Issiqxona gazlari. Issiqxona effekti
Download 22.61 Kb.
|
Issiqxona effekti
Ammo transport, sanoat va boshqalarning chiqindilari tabiiy yo’l bilan ifloslanishiga qaraganda anchagina xavflidir. Sanoat obektlari va issiqlik elektr stansiyalarida yoqilg’ilarning to’liq yonmasligi oqibatida yuz minglab trubalardan turli miqdorda zaharli gazlar havoga chiqib, ba’zilari esa yer yuzasiga tushganda, boshqalari atmosfera qatlamlarida uzoq vaqtgacha saqlanishi mumkin. Sanoat tarmoqlari havoga turli zaharli modda va gazlar chiqarish bilan bir qatorda atmosferadan juda katta miqdorda kislorod yutadi, masalan, bir tonna cho’yanni rudadan ajratib olish uchun 150 m3, bir tonna po’lat olish uchun 35-70 m3, bir tonna ammiak olish uchun 500 m3 va bir tonna atsetilen olish uchun 3600 m3 kislorod ketadi. Po’lat eritib olish uchun kislorodga bo’lgan talab keyingi yillarda 2,6 marta, domna pechlarida 4,2 marta oshdi. Umuman sanoat tarmoqlarida kisloroddan foydalanish keyingi besh yil ichida besh baravarga oshdi. Mutaxassislarning ma’lumotlariga qaraganda, har yili bizning respublikamizning atmosfera havosiga to’rt million tonnaga yaqin zararli moddalar qo’shilmoqda. SHundan 50% i uglerod oksidi, 15% i uglevodorod chiqindilari, 14% i oltingugurt oksidi, 9% i azot oksidi, 8% i qattiq moddalar va 4% ga yaqini o’ziga xos o’tkir zaharli moddalardir. Respublikada havoni bulg’ayotgan 3500 doimiy manba bo’lib, ularning yarmiga yaqini chang va turli xil zararli gazlarni tutib qoluvchi va tozalovchi moslamaga ega. Bu moslamalarning 4,1 qismi samaradorligi juda past. Atrof-muhitning me’yoridan ortiqcha ifloslanishi, ayniqsa, yirik shaharlarga xos. O’zbekiston Respublikasida Olmaliq, Farg’ona, Bekobod, Andijon, Ohangaron, Angren, Toshkent, Samarqand, Navoiy shaharlari atmosferasi eng ko’p ifloslangan shaharlar jumlasiga kiradi.
Download 22.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling