Issn 181-9491 Doi Journal 10. 26739/2181-9491 ИҚтисодиётда инновациялар жилд, сон
Download 423.41 Kb. Pdf ko'rish
|
1093-Текст статьи-2310-1-10-20210511 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова
АННОТАЦИЯ
В статье анализированы особенности развития цифровой экономики, экосистема, эффективное использование цифровых технологий в развитии экономики и актуальные вопросы и проблемы в этой сфере, а также рассмотрены современные профессии, которые будут необходимы в ближающем будущем. Ключевые слова: цифровая экономика, big data, искусственный интеллект, нейротехнологии, квантовые технологии, интернет вещей, экосистема, кадры, профессиональные навыки, квалифицированный труд, бизнес-модели, совместные образовательные программы. Kirish Innovatsion rivojlanish va iqtisodiyot sohasida bir qancha olamshumul o’zgarishlar amalga oshirilayotgan bir davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha ilg’or raqamli texnologiyalar kundalik hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Respublikamiz rahbariyati bu sohada bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi hamda joriy yilni “Fan, ta’lim va raqamli iqtisodiyot yili” deb ataldi. Prezidentimiy 2020 yil 25 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo’yicha quyidagi fikrlarini aytib o’tdi: “Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko‘tarish maqsadida men yurtimizda 2020 yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb nom berishni taklif etaman” [1]. Bu ko’rsatmalarning ahamiyatini ta’kiglagan holda, aytishimiz mumkinki, postindustrial yoki information jamiyatga xizmatlar sektori mamlakat yalpi milliy daromadning 60% dan ortig’ini tashkil qiladigan davlatlar kiradi hamda ularda dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bilan band bo’lgan tarmorlarda moliyalashtirish keyingi o’ttiz yil davomida 130 martadan ko’proq ortdi. Informatsion innovatsiyalarning tarkib toptirish uchun dunyo miqyosida faoliyat ko’rsatuvchi global kompaniyalarda rivojlanish goyasi juda ham oddiydir – yangi progressiv informatsion texnologiyalar biznes masalalarini hamda tijorat muammolarini hal qilib beradilar va information tizimlarning har bir yangi avlodi bir qancha yangi innovatsion hizmatlarning vujudga kelishiga va yanada rivojlanishiga sabab bo’ladi. Raqamli iqtisodiyot bir qancha atamalar bilan nomlangan, shu jumladan, e-economy, digital economy, internet economy, network ecomnomy va virtual economy. Download 423.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling