Issiqlik o’tkazmaydigan materiallar
Silindrik devorning kritik diametri
Download 1 Mb.
|
ISSIQLIK O’TKAZMAYDIGAN MATERIALLAR
4.3. Silindrik devorning kritik diametriMa’lumki, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,2 Vt/(mgrad) dan kichik bo‘lgan materiallar issiqlik izolyatsiya materiallari deyiladi. Bunday materiallarga asbest, po‘kak, kigiz, yog‘och qipig‘i, shisha tolasi, torf va shunga o‘xshash materiallar kiradi. Quvurni izolyatsiyalash uchun ishlatilayotgan materiallarni issiqlik isroflarini kamaytirish shart-sharoitlarini ko‘rib chiqaylik. Silindrik quvur bir qatlamli izolyatsiya bilan qoplangan bo‘lsin. 1, 2, d1, d2, 1, 2, t1 va t2 lar o‘zgarmas bo‘lgan holda, termik qarshilik izolyatsiya qalinligi o‘zgarishi bilan qanday o‘zgarishini ko‘rib chiqaylik. Ikki qatlamli Silindrik devorning termik qarshiligi tenglamasidan izolyatsiyaning diametri d3 ortishi bilan izolyatsiya qatlamining qarshiligi ham ortadi, lekin shu bilan bir vaqtda devordan tashqi muhitga issiqlik berishning termik qarshiligi kamayadi . Yuqoridagi tenglamani o‘ng qismidan d3 bo‘yicha birinchi hosilani olib, uni nolga tenglaymiz: U holda q=f(d3) egri chiziqning ekstremalp nuqtasiga mos keluvchi kritik diametr quyidagi formuladan aniqlanadi: (57) 9-rasm Bu tenglamadan ko‘rinib turibdiki, izolyatsiyaning kritik diametri quvurning o‘lchamlariga bog‘liq emas ekan. U izolyatsiyaning issiqligi o‘tkazuvchanlik koeffitsienti qanchalik kam bo‘lsa, shunchalik kamayadi va 2 kamayishi bilan ortadi. Yuqoridagi tenglamani Rts bo‘yicha ikkinchi hosilasi noldan katta, demak, kritik diametr termik qarshilikning minimumiga va issiqlik oqimining maksimumiga muvofiq keladi (9-rasm). (57) tenglama taxlili shuni ko‘rsatadiki, diz ortsa, lekin dkr dan kichik bo‘lib qolsa, u holda issiqlik isroflari ortadi va izolyatsiyasiz quvurning issiqlik isroflaridan ham yuqori bo‘ladi (AK egri chiziq). diz=dkr bo‘lganda (K nuqta) isroflar maksimal bo‘ladi. Izolyatsiya diametrini bundan keyingi ortishi bilan diz>dkr, issiqlik isroflari diz=dkr holga qaraganda kamayadi (BK egri chiziq). Faqat diz=d3 bo‘lgandagina, issiqlik isroflari yana izolyatsiyalangan quvurning issiqlik isroflari kabi bo‘ladi. Demak, izolyatsiya samarali ishlashi uchun, kritik diametr izolyatsiyasiz quvurning diametridan kichik bo‘lishi dkr d2 kerak (9-rasm). Shunday qilib izolyatsiya devorning issiqlik isroflarini kamaytirishi uchun bo‘lishi lozim. (39) tenglamadan ko‘rinib turibdiki, agar po‘lat quvur uchun =46 Vt/(mK) va 2 =14 Vt/(m2K) bo‘lsa, u holda dkr=246:14=6,6 m bo‘ladi. Shunday qilib, metall quvurlar uchun kritik diametrning chegara qiymati nihoyatda katta bo‘lib, u metrlarda o‘lchanadi. Diametrning bundan keyingi ortishi esa, quvurdan uzatilayotgan issiqlikni kamayishiga olib keladi. Shu diametr chegarasida esa, metall quvurning qalinligi ortgan sari undan issiqlik ko‘proq issiq muhitdan sovuq muhitga uzatiladi. Agar quvur issiqlik izolyatsiya materialidan, masalan asbestdan (=0,167 Vt/(mK)) tayyorlangan bo‘lsa, u holda 2 ning oldingi qiymatida (2=14 Vt(m2K)) dkr=20,167:14=0,024m=24 mm bo‘ladi. Ya’ni, tashqi diametri 24 mm dan ortiq bo‘lgan bunday quvurlar uchun, izolyatsiya qalinligi ortishi bilan issiqlik uzatish kamayadi. Beton quvurlar uchun = 1,17 Vt/(mk) va 2=14 Vt/(m2k) da dkr160 mm bo‘ladi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling