Issiqlik energetikasi
Download 336.76 Kb.
|
1-маърўза Кириш-fayllar.org
1.3.O‟lchash vositalari
O‟lchashlarda qo‟llaniladigan va normallashgan metrologik xossalarga ega bo‟lgan texnik vositalar o’lchash vositasi deyiladi. O’lchash vositalarining asosiy turlariga o‟lchovlar, o‟lchash asboblari, o‟lchash o‟zgartkichlari va o‟lchash qo‟rilmalari kiradi. O‟lchash prinsipini va vositasini belgilab beradigan usullar majmui o’lchash usuli deyiladi. O‟lchov–berilgan o‟lchamdagi fizik kattalikni qayta o‟lchash uchun mo‟ljallangan o‟lchash vositasi. O‟lchovlarga standart namunalar va namuna moddalar kiradi. Standart namuna - modda va materiallarning xossalari yoki tarkibini xarakterlovchi kattaliklarning birligini qayta tiklash uchun o‟lchov. Masalan, tarkibidagi kimyoviy elementlari ko‟rsatilgan ferromagnit materiallar xossalarining standart namunasi. Namuna modda - tasdiqlangan spesifikatsiyada ko‟rsatilgan tayyorlash shartlariga rioya qilinganda tiklanadigan ma„lum xossalarga ega bo‟lgan moddadan iborat o‟lchov. Ko‟zautvchi idrok qilishi uchun qo‟lay shakldagi o‟lchov axboroti signalini ishlab chiqishga xizmat qiladigan o‟lchash vositasi o’lchov asbobi deyiladi. O‟lchash asboblari ko‟rsatuvchi, qayd qiluvchi, kombinatsiyalashgan, integrallovchi va jamlovchi asboblarga bo‟linadi. O‟lchashga doir axborotni o‟zatish, o‟zgartirish, ishlov berish va saqlash uchun qo‟lay bo‟lgan ammo ko‟zatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo‟lmaydigan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun xizmat qiladigan o‟lchash vositasi o’lchash o’zgartkichi deb ataladi. O‟zgartiriladigan fizik kattalik kirish kattaligi, uning o‟zgartirilgani esa chiqish kattaligi deyiladi. O‟lchanayotgan kattalik keltirilgan o‟lchash o‟zgartkichi birlamchi o’zgartkich deyiladi. Birlamchi o‟zgartkichlar ko‟pincha datchiklar deb yuritiladi. Uning bevosita o‟lchanayotgan kattalik ta„siridagi qismi sezuvchan element deyiladi. Download 336.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling