniyatliligi (turli davlatlardan kelgan repatriantlar o`ziga xos madaniyatga ega); b) turli din vakillarining yirik qatlamlarining borligi (iudeylar, musulmonlar, xristianlar va ularning turli omillari); v) turli yillardagi repatriantlarning katta oqimi (50-, 70-, 90-yillar) Download 17.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling