Issn 171-381x innovations in technology and science education volume issue 5


Download 61.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana03.12.2023
Hajmi61.61 Kb.
#1799069
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
96-102

ISSN
2171-381X 
INNOVATIONS IN TECHNOLOGY AND 
SCIENCE EDUCATION 
 
VOLUME 1 
ISSUE 5 
 
Leksikografiya – lug’atshunoslikni o’rganuvchi fan har qanday xalqning
betakror milliy boyligi uning o’z so’zlari hamda turg’un iboralaridir. Lug’at tuzish 
nazariyasi va amaliyoti bilan shug’ullanuvchi fan leksikografiya yunoncha so’zdan 
olingan bo’lib, “lexikos” – lug’at, “grapho” – yozaman degan ma’nolarni bildiradi.
Zamon va makon ta’sirida tilning lug’at boyligi doimiy ravishda rivojlanib 
boradi.Hayot, turmush tarzi taraqqiyot va kashfiyotlar yangi-yangi so’zlar, 
tushunchalarni dunyoga keltiradi, ba’zi so’zlar eskirib iste’moldan chiqadi. Ana
shunday dinamik rivojdagi bebaho boylikni o’z vaqtida tarix zarvaraqlariga
muhrlash, tilning oltin sahifalarini durlash bilan to’ldirib boorish faqat matonatli, 
zahmatkash, fidokor tilshunos siymolargagina nasib etadi. Bunday buyuklarning
nomi abadiy hurmatda bo’ladi. Til lug’at boyligining nisbatan to’liq tahlili faqat
lug’atlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Lug’atlar tuzishning nazariy va amaliy 
sohalari bilan shug’ullanuvchi fan leksikografiya deb nomlanadi. Lexikographie – grek
tilidan olingan bo’lib, lexicon- Worterbuch, grapho- ich schreibe, ya’ni so’zni
izohlash, ifodalash ma’nosini beradi. 
Dunyo leksikografiyasi ming yillik tarixga ega bo’lsada, uning asosiy rivoji 
keyingi 2-3 asrga to’g’ri keladi. Ilk bor oz sonli so’zlar va iboralardangina tashkil 
topgan qo’l yozmalardan boshlangan lug’atlar hozirgi kunga kelib tillarning yuz ming 
so’zlarni o’z ichiga olib, minglab nusxada chop etilmoqda. Keying yillarda 
leksikografiyaning faqatgina amaliy tomoni emas,balki nazariy yo’nalishi, obyekti, 
predmeti shakllandi. Lug’at tuzish nazariyasi, amaliyoti mana shunday o’ta 
mashaqqatli, o’ta mas’uliyatli sohasi bo’lganligi sababli ushbu savobli yo’nalish bilan 
yetuk, fidokor, millatparvar olimlar shug’ullanmoqdalar
1

Ma’lum bo’lgan eng qadimgi lug’atlar miloddan avvalgi 2300 yillarda Eblada 
(hozirgi Suriya) Akkad imperiyasida topilgan. Shummer-Akkad tillaridagi mixxat 
yozuvlari bo’lgan. Arxeologlarning aniqlashicha, Qadimgi Mesopotamiyaliklar 
birinchi bo’lib mixxat yozuvli so’zlar va ularning akkadcha muqobillarini loy lavhlarga 
o’yib, lug’atlar yaratganlar. Boshqa qadimiy lug’atlarga Xitoydan Shuoven Jiezi va 
1
, Abduvahob Madaliyev “ Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar”, Moskva,1990, 57-bet 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
98 

Download 61.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling