Issn 2181-0656 Doi Journal 10. 26739/2181-0656


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana03.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1156732
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
838-Текст статьи-1819-1-10-20210420

Kalit so`zlar: STEAM, integratsiya, texnologiya, differetsiatsiya, o`quvchi, o`qituvchi. 
 
Nabiyev Farrukh Abduraximovich 
The teacher of Department of exact and natural sciences, 
Namangan Regional Center for Upgrading and
Retraining of Public Education Employees, 
Republic of Uzbekistan 
e-mail: f_nabiyev@list.ru 
Murodov Karimjon Kochkarovich 
The teacher of mathematics at the 2nd DIMI in Namangan city
 
STEAM - THIS IS INTEGRATED EDUCATIONAL TECHNOLOGY 
 
ABSTRACT 
STEAM educational technology is a new method of teaching school students, which is 
different from traditional teaching methods. It is designed to teach students four subjects at the same 
time: Science, Technology, Engineering, Fine Arts, and Math. STEAM is an integrated subject-based 
learning system, not science. 
Keywords: STEAM, integration, technology, differentiation, student, teacher. 
 


Физика-математика фанлари | Физико-математические науки | Physical and mathematical Sciences
№3 | 2020 
 
17 
Differetsiatsiya va integratsiya turli shakllarining o’rin almashishi natijasida taraqqiyot 
jarayonlari davom etadi. Bugungi kunda integratsion jarayonlar inson hayotining barcha jabhalariga 
kirib bormoqda va zamonaviy fikrlashning muhim uslubiga aylanmoqda.
“Integratsiya” atamasining turli talqinlari mavjud bo’lib, ularning asosida umumiy bir g’oya 
yotadi. Integratsiyaning komponentlari, ya’ni tarkibiy elementlari, mavjud bo’lib, ularning o’zaro 
aloqasi, ta’siri natijasi sifatida muayyan integratsiya vujudga kelishi haqida gapirish joizdir. Ilmiy 
integratsiyaning komponentlari bilim va uning tarkibiy qismlaridan iborat bo’lib, quyida uning bir 
necha holatini keltiramiz:

ichki tarkibiy integratsiya: tushuncha tushunchalar bilan, tamoyillar tamoyillarga 
uyg’unlashgan holda, bilimlar bilimlar bilan birikkan tarzda ko’nikmalar ko’nikmalar bilan yagona 
tizimga birlashgan holda;

tuzilmalar orasidagi integratsiya: bilimlar bilan ko’nikmalar, bilimlar va ijodiy faoliyat 
tajribasi asosida;

tashqi integratsiya: mazmunning elementlari muayyan shakllar bilan, uslublar 
vositalar bilan uyg’unlikda amalga oshiriladi.
Biz matematika ta’limida integratsiya masalalarini tadqiq etar ekanmiz, integratsiya 
muammosini ikki yo’nalishda, ta’lim (fanlar) mazmuni yoki o’qitish texnologiyalari asosida hal 
qilishni maqsad qilib qo’ydik. Ta’lim mazmunini integratsiya etish-fanlararo aloqadorlik vositasida 
amalga oshirilib, fanlararo darajadagi aloqalarda tayanch predmet maqomi turli variantdan iborat 
bo’lishi mumkin. Ikki o’quv predmeti orasidagi aloqalarni o’rnatishda, ularni integratsiyalashda 
vaqti-vaqti bilan u yoki bu predmet tayanch bo’lib xizmat qiladi. Lekin shuni ta’kidlash joizki, 
matematika fanining mohiyati, uning muayyan hodisalarni abstraktlashtirib o’rganishidan iborat, 
ya’ni matematikalashtirish bilimlar integratsiyasini amalga oshirishning ko’rinishlaridan biridir.
Darhaqiqat, matematikalashtirish – bilimlarni sintez qiladigan qadimgi metodlardan biri. 
Matematik tushunchalarning umumiyligi asosida ilmiy mulohaza, qonun va printsiplarni umumiyligi 
ta’minlanadi.
Hozirgi paytda matematika bilimlar majmuasini bir butun qilib birlashtirib, fanlar 
integratsiyasini ta’minlovchi vositasi bo’lib qoldi. Buning sababini tushunish uchun uning negizi, 
falsafiy asoslariga matematik va dialektik mantiq munosabatlariga, tushunchalarni tashkil etishda 
mavhumlash jarayonlarining har xilligiga e’tiborni qaratish kerak. Matematik mantiq taraqqiyotining 
muhim xususiyati - formallashgan tillar ishlab chiqilishi va uni fanning turli sohalariga tatbiq 
etilishidadir. Har bir fan taraqqiyotining muayyan bosqichida matematik metodlarga murojaat qilish 
zarurati vujudga keladi. Mazkur fan ularni qo’llash natijasida mukammallikka erishadi. Muayyan 
voqelikning miqdoriy tomonlarini o’rganish uning sifat tomonlarini va mohiyatini ochishga imkon 
yaratadi. Borliqdagi hodisa hamda jarayonlarni to’la o’rganish uchun ularning sifat va miqdoriy 
tomonlarini birgalikda tahlil etish zarur. Bunda voqelik, hodisaning mazmunidan chetlashib uni 
matematik tilda ifoda etish, uning sifatini yo’qotish emas, balki mazmunan chuqur o’rganish taqozo 
qilinadi.
Matematikaning integrallash funktsiyasi asosida modellashtirish, strukturalash, aksiomatika 
kabi sintetik metodlar tarkib topdi. Matematika metodlari va usullarining bilish sohasiga kirib kelishi 
nafaqat ularning rivojlanishiga, balki fanning taraqqiy etishiga katta hissa qo’shdi va tarkibiy 
o’zgarishlarga olib keldi. Fanlarni integratsiya etish, yangi sun’iy sintetik bilimlarni shakllantirish, 
fanlarni taraqqiy etishda yetakchi tendentsiya sifatida emas, balki uning taraqqiy etishining zarur 
qonuniyati tarzida yuzaga chiqadi. 
STEAM taʼlim texnologiyasi maktab oʻquvchilarini yangicha oʻqitish metodikasi boʻlib, 
anʼanaviy oʻqitish metodikasidan farqli metodika hisoblanadi. U oʻquvchilarni bir vaqtning oʻzida 
toʻrtta – fan (Science), texnologiya (Technology), muhandislik, (Engineering), tasviriy sanʼat (Art), 
matematika (Math) boʻyicha oʻqitishga moʻljallangan. STEAM fan boʻyicha emas, balki mavzular 
boʻyicha integratsiyalashgan oʻqitish tizimidir. 
STEAM taʼlimi amaliy mashgʻulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qoʻllash 
tushuniladi. 


Физика-математика фанлари | Физико-математические науки | Physical and mathematical Sciences

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling