Исследование в XXI веке декабрь, 2022 г 180 maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar


ЗНАЧЕНИЕ НАШЕГО РОДНОГО ЯЗЫКА В ВОСПИТАНИИ ДОШКОЛЬНИКОВ В ДУХЕ


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana08.05.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1443094
TuriИсследование
1   2   3
Bog'liq
Xolmatova Fotima Baxtiyor qizi

ЗНАЧЕНИЕ НАШЕГО РОДНОГО ЯЗЫКА В ВОСПИТАНИИ ДОШКОЛЬНИКОВ В ДУХЕ 
НАЦИОНАЛЬНЫХ И ОБЩЕОБРАЗОВЫХ ЦЕННОСТЕЙ 
Холматова Фотима Бахтиёровна 
Магистрант 2 курса по специальности Теория и методика обучения и 
воспитания (дошкольное образование ) 
Аннотация: Важное значение имеет разработка эффективной учебной 
программы и педагогической стратегии дошкольного образования, использование 


Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» декабрь, 2022 г 
181 
полного родного языка для воспитания детей дошкольного возраста в духе 
национальных и общечеловеческих ценностей, привитие духовно-нравственного 
воспитания на примерах народного творчества. В статье он исходит из того, 
что важно использовать только родной язык в процессе обучения дошкольников. 
Ключевые слова: Ценности, фольклор, сказки, былины, педагогические идеи, 
педагогическая технология. 
Kelajak mevasi hisoblanmish bolajonlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida 
tarbiyalash azal-azaldan ota bobolarimizdan milliy meros bo’lib kelayotgan urf-odat hamda 
an’analarni unut bo’lib ketmasligi uchun poydevor bo’lib xizmat qiladi.
Qadriyatlar ta’rifidan kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni quyidagicha ta’riflash 
mumkin: Umuminsoniy qadriyatlar – millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik 
jihat va hususiyatlar bilan bog’liq holdagi qadriyat shaklidir. Umuminsoniy qadriyatlar 
millatning tarixi yashash tarzi, ma’naviyati, madaniyati orqali namoyon bo’ladi. Ta’lim 
jarayonida umuminsoniy qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy hodisani ifodalaydi. Shunday ekan, 
bolalarga ta’lim berar ekanmiz, avvalo ularga o’zlarining “men”ini his qilishni o’rgatishimiz 
lozim. Buning uchun albatta ularni xalqimizni boshqa xalq va elatlardan ajratib turuvchi urf-
odatlar hamda qadriyatlari bilan tanishtirib, ushbu qadriyatlarni ongida singdirib borishimiz 
lozim bo’ladi. Ona tilimizga bo’lgan hurmat ana shunday muhim qadriyatlarimizdan biri 
hisoblanadi. Chunki har bir millat va Davlat borki, uning o’zining milliy tarixiy til vositasi 
mavjud.
Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini 
e’tiborga olib ta’lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib borish 
imkoniyatlari yaratilmoqda. Jumladan, maktabgacha ta’lim sohasida ham shu asosda keng 
qamrovli ishlar olib borilayotganligini ta’kidlash joiz.
Мaktabgacha ta’lim tashkilotlarining har bir guruhida “Kichik kutubxona”lar tashkil 
etilganligi ham buning yorqin misoli bo’la oladi. Ushbu kutubxonalarda asosan o’zbek 
xalqining og’zaki ijod namunalari asosida yaratilgan kitoblar keng o’rin egallagan. Lekin 
afsuski, aytish joizki ba’zi bir “o’zbek” tilida yozilgan ertaklar borki, uni bolalarga o’qib 
berishga ham xijolat tortadi kishi. Chunki bu kitoblarning ba’zilarida chetdan kirib kelgan 
so’zlar ham tez-tez uchrab tursa, yana ba’zilarida millatimizga hos bo’lgan andisha, sharm-
hayo kabi muhim chegaralardan biroz chetga chiqilgan. Mening fikrimcha bolalar uchun 
mos ertak topish maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari uchun bugunning dolzarb 
masalalaridan biri bo’lib hisoblanmoqda. Bunday vaziyatlarda tarbiyachining qanchalik 
kreativ ekanligi muhim ahamiyatga ega. 
Bugunning bolajonlari o’z tilimizda biyron so’zlashlari hamda ona tilimizga nisbatan 
hurmat tuyg’usini his qilishlarida nafaqat tarbiyachilar balki ota-ona, shuningdek, 
mahalladoshlarning ham o’rni juda katta. Aniqroq qilib aytganda bolalarni to’g’ri 
tarbiyalash uchun Maktabgacha ta’lim tashkiloti-Oila-Mahalla hamkorligi asos bo’lib xizmat 
qiladi. Chunki bola kunining 30-40% qismini maktabgacha ta’lim tashkilotida o’tkazsa 


Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» декабрь, 2022 г 
182 
qolgan qismini oilada hamda mahallasida o’rtoqlari va qo’shnilari atrofida o’tkazadi. 
Shunday ekan ular kerakli bilm va ko’nikmani faqatgina bolalar bo’g’chasidan olmaydi. 
Bundan tashqari xalqimizning “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” degan oltin qoidasi bor.
Bolalarga o’z ona tilimizda ravon so’zlash hamda uni hurmat qilishga o’rgatishning bir 
qancha usul va uslublari mavjud. Bulardan biri xalq og’zaki ijodi namunalaridir. O’zbek xalq 
og‘zaki ijodida o’zbek xalqining pedagogik g‘oyalari, dunyoqarashi, ruhiy kechinmalari, 
ma’naviy-axloqiy ideallari, xalqning hayotiy tajribasi, milliy an’analari, qadriyatlari va 
falsafasi o‘ziga xos yo‘sinda ibratli va qiziqarli hikoyalarida, alla-qo‘shiqlari, ertaklari va 
o‘gitlarida tasvirlangan. Bundan tashqari bolalarga qancha ko’p kitob o’qib berar ekanmiz, 
ular turli sheva va jargonlardan qochgan holda sof adabiy tilda so’zlashga o’rganib boradi. 
Bu esa ona tilimizdagi so’zlarni chiroyli jaranglashiga xizmat qiladi. 
Darhaqiqat, yosh avlodning barkamol inson bo‘lib yetishishi uchun u xalq, vatan tarixi, 
ta’lim sohasidagi ajdodlar tajribasidan xabardor bo‘lishi kerak. Maktabgacha yoshdagi
bolalarni atrofdagilar bilan ijtimoiy munosabatda bo’lish imkoniyatlarini ochishga 
qaratilgan jarayonlardan biri bu – katta yoshdagi insonlar, ya’ni ota-onalar, 
tarbiyachilarning bolalar yoshiga, ularning dunyoqarashiga, ma’nan-axloqan, aqliy 
rivojlanishlariga mos bo’lgan kitoblardan foydalanish bilan bog’liqdir. 
Bundan tashqari bolada biz orzu qilgan sifatni ko’rish uchun yana bir eng muhim 
hisoblangan usuldan foydalanishimiz lozimki, bu usul “Yaxshi namuna bo’la olish”dir. 
Ya’nikim, agarda biz tarbiyachilar, shuningdek ota onalar farzandlarimizga sof adabiy 
o’zbek tilida gapirishi lozim ekanligini uqtirar ekanmiz lekin unga o’zimiz amal qilmagan 
holda qisqartma hamda chetdan kirib kelgan so’zlardan foydalanar ekanmiz bizning olib 
borayotgan hech qaysi bir harakatimiz yetarlicha samara bermaydi. Shunday ekan bolani 
tarbiyalashdan oldin, avvalo, o’zimizni tarbiyalashimiz lozim ekanligini unutmasligimiz 
lozim.
Hozir ko’pgina rivojlangan shaharlarda yashovchi ba’zi bir oilalar asosan rus tilida 
so’zlashadi. Bu albatta yaxshi. Chunki bolalar juda kichik yoshdan boshlab til o’rgana oladi. 
Lekin masalaning boshqa tomoni ham bor. Aytmoqchimanki, bunday oilada yashovchi ba’zi 
bolalar o’z ona tilida muloqot qilishga qiynaladi. Hozirgi kunda bunday turdagi bolalarni 
ko’p uchratish mumkin, nafaqat bolalar balki kattalarni ham. Xujjatga qarasangiz millati 
o’zbek, lekin o’zbek tilida muloqot qilishga qiynalishadi. Shuning uchun bolalarni kichik 
yoshidan boshlab o’z ona tiliga hurmat qilishga o’rgatish muhim dolzarb masalalardan 
biridir. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy ruhda tarbiyalash, shuningdek o’z ona tilisini 
tanitish uchun aynan o’zbek xalq ertaklardan foydalanish ham muhim ahamiyatga ega 
hisoblanadi.
Ushbu fikrlarni bayon etar ekanmiz, avvalo bir savol tug’iladi. “Hozirgi kun 
tarbiyachilari qancha ertak biladi?” aynan shu savol og’riqli nuqtalarimizdan birini ochib 
beradi. Ho’sh, hozirgi kun tarbiyachilari, nafaqat tarbiyachilar balki ota-onalar qancha ertak 
biladi? Hozirgi kun bolalari ertak eshitayaptimi o’zi? Afsuski, bu savollarga har doim ham 


Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» декабрь, 2022 г 
183 
ijobiy javob bera olmaymiz. Chunki hozirgi axborotlashgan jamiyatda ota-onalar bolalarga 
ertak aytib berishdan ko’ra ularga telefon yoki planshetlarni berib qo’yishni avzal 
ko’rmoqda. Ota-onalar uchu bu eng oson yo’l bo’lib qolgan. Lekin bu orqali ularga yaxshi 
tarbiya bera olyapmizmikan?! 
Bolalar kelajakda komil inson bo’lib yetishishlari uchun ular avvalo o’zlarining tarixi 
haqida, an’ana va qadriyatlari haqida chuqur bilishlari lozim. Buning eng oson va samarali 
yo’li esa ularni xalq ijodi namunalari bilan tanishtirishdir. Chunki, o’zbek xalq ijodi 
namunalarida xalqimizning o’tmishi, urf-odatlari, qadriyatlari hamda ichki kechinmalari 
bayon etilgan. 
Hattoki yangi tug’ilgan chaqaloqqa alla aytar ekanmiz, uning tinchlanganiga guvoh 
bo’lamiz. Lekin u hali hech bir so’zimizni tushunmaydiku! Nega alla aytganimizda 
tinchlanadi? Chunki onalarimizdan, momolarimizdan meros bo’lib kelayotgan allada keng 
ma’no, orzularimiz hamda ichki kechinmalarimiz mujassam. Ushbu kechinmalar, his-
tuyg’ular farzandlarning ongiga emas balki, qalbiga yetib boradi. 
Shunday ekan maktabgacha yoshda ya’ni 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bola 
tarbiyasida xalq og’zaki ijod namunalaridan foydalansak ikki barobar ko’proq natijalarga 
erishamiz. Chunki u endi go’dak emas, u endi nafaqat qalbi bilan balki ongi bilan, butun 
vujudi bilan eshita oladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni vatanparvar, insonparvar, mehnatsevar, ma’nan 
yetuk, axloqan yuksak insonlar bo‘lib voyaga yetishi ko‘p jihatdan oilada va maktabgacha 
ta’lim tashkilotida ularga berilgan mana shu bolalik qo‘shig‘i bo‘lgan folklor asarlaridan 
ta’lim-tarbiya tizimida samarali foydalanishga bog‘liqdir. 
Bu O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini 
oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-son 
qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi keng, faol 
fuqarolar etib tarbiyalash maqsadida qabul qilingan ―Uzluksiz ma’naviy tarbiya 
konsepsiyasi» da ham o‘z aksini topgan.
Konsepsiyaning beshinchi bobida aynan maktabgacha ta’lim tizimida uzluksiz 
ma’naviy tarbiyani amalga oshirish, bu davrdan boshlab bolalarda ijobiy xulq motivlarini
«O‘zbekiston — mening Vatanim!» tuyg‘usini shakllantirish, ularda davlat ramzlariga 
hurmat hissini tarbiyalash, o‘g‘il bolalarda mardlik, shijoat, milliy g‘urur, qat’iyat, 
tadbirkorlik, oriyat, qiz bolalarda ibo, hayo, qanoat, mehnatsevarlik kabi ma’naviy-axloqiy 
fazilatlarni shakllantirishda «Bola aziz, odobi undan aziz» mavzuida ertak, matal, afsona, 
doston, maqollardan foydalanib, MTT tarbiyachi-pedagoglari va ota-onalar uchun alohida 
uslubiy ishlanmalar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish bugungi kunning muhim 
vazifalari sifatida belgilab berildi. Shu o’rinda yuqoridagi fikrdan “Davlat ramzlariga 
hurmat” jumlasiga e’tibor qaratar ekanmiz 21-oktabr yurtimizda “O’zbek tiliga Davlat tili 
maqomi berilgan kun” sifatida keng nishonlanishi ham alohida e’tiborga loyiqdir. 
Shuningdek, o’zbek tili O’zbekiston Davlat ramzlaridan biridir. Aynan shuning uchun ham 
har bir bola unga nisbatan hurmat hissini his qilishi hamda boshqa barcha tillardan ustun 


Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» декабрь, 2022 г 
184 
qo’ya olishi lozim. Bugungi rivojlanib borayotgan zamon har bir kishidan bir nechta xorijiy 
tillarni o’rganishni talab qiladi. Lekin inson boshqa bir tilni o’rganishdan oldin, avvalo, o’z 
ona tilini mukammal o’rganishi lozim. 
Xulosa o’rnida ta’kidlash joizki, milliy tarbiya hayotning mohiyati, ichki aloqa va 
munosabatlarini aks ettiradi. Bugunning bolajonlariga milliy qadriyatlarimiz o’rgatish, 
ularga yaxshi namuna bo’la olish tarbiyachilardan katta mahorat talab qiladi.
Qadriyatlarimizni to’liq anglash uchun esa har bir bola, millatimizning eng muhim belgisi 
bo’lgan ona tilimizni chuqur o’rganishi lozimligi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling