Issiqxona samarasi


Mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar


Download 38.98 Kb.
bet5/6
Sana30.01.2024
Hajmi38.98 Kb.
#1810850
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Issiqxona samarasi-fayllar.org

3 .Mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar.
Hozirgi paytda Orol dengizining qurib qolgan qismi maydoni 3 mln ga ni tashkil qiladi. Dengizning qurigan qismi yalang tekislikdan iborat bo‘lganligi uchun yerosti suvlarining gorizontal harakati qiyin, shuning uchun ularning asosiy qismi bug‘lanib, tuproqda tuz miqdorining ortib ketishiga olib keldi.
Amudaryo va Sirdaryo quyi qismiga oqib kelayotgan suvning kamayishi oqibatida bu yerlardagi botqoq va to‘qaylar maydoni qisqarib, cho‘llashish jarayoni rivojlandi.
Hozirgi vaqtda Orol dengizi muammosi yechimi ikki narsaga - dengiz sathini ma’lum darajada ushlab turishga va Orolbo‘yi ekologik sharoitini yaxshilashga qaratilgan.
Orol dengizi sathini ma’lum bir balandlikda, ya’ni 33 m mutlaq balandlikda ushlab turish uchun Orolga har yili Amudaryo va Sirdaryodan 20 kub km suv tushib turishi lozim.
Orolbo‘yi hududida ekologik sharoitni yaxshilashning asosiy yo‘li aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, qurib qolgan o‘zanlar, ko‘llarga muntazam ravishda suv yuborish, dengizning qurigan qismida shamol harakatini to‘sish uchun qumlarni o‘simliklar bilan mustahkamlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, yaylovlar, pichanzorlar maydonini kengaytirishdan iborat.


3-rasm

Xulosa
O‘zbekiston ekologik harakati tomonidan chiqindilarni qayta ishlash jarayoniga chet el investitsiyalarini jalb etish masalasiga ham katta e’tibor berilmoqda. Xususan, “SEMAK Equipment’s and Technology” MCHJ bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga muvofiq, Jizzax viloyatida investitsiya qiymati 400 ming AQSH dollariga yaqin, yiliga 25 ming tonna chiqindini qayta ishlaydigan korxona quriladi. Hozirgi paytda bunyodkorlik ishlari jadal olib borilyapti.Erishilgan ushbu yutuqlar o‘zimizniki. Oldimizda esa hali vazifalar ko‘p. Ekologik ta’lim-tarbiyani rivojlantirishga qaratilgan “Ekologik ta’lim konsepsiyasi”ning qabul qilinishini jadallashtirish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni yanada kuchaytirishni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, suv zaxiralarini muhofaza qilish, suv iste’moli, suvlarning davlat hisobotini yuritish, suv xo‘jaligi inshootlariga zarar yetkazganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslar mas’uliyatini oshirish bo‘yicha qonun loyihalarini ishlab chiqish shular sirasidandir. Bundan tashqari, Orol muammosining salbiy ta’sirlarini bartaraf etish, hudud aholisining yashash sharoitini yanada yaxshilash, bu boradagi mavjud kamchiliklarni xalqaro hamjamiyat va hamkor davlatlar moliyaviy ko‘magini jalb etgan holda hal etish istiqboldagi faoliyatimizda muhim yo‘nalishlar hisoblanadi.
Ko‘rinib turibdiki, oldimizda turgan vazifalar nihoyatda zalvorli. Ularni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirish har birimizdan bor bilim va mahoratimizni ishga solishni, yanayam aniqroq aytadigan bo‘lsak, Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida yonib yashashni talab etadi. Ana shunda xalqimizning bizga bildirgan ishonchini ma’lum darajada oqlagan bo‘lamiz.

Download 38.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling