Issiqlik texnikasi fanidan Mustaqil ish mavzu: Fur’ye qonuni. Boshlang’ich va chegara shartlar Reja
Issiqlik o’tkazuvchanlikning diffеrеnsial tеnglamasi
Download 377.5 Kb.
|
issiqlik texnikasi
Issiqlik o’tkazuvchanlikning diffеrеnsial tеnglamasi. Issiqlik o’tkazuvchanlik orqali issiqlikning uzatilishida qatnashayotgan kattaliklar orasidagi bog’liklikni issiqlik o’tkazuvchanlik diffеrеnsial tеnglamasi aniqlaydi.
(2) a – harorat o’tkazuvchanlik koeffisiеnti; Laplas opеratori qv – jismning ichki issiqlik manbai. Issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsientini ifodadan topishimiz mumkin: Demak issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti qiymati son jihatdan temperatura farqi 1 0 S bo`lganda devorning birlik qatlamidan o`tadigan solishtirma issiqlik oqimiga teng. Issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti moddaning tuzilishi, zichligi, namligi, bo-simi va temperaturasiga bog’liq bo`ladi. Issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti ning aniq qiymatlari turli moddalar uchun tajribalar asosida aniqlanadi. Texnik hisoblashlarda ning qiymati jadvallardan olinadi. Ba`zi moddalar uchun issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti qiymati , Vt/мК: Kumush .......................…458 Toza mis ....................…390-400 Po`lat,chuyan ..............…...45 -60 Qizil g’isht ................…0,55 -0,8 Beton .................……......0,9-1,4 Yog’och ........................…….0,11-0,17 Asbest ......................……0,09-0,19 SHlakli tola ..............….0,07 Suv (0-100 0S)...............…0,55-0,7 Muz .........................……..2,5 Havo (0-1000 0S )...............0,024-0,075 Eng yaxshi issiqlik o`tkazgichlar metallar bo`lib, ularda ning qiymati 3 dan 458 Vt/( к м ) gacha o`zgaradi. Engil g’ovak materiallar issiqlikni yomon o`tkazadi, chunki ularning g’ovaklari havo bilan to`lgan bo`ladi. Issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti 0,2 Vt/( м к ) dan kichik bo`lgan materiallar issiqlik izolyatsiya materiallari deyiladi. Ho`l materialning issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti uning quruq holatidagi issiqlik o`tkazuvchanligiga nisbatan ancha katta bo`ladi. Bunga sabab shuki, suv issiqlikni havoga qaraganda 20-25 marta yaxshi o`tkazadi. Qurilish materiallari va issiqlik izolyatsiya materiallari uchun ning qiymati 0,02 dan 3,0 Vt/( м к ) gacha bo`lib, uning temperaturaga bog’liqligi quyidagi tenglik bilan ifodalanadi: bu erda: -temperatura koeffitsienti. Ko`pchilik qurilish materiallari uchun 0-100 0S temperatura oralig’ida = 0,0025. Toza metallar uchun ning qiymati temperatura ortishi bilan kamayib boradi. Tomchisimon suyuqliklarda ning qiymati 0,08 dan 0,65 Vt/( м к ) gacha oraliqda o`zgaradi. Gazlarning issiqlik o`tkazuvchanligi 0,005 dan 0,1 Vt/( м к ) gacha oraliqda bo`lib, temperatura ortishi bilan ortib boradi. Gazlardan faqat vodorod va geliyning issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti boshqa gazlarnikidan ancha yuqori qiymatga ega. Download 377.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling