Issiqlik texnikasi
Download 152.73 Kb.
|
ideal gaz
- Bu sahifa navigatsiya:
- « Izobar, izoxor, izotermik jarayonlar, adiabatik va politropik jarayonlar» mavzusida tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Bajardi:. Gʻaniyev Sh
- 1.3. Texnik termodinamikani asosiy tushunchalari. 1.4. Ideal gazning holat tenglamasi.
- Birinchi qonun
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOTI INSTITUTI Muhandislik-texnikasi fakulteti III bosqich TRANSPORT VOSITALARI MUHANDISLIGI yoʻnalishi T-221-20 guruh talabasi GʻANIYEV SHAXBOZNING “ISSIQLIK TEXNIKASI” fanidan « Izobar, izoxor, izotermik jarayonlar, adiabatik va politropik jarayonlar» mavzusida tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Bajardi:. Gʻaniyev Sh Qabul qildi: Toshmamatov B.M Reja: 1.1.Issiqlik texnikasi fani, uning maqsad va vazifalari. 1.2. Gazning xossalari va energiyasi. 1.3. Texnik termodinamikani asosiy tushunchalari. 1.4. Ideal gazning holat tenglamasi. Issiqlik texnikasi fani issiqlik mashinalari va qurilmalari yordamida issiqlik hosil qilish, uni boshqa turdagi energiyaga aylantirish, taqsimlash hamda uzatish usullarini nazariy va amaliy jihatdan qamrab olgan umumtexnikaviy fandir. Issiqlik texnikasi va uning qismi bo‘lgan termodinamikaningfan sifatida shakllanishida XVIII-XIX asr olimlaridan J. Joul, M.V.Lomonosov, S. Karno, R.Klauzius, V.Kelvin, D.Maksvel, E.Bolsman, D.I.Mendeleev, E.X.Lens, A.G.Stoletov, K.E.Siolkovskiy kabi olimlarning xizmatlari katta. Issiqlik energiyasini mexanik energiyaga, mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirish natijasida elektr energiyasini masofaga uzatish, mexanik energiyaga aylantirish masalasi hal etildi. Katta quvvatga ega bo‘lgan GES, TES, AES lar kabi elektr markazlarini qurish natijasida ishlab chiqarish mexanizatsiyalashtirildi va avtomatlashtirildi. Hozirgi vaqtga kelib termodinamikakonuniyatlari asosida yaratilgan asbob-uskunalardan xalq xo‘jaligining barcha sohalarida foydalanilmoqda. Misol qilib, issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi bug‘ mashinalarini, ichki yonuv dvigatellarini olishimiz mumkin. R.Mayer, J.Joul, E.X.Lens kabi olimlar energiyaning saqlanish qonunining mohiyatini nazariy jihatdan ochib berdilar. YA’ni, termodinamikaningbirinchi qonuni «energiyaning saqlanish va aylanish qonuni»dir. Termodinamikaningikkinchi konuni S.Karno, R.Klauzius, V.Tomson, V.Kelvinlar tomonidan fanga kiritildi. Termodinamikaningrivojlanishida rus olimlarining xizmatlari ham beqiyosdir. E.X.Lens - mexanik energiyani elektr energiyasiga aylanish qonunini, A.G.Stoletov - konvektiv va radiaktiv issiqlik almashinuvi qonuniyatini, K.E.Siolkovskiy - ko‘p bosqichli raketa dvigatelida issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylanish qonuniyatini yaratib fanga katta hissa qo‘shdilar. Hozirgi zamon olim va mutaxassislarining oldida quyosh energiyasidan to‘la foydalanish, insoniyatni energetik taqchillikdan butunlay ozod etish muammolari turibdi. Ma’lumki, quyosh energiyasi ta’sirida hosil bo‘lgan torf, toshko‘mir, neft, turli gazlarni quyosh energiyasining erdagi akkumulyatorlari deb atash mumkin. CHunki, erning 1m2 yuzasiga tushadigan quyosh nurining energiyasi taxminan 1 kVt ga teng. Biroq quyosh energiyasini elektr energiyasiga to‘la aylantirish uchun hozirgi asbob-uskunalarning foydali ish koeffitsentlari etarli emas. Termodinamika fani asosan ikki qonunga tayangan holda ish tutadi. Birinchi qonun, energiyaning aylanish va saqlanish qonuni, energiya yo‘q bo‘lmaydi, yo‘kdan bor bo‘lmaydi. Ikkinchi qonun, ish sarflamay issiqlikni harorati past jismdan harorati yuqori jismga o‘tkazib bo‘lmaydi ( Klauzius ta’rifi ). Issiqlik texnikasidan barcha sohalar kabi, qishloq va suvxo‘jaligi sohalarida ham keng foydalaniladi. YUqorida ta’kidlaganimizdek, qishloq va suvxo‘jaligi energetika balansining 80 % ni issiqlik energiyasi tashkil etadi. Energiyaning eng qulay, ekologik toza bo‘lgan elektr energiyasi ushbu balansning 6-7 % ni tashkil etadi xolos. Download 152.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling