Issiqlik yuklamalarining turlari. ⚫ Reja: ⚫ Isitish va ventilyatsiyada issiqlik
Download 489.5 Kb. Pdf ko'rish
|
ISSIQLIK TA\'MINOTI FANIDAN
Issiqlik yuklamalarining turlari. ⚫ REJA: ⚫ 1. Isitish va ventilyatsiyada issiqlik. ⚫ 2. Issiqlik eltgich ⚫ 3. Temperatura maydoni ⚫ Markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimlarida issiqlik binolarni isitishga, toza tashqi havoni ventilyatsiya va havoni mo‘tadillash qurilmalarida qizdirib berishga, issiq suv ta’minotiga hamda ishlab chiqarish korxonalaridagi texnologik jarayonlar uchun sarflanadi. ⚫ Isitish va ventilyatsiyada issiqlik yuklamalari tashqi havo haroratiga va issiqlik bilan ta’minlanayotgan tumanning boshqa klimatologik sharoitlariga bog‘lik (quyosh radiatsiyasiga, shamolning tezligiga, havoning namligiga). Agarda tashqi havoning harorati qizdirilayotgan me’yorlangan qiymatga teng yoki undan katta bo‘lsa, uholda isitish va ventilyatsiya uchun issiqlik energiyasi talab qilinmaydi. ⚫ Shunday qilib, isitish va ventilyatsiya tizimlarida issiqlik yil bo‘yi uzliksiz ravishda sarflanmasdan, balki tashqi havo haroratining ancha past haroratlarida sarflanadi. Shu sababli bunday iste’molchilarni fasliy, ularning issiqlik yuklamalarini-fasliy issiqlik yuklamalari deb yuritiladi. ⚫ Issiq suv bilan ta’minlash tizimlari va ishlab chiqarish korxonalarining texnologik jarayonlarda issiqlik yil bo‘yi uzliksiz sarflanib, tashqi havo haroratiga kam darajada bog‘liq bo‘ladi. ⚫ Shuning uchun issiq suv ta’minoti va texnologik jarayonlar zaruriyati yil davomidagi issiqlik yuklamalariga kiradi. ⚫ Faqatgina ba’zi texnologik jarayonlar issiqlik energiyasini fasliy iste’moli (bug‘doyni (donni) quritish, mevalarni quritish, qishloq xo‘jalik maxsulotlarni konservalash va boshqalar) bilan bog‘liq. ⚫ Ventilyatsiya tizimlarida g‘avoni ikki pog‘onali qizdirishdagi kaloriferning birlamchi va ikkilamchi qizdirishdagi issiqlik sarfi nafaqat miqdor jixatdan faqrlanadi, balki sifat jixatdan ham. Agarda kaloriferning birinchi pog‘onasidagi issiqlik sarfini o‘zgarishitashqi havo haroratiga bog‘liq holda o‘zgarsa, kaloriferning ikkinchi pog‘onasidagi tashqi havo haroratiga ba’zida bog‘liq bo‘lmasdan, xususiyati bo‘yicha texnologik issiqlik yuklamalariga yaqinlashadi. ⚫ Issiqlik o`tkazuvchanlik yo`li bilan issiqlikning tarqalishi matematik usulda differenstial tenglama bilan ifodalanishi mumkin. Ushbu tenglama energiyaning saqlanish qonuni asosida keltirib chiqariladi va issiqlik tarqatayotgan jism yoki muhitning fizik xossalari (zichlik , issiqlik sig`im s, issiqlik o`tkazuvchanlik ) hamma yo`nalishlarda va vaqt o`tishi bilan o`zgarmaydi deb qabul qilinadi. ⚫ Issiqlik (issiqlik miqdori) – bu issiqlik almashinish jarayonining energetik xarakteristikasi bo`lib, jarayon mobaynida uzatilgan yoki olingan energiya miqdori bilan belgilanadi. ⚫ Issiqlik almashinish jarayonida ishtirok etuvchi jismlar issiqlik tashuvchi eltkich yoki issiqlik eltkich deb nomlanadi. Document Outline
Download 489.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling