Ichki korroziya tarmoq suvi yoki kondensat tarkibidagi kislorod tufayli yuzaga keladi. Tashqi korroziya atrof-muhit ta'sirida sodir bo'ladigan kimyoviy yoki elektrokimyoviy reaksiyalarning natijasida yuzaga keladi. Antikorroziya vositasi quvurlarning korroziyaga qarshi muhim qoplamasi hisoblanadi. Elektrokimyoviy korroziya tuproq va quvur liniyasi o'rtasidagi adashgan elektr oqimlardan kelib chiqadi. Tarmoqlarni adashgan oqimlardan himoya qilish vositalari passiv va aktiv bo'ladi. Passiv himoya tuproq va quvur liniyasi o'rtasidagi o'tish qarshiligini oshiradigan chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi. Aktiv himoya qilish usuliga tuproq va quvur liniyasi orasida drenajli, katodli va boshqa himoya vositalari ishlatiladi. Quvurlar kompensatsiyasi turli xil qurilmalar yordamida amalga oshiriladi, ularning ishlash prinsipi ikki guruhga bo'linishi mumkin: radial yoki moslashuvchan, ya`ni maxsus qo'shimchalarni qo`shish yoki quvurni(U-simon, S-shaklidagi, lira shaklidagi, omega shaklidagi) egish yo'li bilan quvur liniyasi kengaytmalarini tashkil etish; suriladigan yoki elastik, bunda cho'zilishlar quvurlarning teleskopik harakati yoki prujina qo'shimchalarini siqish orqali kengayish hosil qilinadi. Suvli isitish tizimi Suvli isitish - eng keng tarqalgan isitish tizimi hisoblanadi. Turar joylar, jamoat va sanoat binolarini isitishda qo`llaniladi. Isitiladigan xonalarga issiklik manbai (qaynoq suv) isitish asboblari va quvurlar orqali boradi. rag'batlantirish usuliga ko'ra – nasosli, gravitatsion; - issiqlik tashuvchi suvi harorati bo'yicha;
- tizim konstruksiyasi bo`yicha – vertikal ko'targichlar bilan; gorizontal kanallari bilan;
- issiqlik tashuvchi quvurlari soni bo'yicha – bir quvurli; ikki quvurli;
- magistral joylashishiga ko'ra - havo o'tkazgichlari bilan; yer osti quvurlari bilan;
- magistral suv harakati sxemasiga ko'ra – tupikli; sirkulyatsion harakatkli.
Do'stlaringiz bilan baham: |