Issiqlik texnikasi mustaqil 6 Oʻqituvchi Paxraddinov A Biror energiyani mexanik ishga aylantiradigan qurilma dvigatel deb Biror energiyani mexanik ishga aylantiradigan qurilma dvigatel deb ataladi. Issiqlik energiyasini mexanik ishga aylantiradigan mashinalar issiqlik dvigatellari (ID) deb nomlanadi ID barcha turdagi transport (temir yo‘l, daryo, dengiz avtomobil va havo), qishloq xo'jaligi va yo'l qurilish mashinalari energetik qurilmasining asosiy turi hisoblanadi. ID ko'chmas va transportga о ‘rnatiladigan turlarga ajratiladi. Transport dvigatellari uchun tezlik va yuklama rejimlarini keng miqyosda o'zgarishida ishlashi, shu bilan birga uning holatini o'zgarishida ham ishlash qobiliyatini saqlashi o'ziga xos hisoblanadi. Tashqi o'lchamlari va massasini kamaytirish bo'yicha unga yuqori talablar qo'yiladi. Ishchi jismga (IJ) issiqlik berish usuli bo'yicha (IJ — bu substansiya bo'lib, u orqali issiqlik energiyasining mexanik ishga aylanishi sodir bo'ladi) issiqlik tashqaridan beriladigan dvigatellarga (ITBD) va ichki yonuv dvigatellariga (IYOD) ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |