Issiqlik nurlanishining qonunlari. Stefan-bolsman qonuni. Vin qonuni. Reley-jins formulasi. Vin formulasi. Plank formulasi. Kvant o‘tishlar. Spontan va majburiy o‘tishlar


Download 190.85 Kb.
bet3/4
Sana14.11.2021
Hajmi190.85 Kb.
#174329
1   2   3   4
Bog'liq
Atom mustaqil ta'lim

Plank formulasi. Klassik fizika nazariy tushunchalari asosida absolyut qora jism issiqlik nurlanishining to‘liq spektrini tushuntirishga bo‘lgan urinish­lar muvaffaqiyatsiz chiqdi. Bunday urinishlardagi qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun Maks Plank 1900-yili issiqlik nurlanishining to‘liq spektrida energiyaning taqsimlanishini izohlash maqsadida o‘zining quyidagi gipotezasini ilgari surdi:

1. Absolyut qora jism ossillyatorlari uzluksiz ravishda energiya nurlamaydi. Nurlanish faqat ossillyatorlar tebranishi amplitudasi-ning o‘zgarganida sodir bo‘ladi. Tebranish amplitu­dasi yuqori holatdan kichik holatga o‘tganda ossillyator energiya nurlaydi, amplituda kichik holatdan yuqori holatga o‘tganda ossillyator energiya yutadi.

2. Ossillyator istalgan energiya qiymatiga ega bo‘la olmaydi, balki faqat diskret energiyalar to‘plamiga ega bo‘ladi. Ossillyator energiyani alohida-alohida ulushlar (kvantlar) sifatida chiqaradi yoki yutadi. Bu ulushlarning (kvantlarning) har birining energiyasi diskret bo‘lib,

(1.17)


kattalikka teng. U vaqtda ossillyator nurlanishining ener-giyasi bu kattalikka karrali bo‘lishi kerak, ya’ni ossillya-tor energiyasi energiyaning diskret to‘plamiga teng:

En=nhν (n=0,1,2,3,…), (1.18)

Bunda ossillyatorning o‘rtacha energiyasi

(1.19)

Plank o‘z gipotezasi asosida absolyut qora jism issiqlik nurlanishining to‘liq spektrida energiya taqsimlanishining zichligini ifodalaydigan interpolyatsion formulani taklif qildi:



(1.20)

(1.20) formula Plank formulasi deyiladi.




Download 190.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling