Issiqlik energetikasi


-ma„ruza: MANOMETRIK TERMOMЕTRLAR


Download 336.76 Kb.
bet18/72
Sana16.11.2023
Hajmi336.76 Kb.
#1777848
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72
Bog'liq
1-маърўза Кириш-fayllar.org

5-ma„ruza: MANOMETRIK TERMOMЕTRLAR. 

Reja:



27
5.1.Manometrik termometrlar haqida umumiy ma„lumotlar.
5.2.Gazli manometrik termometrlar.
5.3.Suyuqlikli manometrik termometrlar.
5.4.Kondensatsion manometrik termometrlar.
Tayanch iboralar: termoballon, kapillyar naycha, manometrik prujina, ish
moddasi, kompensatsion qo‟rilma, kondensatsion termometr.
Adabiyotlar: 2, 3, 4, 5, 9, 11.


5.1.Manometrik termometrlar haqida umumiy ma„lumotlar 

Manometrik termometrlar texnikaviy asbob bo‟lib, termosistemaning ish


moddasi jixatidan gazli, suyuqlikli va kondensatsion termometrlarga bo‟linadi. Bu
asboblar suyuqlik va gazsimon muhitlarda – 150
C
0
dan +1000
C
0
gacha bo‟lgan
haroratlarni o‟lchashga muljallangan.
Manometrik termometrlar ko‟rsatuvchi va o‟ziyozar qilib ishlanadi. O‟ziyozar
termometrlarga doiraviy yoki lentasimon diagramma qog‟ozi quyiladi. Diagramma
qog‟ozini sinxron dvigatel, ba„zi turlarida esa soat mexanizmi ishga tushiradi.
Manometrik termometrlar kimyo sanoatida keng ishlatiladi. Uni asosan
portlash xavfi bor joylarda ishlatish mumkin u holda diagramma qog‟ozini soat
mexanizmi aylantiradi. Manometrik termometrlarning sxemasi 5.1–rasmda
keltirilgan. Asbob termoballon 1, kapillyar naycha 2 va manometrik qism 3-9 dan
iborat. Manometrik prujina 3 ning bir uchi tutqich 4 ga kavsharlangan. U kanal orqali
prujinaning ichki bo‟shlig‟ini termoballon bilan ulaydi. Prujinaning ikkinchi bo‟sh
uchi germetiklangan va povodok 5 yordamida sektor 6 bilan bog‟langan. Bu sektor
o‟z navbatida tribka 7 bilan tishli ilashish vositasida ulangan. Tribka 7 ning o‟qiga
strelka 8 o‟rnatilgan. Uzatish mexanizmidagi oraliqni to‟ldirish uchun spiral tola 9
o‟rnatilgan, uning ichki o‟ramining uchi tribka o‟qiga ulangan.
Asbob sistemasi (termoballon, kapillyar va manometrik prujina) ish moddasi,
asosan gaz va suyuqlik bilan boshlang‟ich bosimda to‟ldiriladi. Termoballon isishi
bilan ish moddasining germetiklangan termosistemadagi bosimi oshadi, buning
natijasida prujina yoyila boshlaydi va uning bo‟sh uchi siljiydi. Prujina bo‟sh
uchining siljishi uzatish mexanizmi orqali (povodok, sektor va tribka)
ko‟rsatkichning holati bo‟yicha hisobga olinadi. Termoballon odatda zanglamas
pulatdan ishlanadi, kapilliyar esa jezdan yoki pulatdan ishlanib, uning tashqi diametri
2,5 mm, ichki diametri esa 0,35 mm ga teng bo‟ladi. Asbob vazifasiga ko‟ra kapillyar
naychaning uzunligi turlicha (0,6 m dan 60 m gacha) bo‟ladi.
Manometrik termometrlarda bir chulg‟amli, ko‟p chulg‟amli (6 dan 9 gacha) va
spiralli manometrik naychalar ishlatiladi.



Download 336.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling